Avtotransport vositalari servisi asoslari


-rasm. Momentoskop: 1-shisha naycha, 2-plastmassa trubka, 3-po’lat naycha, 4-gayka 9-rasm



Download 6,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/185
Sana15.12.2022
Hajmi6,78 Mb.
#886478
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   185
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

8-rasm.
Momentoskop: 1-shisha naycha,
2-plastmassa trubka, 3-po’lat naycha, 4-gayka
9-rasm.
Forsunkalarni tekshirish asbobining
ko’rinishi
SDTA jihozlari korpusining nasosni aylantiradigan vali tomoniga darajalarga bo’lingan disk
nasosning kulachokli valini, jihozdagi yuritma val bilan biriktiradigan muftaga esa strelka o’rnatilgan.
Birinchi tsilindr trubkasidagi yonilg’ining harakatlanishini boshlangich oni sanoq boshi 0° deb qabul
qilinadi.
KamAZ-740 dvigateli tsilindrlarining ishlash tartibiga (1-5-4-2-6-3-7-8) mos ravishda, boshqa
tsilindrlarga yonilg’i berilishini boshlanishi nasosning kulachokli vali quyidagi burchaklarga burilganda
sodir bo’ladi: 5-tsilindrga (nasosning 8-sektsiyasi)-45°, turtinchiga (4-sektsiya)-90°, ikkinchiga (5-
sektsiya)-135°, oltinchiga (7 sektsiya)-180°, uchinchiga (3 sektsiya)-225°, yettinchiga (6-sektsiya)-270°
va sakkizinchiga (2 sektsiya)-315°. Bunda birinchi sektsiyaga nisbatan har bir sektsiyadan yonilg’i
berishning boshlanishi orasidagi intervalning noaniqligi 0,5°dan ortib ketmasligi kerak. Yonilg’i
berishning boshlanishi yonilg’i purkalishini ilgarilatish muftasini yechib qo’ygan holda tekshiriladi.
KamAZ-740 dvigatelidagi yuqori bosimli yonilg’i nasosi konstruktsiyasining o’ziga xos tomoni
shundan iboratki, sektsiyalar nasos korpusidan alohida qilib tayyorlangan va sektsiya o’z korpusi bilan
yig’ilgan holatda almashtirilishi mumkin. Kulachokli valning burilish burchagiga qarab, har bir
sektsiyadan yonilg’i berishning boshlanishi, turtkich tovonining qalinligini o’zgartirishi bilan rostlanadi;
tovon qalinligini 0,05 mm ga o’zgarishi 0° 12’ burilish burchagiga to’g’ri keladi. Nasos jihozda


sinalayotganda, har bir sektsiya berayotgan yonilg’ining miqdori, jihozning forsunkalar (2) ostidan
maxsus to’siqchani avtomatik ravishda olib qo’yadigan qurilmasidan foydalangan holda, menzurkalar (3)
yordamida aniqlanadi.
Sinov soz va rostlangan forsunkalar to’plami bilan birgalikda o’tkaziladi. U forsunkalar nasos
sektsiyalari bilan bir xil (600±2mm) uzunlikdagi yuqori bosimdagi naychalar vositasida biriktiriladi.
Plunjerning bitta yo’lida sektsiya beradigan yonilg’i miqdori (davriy uzatish) KamAZ-740 dvigateli
uchun 75,0- 77,5 mm
3
/tsiklni tashkil qilishi kerak. Nasos sektsiyalari berayotgan yonilg’ining notekisligi
±5% dan oshmasligi lozim. Sektsiyalar ishlab chiqarish qobiliyatining (Vf) farqi quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda: Vmax - eng ko’p ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo’lgan sektsiyaning ko’rsatgichi, mm
3
Vmin - eng kam ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo’lgan sektsiyaning ko’rsatkichi, mm
3
Nasosdagi har bir sektsiyaning yonilg’i berishi sektsiya korpusini nasos korpusiga nisbatan burish
orqali rostlanadi. KamAZ-740 dvigateli nasosining sektsiyalari soat strelkasiga qarshi burilsa, tsiklik
yonilg’i uzatish ortadi, soat strelkasi bo’yicha burilsa, kamayadi. Dizel forsunkalarida zichlik, ignani
ko’tarilishi boshlanadigan bosim va yonilg’ini purkash sifati tekshiriladi. Nosoz forsunkani ishlab turgan
dizelda, tekshirilayotgan forsunkaning tashlama gaykasini bir oz bo’shatib aniqlash mumkin. Forsunkalar
gaykasini navbatma-navbat bo’shatib, tirsakli valning aylanishlar chastotasini kuzatish kerak. Agar soz
forsunka uzib qo’yilsa, u holda dizel notekis ishlaydi. Nosoz forsunka uzilsa, dvigatelning ishlashi
o’zgarmaydi.
Forsunkalar holatini NIIAT-1609 asbobida to’liq tekshirish mumkin. Bu asbob yonilg’i
bakchasidan (1), dastasi bilan harakatga keltiriladigan yonilg’i nasosidan va manometrdan iborat.
Forsunka-2 asbobga o’rnatilgandan so’ng, richag (7) vositasida bosim asta-sekin oshiriladi.
KamAZ-740 dizeli forsunkasidagi yopiq to’zitgich korpusining zichligini jihozda, bosimni 17-
17,5MPa, Isuzu avtomobili forsunkasini 18,1- 21,6 MPa oralig’ida bir daqiqa mobaynida ushlab turib,
aniqlanadi. To’zitgich tumshug’idan 1 daqiqa davomida ikki tomchidan ortiq yonilg’i hosil bo’lib tomsa,
bunday to’zitgich ishlatishga yaroqsiz deb hisoblanadi. Bu holatda plunjer juftligi yangisiga
almashtirilishi lozim. Quyida forsunkaning yonilg’ini sepish holati shakllari keltirilgan (10- rasm).

Download 6,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish