elektrolitning kamligini (rangsiz) ko’rsatadi. Indikatorning rangiga qarab, akkumulyatorni zaryadlash
yoki unga elektrolit quyish zarurligini aniqlash mumkin. Akkumulyator batareyasini joriy ta’mirlashdan
oldin uning tashqi sirti 3-5 foizli kalьtsiy sodasining(qaynoq) eritmasi bilan yungli cho’tkada yuviladi.
Batareya yuvilgandan keyin sovuq suv bilan chayib tashlab, quruq latta bilan artiladi. Batareyaning
kislotaga chidamli mumli(mastika) sirtining yoriqlari, jips bo’lmagan joylari elektrolitning
sizib chiqishi
va sachrashi orqali aniqlanadi. Bunday nuqsonlar akkumlyatorlar batareyasini qismlarga ajratmay turib
bartaraf etiladi. SHu yoriq joylari(90-120
0
burchak ostida) qizdirilgan iskana bilan o’yib ko’chirib olinadi,
so’ngra shu joylarga qaynoq, suyultirilgan mum quyiladi. Ta’mirlash oldidan, qismlarga ajratmay turib
batareyaning haqiqiy sig’imidagi tok 1/20-1/15 nisbatdagi qiymatida, kuchlanishni 1,5V ga pasayguncha
zaryadsizlantiradi. So’ngra elektrolit sopol vanna yoki shisha idishlarga quyib qo’yilib batareya
distillangan suv bilan yuvib yuboriladi. SHundan so’ng, quvurchasimon frezada yoki diametri 18mm li
parmada
parmalab, peremichka chiqarib olinadi va qopqoqdagi kislotaga chidamli mum qobig’i ko’chirib
tashlanadi.
Mum qoplamasi elektrda qizdirilgan kurakchalar yordamida ko’chirib tashlanadi. Batareyaning mumdan
tozalangan qopqog’i yechgich yordamida yechib olinadi. Plastinaning yaxlit bloklari bakdan maxsus
ushlagich yoki ombir-ushlagich yordamida chiqarib olinadi. Bloklarning nosoz majmuasi bakdan
(peremichkani yechmay turib, batareyani qo’zg’atmay ushlab turib), qisib ushlagich yoki ombir-ushlagich
yordamida chiqarib olinadi.
Qismlarga ajratilgan batareya kislotaga chidamli vannaga solib yuviladi.
Nosoz separator va
plastinalar (qulog’i qalaylangan joyidan eritib) baretkalardan ajratib olinadi. Bak zichligi unga qaynoq
suv quyib va uning sizib chiqishiga razm solib yoki elektr o’tkazuvchanligini sinab, tekshiriladi. Buning
uchun bakka elektrolitni suvdagi kuchsiz eritmasi quyiladi va yaxshi aralashtirilib, sinab bo’lingandan
so’ng, vannaga to’kib yuboriladi. Vannada va bak ichida elektrodlar joylashib, ulardan volьtmetr orqali
127-220V kuchlanishli tok o’tkaziladi. Bak zich bo’lsa,
volьtmetr
strelkasi “0” holatidan siljimaydi. Urilgan, yorilgan hamda turli ko’rinishlarda shikastlangan baklar
ta’mirlanadi yoki almashtiriladi. Yig’ilgan plastinkalar blokida qisqa tutashuvlar sodir bo’lishi yoki
bo’lmasligi bakning alohida joyiga o’rnatib qo’yilgan volьtmetr orqali tekshiriladi. Bunday paytda
qopqoqni asbest yoki rezina chilvir bilan jips mahkamlab va bu sirtga erigan suyuq mum quyiladi.
Yig’ilgan batareyaga me’yordagi zichlikda elektrolit quyilib (25-30
0
S haroratgacha sovitib) 4-5 soat
ushlab turilgandan so’ng zaryadlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: