Avtotransport vositalari servisi asoslari


Yonilg’i ta’minot tizimining asosiy nosozliklari



Download 6,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/185
Sana15.12.2022
Hajmi6,78 Mb.
#886478
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   185
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

Yonilg’i ta’minot tizimining asosiy nosozliklari:
zichlikning buzilishi, yonilg’i baki va
trubkalaridan yonilg’ining oqishi, tezlatuvchi nasosning ishlamasligi tufayli drossel qopqog’ini birdaniga
ochilganda dvigatelning bo’g’ilib ishlashi, yonilg’i va havo tozalagichlariningifloslanishi, kalibrlangan
teshik va jiklyorlarning o’tkazuvchanlik qobiliyatining o’zgarishi, salt yurish jiklyorlarining ifloslanishi,
ignali klapan zichligining buzilishi, po’kakli kamerada yonilg’i sathining o’zgarishi, yonilg’i nasosidagi
diafragmaning teshilishi va prujina elastikligining yo’qolishidan iborat. Karbyurator, yonilg’i nasosi va
ularning alohida elementlarining ko’zga tashlanmaydigan nosozliklari jihozlar yordamida va avtomobilni
yurgazib sinash yo’li bilan, hamda ular avtomobildan yechilganda bo’laklarga ajratib, ustaxonadagi
sinash jihozlari yordamida aniqlanadi.
Yonilg’i ta’minot tizimining diagnostika qilish ko’rsatkichlari
: dvigatelning og’ir o’t olishi,
yonilg’i sarfining oshishi, dvigatel quvvatining pasayishi, qizib ketishi, chiqindi gazlar tarkibidagi zaharli
gazlar miqdorining oshib ketishidan iborat. Ta’minlash tizimining diagnoz qo’yish ishlari quyidagilardan
iborat bo’lib, dvigatel salt ishlaganda, tirsakli valning eng kichik aylanishlar soni bilan bir tekis aylanishi
tekshiriladi va sozlanadi; karbyuratorning po’kakli kamerasidagi yonilg’i sathi va ignasimon klapanning
zichligi tekshiriladi hamda tezlatish nasosining ishlashi sozlanadi, jiklyorlarning o’tkazuvchanlik
qobiliyati aniqlanadi, karbyurator iflosliklardan va smolalardan tozalanadi.
Dvigatel salt ishlaganda, karbyuratorni kichik aylanishlar soniga sozlash uning bir tekis va
tejamkor ishlashini ta’minlab turadi. Yonilg’i ta’minot tizimini diagnostikalashda avtomobilni yurgizib
yoki jihoz yordamida sinash usullari qo’llaniladi. Ikkala holda ham avtomobilga maxsus qurilma
"sarfaniqlagich" o’rnatilib, belgilangan rejimdagi yonilg’i sarfi aniqlanadi. Avtomobilni sinashdan avval
to’liq navbatdagi davriy TXK hajmidagi ishlarni bajarish zarur. Ishlash sharioitida ta’minot tizimini
diagnostikalashda 1 km tekis yo’lda yonilg’ining sarfi aniqlanadi. Bu ishni dvigatelni tortish sifatini


aniqlovchi jihozda ham bajarish mumkin. Karbyuratorli dvigatellar chiqindi gazlar tarkibidagi SO gazi
miqdori salt yurishda (0.6nnom x 100) 1978 yilgacha chiqqan avtomobillar uchun 2-3.5%, zamonaviy
avtomobillar uchun esa 1.5% dan oshmasligi kerak.
Kundalik xizmat ko’rsatishda ta’minot tizimining zichligi tekshiriladi. Avtomobil havoda chang
miqdori ko’p bo’lgan yo’llarda ishlatilganda, havo filtri tozalanadi. Bakdagi benzin sathi tekshiriladi va
zarur bo’lsa benzin quyiladi. Navbatdagi davriy TXK da ta’minlash tizimidagi barcha asboblarning holati
va ularning birikmalarini zichligi ko’rib chiqiladi, topilgan nosozliklar bartaraf etiladi. Tizimdagi asboblar
va agregatlarning dvigatelga mahkamlanishi hamda ularning detallarini o’zaro mustahkamlanishi, havo
zaslonkasi va drossel yuritmalarining to’la ochilishi va yopilishi ya’ni to’g’ri ishlashi tekshiriladi.
Yonilg’i va havo filtrlari bo’yicha zarur profilaktik ishlar o’tkaziladi, benzin nasosini dvigateldan
yechmasdan, uning ishlashi NIIAT (527B rusumli) asbobi yoki manometr yordamida tekshiriladi,
po’kakli kameradagi yonilg’i sathi va dvigatelning oson o’t olishi hamda bir teks ishlashi tekshiriladi.
Zarurat bo’lganda karbyurator salt ishlash rejimida, ishlatilgan gazlardagi uglerod oksidining miqdorini
nazorat qilgan holda rostlanadi.
Havo filtriga xizmat ko’rsatish moy vannasidagi moyni almashtirish (agarda moy vannasiga ega
bo’lgan filtr bo’lsa), filtrlovchi elementni yuvish (agarda ko’p marta ishlatiladigan bo’lsa, aks holda
yangisiga almashtiriladi) va uning dvigatelga mahkamlanishini tekshirishdan iborat. Filtrlovchi element
yuviladi, so’ng toza moyga botirib qo’yiladi, u yerdan olib moy oqib bo’lguncha kutiladi va o’z o’rniga
qo’yiladi. Filtr korpusining ichki tomoni kirlardan, moydan va cho’kindilardan tozalanadi. Filtr vannasiga
dvigatel uchun mo’ljallangan moy (toza yoki ishlatilgan) quyiladi.
Yonilg’ini dag’al tozalovchi filtrdan davriy ravishda kir va suv qoldiqlarini to’kib turish,
filtrlovchi elementni esa benzin yoki atsetonda yuvib, siqilgan havo bilan purkash zarur. Filtrlovchi
elementni qismlarga ajratish tavsiya etilmaydi. Karbyuratorlarni qismlarga ajratganda qistirmalar va
detallarga zarar yetmasligi uchun ehtiyot bo’lish zarur. Jiklyorlar, klapanlar, ignalar va kanallar toza
kerosinda yoki etillanmagan benzinda yuviladi. Bu ishlarni havosi so’rib turiladigan postlarda yoki
shkaflarda bajariladi.Karbyurator korpusidagi kanallar va jiklyorlar yuvilgandan so’ng, siqilgan havo
bilan purkaladi.
Jiklyorlar, kanallar va teshiklarni tozalash uchun qattiq sim yoki boshqa metall buyumlar ishlatish
mumkin emas. SHuningdek yig’ilgan karbyuratorni benzin beriladigan shtutser yoki balan-sirlash
teshiklari orqali, siqilgan havo bilan purkashga yo’l qo’yilmaydi, chunki bu po’kakni shikastlanishiga olib
keladi. Karbyurator detallarini qatqaloqlardan tozalash uchun ularni bir necha daqiqa atseton yoki
benzolga solib qo’yish kerak. SHundan so’ng, detallar ho’llangan toza latta bilan yaxshilab artiladi.
Karbyuratorning po’kakli kamerasidagi berkituvchi ignada zichlovchi shayba bo’lsa, bu shaybani
ignadan yechish ham, uni benzin va kerosindan tashqari boshqa erituvchilarda yuvish ham tavsiya
etilmaydi. Po’kakli kamerasidagi benzin sathi, avtomobilni gorizontal maydonchaga qo’yib, dvigateli
ishlamay turganda tekshiriladi. Ignasimon klapanning zichligini yetarlicha aniqlik bilan, dvigateldan
yechib olingan karbyuratorda yoki alohida uning qopqog’ida, rezina havo bergich (grusha) yordamida
tekshirib ko’rish mumkin.
Agar rezina havo bergich yordamida shtutserda siyraklanish hosil qilingandan so’ng, taxminan 15
soniya mobaynida asbobning ezilgan shakli o’zgarmasa klapanning zichligi yetarli deb hisoblanadi.
Karbyuratorda ko’p miqdorda havo va yonilg’i jiklyorlari mavjud bo’lib, ekspluatatsiya jarayonida
ularning teshiklari kengayib ketishi yoki yonilg’i tarkibidagi zarrachalar ta’sirida kichrayib ketishi
mumkin. SHuning uchun TXK vaqtida jiklyorlarning o’tkazuvchanlik qobiliyati tekshiriladi. Agarda
uning o’tkazuvchanlik qobiliyati me’yoridan farq qilsa, yangisiga almashtiriladi. Po’kakli kameradagi
yonilg’i sathi rastlanib, jiklerlarning o’tkazuvchanlik qobiliyati tekshirilib so’ngra yig’ilgan karbyurator
maxsus jihozda tekshiriladi. U karbyuratorni dvigatelda har qanday ishlashini aks ettira oladi.
Avtomobilga o’rnatilgan karbyuratorni sozlashdan avval dvigatelning sovitish tizimidagi suyuqlik
harorati 75-80
0
S gacha qizdirilib olinadi va o’t oldirish tizimi to’liq nazoratdan o’tkaziladi. Karbyuratorni
kollektorga o’rnatish jipsligi va yonilg’i kirituvchi kanallar zichligi tekshiriladi. Undan so’ng dvigatelni
salt ishlashga moslab sozlash ishlari quyidagi tartibda bajariladi: yonilg’i sifatini sozlash vintini
oxirigacha qotirib, so’ngra 1.5-2 marotaba aylantirib bo’shatiladi va drosselning tayanch vintini yoki
miqdor vintini burab, mumkin bo’lgan eng kichik aylanishda ravon ishlashiga erishiladi. Yana sifat vinti
buralib dvigatelni eng katta aylanishlar sonidagi ravon ishlash rejimiga keltiriladi va miqdor vinti orqali
kichik ravon aylanishlar soni sozlanadi.


Bu jarayon bir necha marta qaytarilib, dvigatelni eng past aylanishlar sonida ravon ishlash holatiga
keltiriladi. So’ngra drossel birdaniga ochilib hamda berkitilib, karbyurator ishlashi tekshiriladi. Bunda
dvigatel o’chib qolmasligi zarur. Dvigatelning tirsakli valini eng kichik va bir tekis ishlashiga
erishilgandan so’ng, chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod oksidi miqdori tekshiriladi va sozlanadi. Yonilg’i
o’tkazgich va yonilg’i bakini tekshirishda o’tkazgich va filьtrlarning holati tekshiriladi, hamda ularning
o’rnatilish zichliklari, ya’ni zichligi aniqlanadi va zarur bo’lsa tozalanadi.
TXK davrida rezьbali birikmalar mahkamlanadi. Bir yilda bir marta (MX davrida) yonilg’i baki
yuvilib, yonilg’i o’tkazgichlar siqilgan havo bilan purkab turiladi. Yonilg’i bakidan yonilg’ini kerakli
miqdorda so’rilishini ta’minlash uchun, qabul qilish naychasidagi filьtr tozalanada va bakning
qopqog’idagi shamollatish teshigi nazorat qilinadi. Yonilg’i nasosi TXK davrida nazorat qilinadi va unga
xizmat ko’rsatiladi yoki bu jarayon o’rta hisobda 5-10 ming km masofa yurilgandan keyin ham bajarilishi
mumkin. Bu vaqtda uning ichki qismi va filьtrlash to’ri tozalanadi, shuningdek nasos hosil qiladigan eng
yuqori bosim va havoning siyraklanishi, klapanlar zichligi va ish unumi tekshiriladi.
Yonilg’i nasosi avtomobilning o’zida yoki yechib olinib tekshirilishi mumkin. Yonilg’i nasosi
avtomobilda tekshirilganda, u bilan karbyurator orasiga monometrli moslama o’rnatilib, dvigatel
ishlayotgan holatda hosil bo’lgan bosim aniqlanadi. Yonilg’i nasosi hosil qiladigan bosim 0.02-0.03 MPa,
ishlab chiqarish qobiliyati 0.7-2 l/minut va 30 sekund mobaynida bosimning pasayishi 0.008-0.010 MPa
ni tashkil qilishi kerak.
2-rasm.
Benzinli purkash (injektorli) ta’minot tizimi sxemasi 1-yonilg’i baki; 2-elektr benzin nasosi; 3-
filьtr; 4-reduktsion klapan; 5-temperatura datchigi; 6-temperatura datchigi; 7-elektromagnit klapani
(injektor); 8-ishga tushirish elektromagnit klapani; 9-qayta o’tkazish klapani; 10-buriluvchi plastinka; 11-
baypas kanali; 12-o’t oldirish tizimi; 13-elektron blok; 14-akkumulyator batareyasi; 15-potentsiometr; 16-
buriluvchi plastina; 17-drossel zaslonka datchigi; 18-drossel zaslonka O’t oldirish kaliti yoqilganda EBB
yonilg’i nasosi relesini 2 soniyaga ulaydi. Bu vaqt oralig’ida nasos tizimda kerakli miqdorda bosim hosil
qiladi va to’xtaydi.
Tekshirish natijalariga ko’ra nasos qismlarga ajratilib barcha detallarning holati tekshiriladi,
tozalanadi hamda diafragma ostidagi prujinaning yuk bilan va yuksiz holatdagi uzunligi aniqlanadi hamda
me’yoriy qiymatlari bilan taqqoslanadi. NEKSIYa, ESPERO va MATIZ turidagi avtomobillarning
yonilg’i ta’minot tizimi yonilg’i baki, yonilg’i nasosi, yonilg’i filtri, taqsimlovchi yonilg’i
quvuro’tkazgichi, bosim rostlagich, elektron boshqarish bloki (EBB) va datchiklardan tuzilgan. Elektr
yuritmali yonilg’i nasosi va yonilg’i sathini nazorat qiluvchi datchik yonilg’i bakiga joylashgan. Nasos
bakdan yonilg’ini olib, filtr va yonilg’i o’tkazgichlar orqali uni taqsimlovchi quvuro’tkazgichga
yetkazadi. Yonilg’i nasosi tizimda kerakligidan ortiq bosim(0.35-0.8MPa) hosil qiladi. Bosim rostlagich
taqsimlovchi yonilg’i quvuro’tkazgichiga o’rnatilgan bo’lib, u tizimda 284-325 kPa bosimni ushlab turish
uchun xizmat qiladi. Ortiqcha yonilg’i to’kish quvuro’tkazgichi orqali bakka qayta quyiladi.
Starter ulangach dvigatel ishga tushadi va nasos ishlashni davom ettiradi. Taqsimlovchi yonilg’i
quvuro’tkazgichi (3-rasm) kiritish kollektorining ustida joylashgan bo’lib, u injektorlarni va bosim
rostlagichni qotirish hamda injektorlarga yonilg’ini bir tekis yetkazib berish uchun xizmat qiladi.
HUNDAI avtomobili dvigatelining yonilg’i ta’minot tizimini ishlashi dvigatelni boshqarish moduli
(DBM) yordamida ta’minlanadi. Yonilg’i bosim ostida bakda joylashgan elektr nasosi yordamida


taqsimlash quvuriga bosim bilan uzatiladi. Yonilg’i nasosi 0,36...0,5 MPa bosim hosil qiladi, ammo
bosim rostlagich tizimda me’yoriy bosimni ta’minlab turadi.
O’t oldirish kaliti yoqilgach DBM 2 sekundga yonilg’i nasosi relesini yoqadi. Bu vaqtda nasos
zaruriy bosim hosil etib ishdan to’xtaydi. Starter ishga tushirilgach, nasos to’xtovsiz ishlay boshlaydi.
Dvigatel har qanday tartibda ishlaganda yonilg’ining iqtisodiy sarfi DBM yordamida ta’minlanadi.
3-rasm.
HYuNDAI avtomobili yonilg’i ta’minot tizimini ishlash tartibi: 1-a
bsolyut bosim datchigi
(MARS), 2-sovitish suyuqligi datchigi (ECTS), 3-drossel zaslonkasining holati datchigi (TPS), 4-tirsakli
valning buralish burchagi holati datchigi (CKPS), 5-taqsimlash vali holati datchigi (CMPS), 6-1-
kislorodni yonish holati datchigi (HO2S, 1-datchik), 6-2-kislorodni yonish holati datchigi (HO2S, 2-
datchik), 7-detonatsiya datchigi, 8-transport tezligi datchigi (VSS), 9-chiqindi gazlar harorati datchigi
(IATS), 10-moy harorati datchigi (OTS), A- injektor, B-katushka zajiganiya, S- salt yurishni boshqarish
pulьtiga (ISCA), D-tozalashni boshqarish salinoidi klapani, E-bosh rele, F-yonilg’i nasosi relesi, G-moyni
sozlash klapani (OCV).
Absolyut bosim datchigi (MARS), sovitish suyuqligi datchigi (ECTS), drossel zaslonkasining
holati datchigi (TPS), tirsakli valning buralish burchagi holati datchigi (CKPS), taqsimlash vali holati
datchigi (CMPS), kislorodni yonish holati datchigi (HO2S, 1-datchik), kislorodni yonish holati datchigi
(HO2S, 2-datchik), detonatsiya datchigi, transport tezligi datchigi (VSS), chiqindi gazlar harorati datchigi
(IATS), moy harorati datchigi (OTS) orqali ma’lumotlar DBM ga yetkaziladi, u orqali zaruriy buyruqlar
injektorga, o’t oldirish g’altagiga, salt yurishni boshqarish pulьtiga (PCSV), bosh relega, yonilg’i nasosi
relesiga va moyning bosimini sozlagichiga (OCV) yetkaziladi. Quyida HUNDAI avtomobilining yonilg’i
ta’minot tizimini boshqarish shakli (3
-
rasm) keltirilgan.
Diagnostikalash vaqtida tizimdagi bosim tekshiriladi. Buning uchun quvuro’tkazgichga ulangan
yonilg’i yetkazish shlangasi yechib olinib, unga maxsus monometrli qurilma (4-rasm) o’rnatiladi va o’t
oldirish kaliti buraladi hamda bosim tekshiriladi. Agar bosim me’yoridan kam bo’lsa, yonilg’i nasosi
almashtiriladi.
4-rasm.
Yonilg’i ta’minot tizimidagi bosimni tekshirish: 1- manometr; 2-ulagich; 3-
quvuro’tkazgich.


Me’yoriy sharoitlarda har 10000 km dan so’ng yonilg’i tizimining zichligi kuzatish yo’li bilan
tekshirib turiladi, zarur bo’lsa qotirish ishlari bajariladi. Har 30000 km dan so’ng yonilg’i nasosidagi
qabul qilish va tashqi filtrlar almashtiriladi. Injektorlarning texnik holati, ularni birin-ketin
kuchlanishdan uzish yo’li bilan aniqlanadi. Injektorning ishlamayotganligini dvigatel tirsakli vali
aylanishlar sonining o’zgarmasligidan bilish mumkin. Injektorlarning zichligini aniqlash uchun,
taqsimlovchi quvuro’tkazgich kiritish kollektoridan yechib olinadi va o’t oldirish kaliti buraladi. Agar
bironta injektorning sachratish teshigidan yonilg’i tomchilasa yoki namlansa, shu injektorning zichligi
yo’qolgan hisoblanadi. U holda, bu injektorni yangisiga almashtirish tavsiya qilinadi.
Har 10000 km dan so’ng dvigatelning salt ishlashi datchigi yechib olinib, uning klapani qurumdan
tozalanadi va benzinda yuviladi. So’ngra birikish yuzasidan klapan uchigacha bo’lgan masofa-A (28mm
bo’lishi kerak) me’yoriga keltiriladi. Buning uchun klapanni chiqish teshigiga itarib kiritish yoki tortib
chiqarish zarur. Zamonaviy injektorli avtomobillarning yonilg’i ta’minot tizimini takomillashtirish va
yonilg’i bug’larini ekologiyaga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida

Download 6,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish