Avtotransport korxonalarida qo‘llaniladigan yonilg‘i, mоу, maxsus suyuqliklar va boshqa moddalarning zaharliligi va ularni qo‘llashda texnika xavfsizligi



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana12.07.2022
Hajmi0,56 Mb.
#778328
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Maruza 14



14-mavzu: 
Avtotransport korxonalarida qo‘llaniladigan yonilg‘i, mоу, maxsus 
suyuqliklar va boshqa moddalarning zaharliligi va ularni qo‘llashda texnika 
xavfsizligi. 
Reja 
1.
Yonilg‘i-moylash materiallari va maxsus suyuqliklarning zaharliligi. 
2.
Yonilg‘i moylash materiallarining yong‘in va portlash jihatdan xavfliligi va 
elektrlanishi
3.
Atrof muhitni muhofaza qilish. 
 
Tayanch iboralar:
O‘tkir zotiljam kasalligi, etillangan benzinlari, azot 
oksidlari markaziy asab va mushak tizimi 
Yonilg‘i-moylash materiallari va maxsus suyuqliklarning zaharliligi.
Yonilg‘i-moylash materiallari va maxsus suyuqliklarning barcha turlari 
birorbir darajada zaharli va yong‘in jihatidan xavflidir. Shu bilan birga, yonilg‘i va 
organik erituvchilar portlash jihatidan ham xavfli hisoblanadi. Shuning uchun 
avtotransport korxonalari (ATK) ishchi xodimlari avtomobillarda ishlatiladigan 
ashyolarning ekologik xususiyatlarini yaxshi bilishlari lozim. Yonilg‘i-moylash 
materiallari va maxsus suyuqliklarning ekologik xususiyatlari deganda, ularni 
tashish, saqlash, quyish yoki almashtirish jarayonlarida odam va atrof muhitga 
ta’siri tushuniladi. Muhim ekologik xususiyatlarga zaharlilik, yong‘in jihatdan va 
portlash jihatidan xavflilik hamda elektrlanish xususiyatlari kiradi.
Avtomobil benzinlari
zaharli suyuq yonilg’i bo‘lib, inson organizmiga nafas 
olish yo‘llari, teri va ovqat hazm qilish yo‘llari orqali tushishi mumkin. Benzin 
bug‘larining havodagi konsetratsiyasi 0,3 mg/
m
3
 
dan oshmasligi lozim. Odam 
tarkibida 5–10 mg/
m
3
 
benzin bug‘lari bo‘lgan havodan qisqa muddat nafas 
olganida kuchli zaharlanishi mumkin, buning xarakterli belgilari quyidagilardir: 
bosh og‘rig‘i, tomoq tirnalgandek bo‘lishi, yo‘tal tutishi, ko‘z va burun achishishi, 
yurganida qalqib ketish, bosh aylanishi, hushdan ketish.
Zaharlangan kishi toza havoga olib chiqilganidan keyin ma’lum vaqt 
o‘tganidan so‘ng bu belgilarning ko‘pchiligi barham topadi. Bundan tashqari, 
benzin bug‘laridan kuchli zaharlanishning dastlabki belgilari tana haroratining 
pasayishi, yurak urishining sekinlashishi, arteriya qon bosimining (yuqorigi va 
quyi ko‘rsatkichlarining) pasayishi va odam organizmidagi boshqa fiziologik 
o‘zgarishlar. Benzin bug‘larining konsentratsiyasi 35–40 mg/
m
3
 
bo‘lgan havoda 5–
10 minut nafas olish odam sog‘lig‘i uchun xavflidir.
Benzin bug‘lari konsentratsiyasi bu chegaradan yuqori bo‘lganida odam tezda 
hushdan ketishi va hatto o‘lishi mumkin.


Kuchli zaharlanishga shamollatilmaydigan xona va sexlardagi ochiq sig‘im va 
taralarda benzin qoldiqlari bo’lish sabab bo‘ladi. Bunday xonalar yetarli darajada 
shamollatilmasligi oqibatida xona havosi benzin bug‘lariga tezda to‘yinadi va 
xavfli konsentratsiya hosil qiladi. Shuning uchun sig‘im va taralarni benzin 
qoldiqlaridan tozalash ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy 
amal qilish lozim. Kuchli zaharlanish benzin shlang yordamida og‘izda 
so‘rilganida yoki yonilg‘i apparaturalari og‘izda purkalganida ham kelib chiqishi 
mumkin. Buning natijasida og‘ir kasallik – zotiljam kasalligi kelib chiqishi 
mumkin. Bunda o‘pkaning oraliq to‘qimasi va bronxlarning juda mayda tarmoqlari 
yallig‘lanadi. O‘tkir zotiljam kasalligi 2 ko‘rinishda bo‘ladi: krupoz zotiljam 
(bunda o‘pkaning bir bo‘lagi zararlanadi, et uyishib, tana harorati ko‘tariladi, nafas 
olganida ko‘krak qafasi og‘riydi), o‘choqli yoki interstitsial zotiljam (yo‘tal tutib, 
bemor shilliq yiring aralash balg‘am tashlaydi, tana harorati 37–39°C bo‘ladi).
Yuqorida aytib o‘tilganidek (2-mavzu), etillangan benzinlar tarkibida 
antidetonator sifatida kuchli zaharli modda tetraetilqo‘rg‘oshin ishlatiladi. Etil 
suyuqligi toza tetraetilqo‘rg‘oshin kabi organizmga kuchli ta’sir etuvchi zahardir. 
Etil suyuqligi bilan bajariladigan barcha ishlar, asosan, uni benzinga aralashtirish 
(etillash) zaharlanishni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun bu ishlarni 
bajarishda profilaktika qoidalariga qat’iy amal qilish lozim. Shu maqsadda 
benzinlarni etillash zavod sharoitida maxsus aralashtirish qurilmalarida bajariladi. 
Benzinlarni maxsus aralashtirish qurilmalari bo‘lmaganida etillash qat’iy 
taqiqlanadi.
Etillangan 
avtomobil 
benzinlarida 
tetraetilqo‘rg‘oshin 
miqdori 
etil 
suyuqligiga nisbatan juda kam va benzinning zaharliligi bir necha barobar past 
bo‘lishiga qaramay, ulardan ehtiyot bo‘lib foydalanish lozim.
Etillangan avtomobil benzinlarini ishlatishda tetraetilqo‘rg‘oshin ta’sirida 
zaharlanishning oldini olish uchun quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qilish lozim.

Etillangan avtomobil benzinlarini faqat dvigatel uchun yonilg‘i sifatida ishlatish 
lozim.

Etillangan benzinlarni yoritish shamdonlarida, primuslarda, kavsharlash 
lampalarida (koviya), zajigalkalarda, benzin yonilg‘isida ishlaydigan arralarda, 
shuningdek, texnik maqsadlarda erituvchi sifatida, mashina detallarini va qo‘l 
yuvishda ishlatish taqiqlanadi.

Etillangan benzindan tasodifan zaharlanishning oldini olish va uning faqat 
belgilangan maqsadlarda ishlatilishini ta’minlash uchun etillangan benzin 
saqlanadigan sig‘imlarga «Etillangan benzin. Zaharli!» degan yozuv (yuvilib 
ketmaydigan bo‘yoqda) yozib qo‘yilishi lozim.
Etillangan benzinlarning organizmga ovqat hazm qilish yo‘llari orqali tushishi 
natijasida odam kuchli zaharlanishi mumkin. Shuning uchun etillangan benzinni 


og‘iz bilan so‘rish va ta’minlash tizimiga haydash (puflash) taqiqlanadi. Benzinni 
so‘rish va haydash uchun maxsus moslamalar (nasoslar, noksimon rezinalar) dan 
foydalanish kerak.
Etillanmagan benzinni har qanday holatda oziq-ovqat mahsulotlari, turli xil 
yuklar, odamlar bilan birga, shuningdek, avtobuslar, yengil avtomobillar va yuk 
avtomobillarining kabinalarida tashish taqiqlanadi. Go‘sht, non, un, yog‘lar 
tetraetilqo‘rg‘oshinni osongina yutish xususiyatiga ega. Benzinning bexosdan 
to‘kilishi oziqovqat mahsulotlarida zaharlanishni keltirib chiqarishi mumkin. 
Zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari qaynatilganida ham uning zaharliligi 
kamaymaydi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tashishda etillangan benzindan 
bo‘shatilgan idishilarni ishlatish maqsadga muvofiq emas, chunki bunday 
idishlarda doimo ma’lum miqdorda tetraetilqo‘rg‘oshin bo‘ladi. Ovqat hazm qilish 
yo‘llari orqali zaharlanishning oldini olish uchun haydovchilarning shaxsiy 
gigiyenasiga e’tibor qaratish lozim.
Etillangan 
benzin 
kiyim-kechakka 
yoki 
badanga 
tekkanida 
uni 
zararsizlantirish uchun terini yoki kiyim-kechakning o‘sha joyini issiq suvda 
sovunlab yuvish kerak. Etillangan benzinni ishlatadigan xodimlar maxsus kiyim 
kiyib olishlari va shaxsiy himoya vositalarini (ko‘zoynak, qo‘lqop, niqob va 
boshqalar) olib yurishlari lozim.
Etillangan benzin ta’sirida zararlangan buyumlarni zararsizlantirishda xlorli 
ohakdan foydalaniladi. Xlorli ohak bo‘tqa ko‘rinishida ishlatiladi, bunda 1 qism 
ohakka 3–5 qism suv qo‘shiladi. Etillangan benzin to‘kilgan joyga qum sepib, 
supuriladi, so‘ngra xlorli ohak bo‘tqasi (1 m2 ga 1,5 

hisobida) bir tekis surtiladi 
va 4–5 soatdan keyin yuvib tashlanadi. Etillangan benzin to‘kilgan joylarni quruq 
xlorli ohak bilan zararsizlantirish taqiqlanadi, aks holda, yong‘in chiqishi mumkin.
Benzin teriga tushsa, uni kerosinda ho‘llangan latta bilan artish, keyin iliq 
suvda sovunlab yuvish lozim. Etillangan benzin ko‘zga tushganida, ko‘zni 2 foizli 
soda eritmasi yoki toza iliq suv bilan yuvish, so‘ngra davolash muassasasiga 
murojaat qilish lozim. Etillangan benzin tasodifan oshqozonga tushganida, 
oshqozonni ichimlik sodasi eritmasi bilan chayish va majburan qayt qilish lozim. 
ATKning etillangan benzin ishlatiladigan hamma joylarida iliq suv, kerosinli 
idish, sovun, toza latta va sochiq turishi kerak. Etillangan benzin bug‘lari ham 
benzinning o‘zidek zaharli ekanligini yodda tutish zarur. Neft mahsulotlari 
ta’sirida zaharlangan kishini, avvalo, toza havoga olib chiqish lozim. Agar u 
kuchsiz zaharlangan bo‘lsa, shifokor kelguniga qadar uni tinch qo‘yish va unga 
valerianka ichirish kerak. Og‘ir hollarda (nafas olish keskin kamayganda, hushdan 
ketganda) unga novshadil spirti hidlatish va toza kisloroddan nafas oldirish zarur. 
Nafas olish keskin susayib ketganida yoki to‘xtaganida sun’iy nafas oldirish zarur.



Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish