Starterlarga texnik xizmat ko’rsatish
Starterning asosiy nosozliklariga kuyidagilar kiradi: kollektorni ifloslanishi va kuyishi, cho’tkani yeyilishi
va osilib qolishi, cho’tka simining uzilib qolishi, erkin yurish muftasining qadalib qolishi yoki
shataksirashi, yakor chulg’amini sochilib ketishi, tortish relesidagi starterning ulash kontaktlarini kuyishi,
tortuvchi vintlar bilan mahkamlangan qopqoqni bo’shab qolishi, cho’tkatutkichni izolyatsiyali shaybalari
va plastinalarining kuyishi, elektromagnitning g’altagi vtulkasida tortish relesi yakorini qadalib qolishi,
podshipniklarning yeyilishi, yakor vali yuritmasini qadalib qolishi, tortish relesi chulg’amlarining
uzilishi, bufer prujinasini kuchsizlanishi, uyg’otish chulg’ami yoki yakorning «massa» bilan tutashuvi,
kollektor plastinalari orasidagi tutashuv, starter ishlayotgan paytda chiqadigan o’ziga xos shovqinlar.
Elektrostarterlarning asosiy nosozliklari sabablari, ularni diagnostika qilish va bartaraf etish usullari esa
2-jadvalda keltirilgan.
Starterlarga texnik xizmat ko’rsatishda, avval, starter zanjiridagi simlar va klemmalarning holati,
so’ngra starter cho’tkalari hamda kollektorning holati tekshiriladi. Kollektorning ishchi yuzasi ko’p
kuymagan va silliq bo’lishi lozim. Ishchi yuza kirlangan bo’lsa, benzin bilan namlangan toza lattada
artiladi. Agar kuyish izini va kirlarni tozalashga erishilmasa, u holda kollektorni mayin oynasimon
(donadorligi 80-100 bo’lgan) jilvir bilan tozalash kerak.
2-jadval.
Elektrostarterlarning asosiy nosozliklari sabablari, ularni
Nosozliklarning
sabablari
Diagnostika kilish
usullari
Bartaraf etish usullari
Starter va tortish relesi ishga tusha olmaydi (ulanmaydi)
AKB kuchli razryadlangan
yoki unda nosozliklar bor
AKBning razyadlanish
darajasini elektrolit zichligi
yoki yuklama ayrisi yordamida
Nosoz AKB yangisiga
almashtiriladi
Boglanishlarda kontakt
buzilgan, elektr ta’minoti
yoki starterni boshkarish
zanjiri simlarida uzilish bor
Tester yoki volьtmetr bilan
zanjirlarning va
ushlagichlarning butunligi
aniklanadi
Zaruriyat bulsa, ushla- gichlar
kotiriladi, shikastlangan simlar
almashtiriladi
Kushimcha rele, ut oldirish
kaliti ishi buzilgan
Starter bevosita AKBga
ulanadi. Starter nukson siz
ishlayotganda yoki ut oldirish
kaliti ishdan chikkan
Nosoz elementlar
almashtiriladi yoki
ta’mirlanadi
Tortish chulgamida uzilish,
uramlararo tutashuv massa
bilan tutashuv tufayli tortish
relesidagi nosozliklar,
kontakt diskining takalishi
Tortish relesidagi kontakt
boltlari kushimcha sim bilan
tutashtirilganda starter ishlab
ketadi
Kismlarga ajraladigan rele
ta’mirlanadi, nosoz elementlar
sozlariga almashtiriladi
Starter chulgamlarida kiska
tutashuv
Nazorat lampasi yoki tester
bilan tekshiriladi
Starter ta’mirlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |