Dizel yonilg‘isi bug‘larining zaharliligi
, odatda, benzinning zaharliligidan
yuqori bo‘ladi, ammo dizel yonilg‘isining bug‘lanuvchanlik darajasi pastligi
hisobiga yonilg‘i bug‘larining havodagi konsentratsiyasi sezilarli darajada kam
bo‘ladi. Dizel yonilg‘isi bug‘larining havodagi ruxsat etilgan konsentratsiyasi 0,3
mg/m
3
deb belgilangan. Dizel yonilg‘ilaridan zaharlanishda profilaktika va yordam
ko‘rsatishdagi tadbirlar benzinni ishlatishdagi kabi amalga oshiriladi. ATKda
boshqa turdagi yonilg‘ilar (sintetik yonilg‘ilar, siqilgan gaz, spirtlar) dan yoki
yonilg‘i sifatini yaxshilovchi turli xil komponent va qo‘shilmalardan
foydalanganda texnika xavfsizligi bo‘yicha tegishli instruksiyalarga rioya etish
lozim.
Ishlatilgan gazlarning zaharliligi.
Dvigatellar atmosferaga chiqarib
tashlaydigan yonish mahsulotlari yoki yonilg‘i va moyning chala oksidlanish
mahsulotlarining
odam
organizmini
zaharlaydigan
va
atrof
muhitni
ifloslantiradigan o‘nlab komponentlaridan uglerod (II)-oksidi (CO), azot oksidlari,
yonmay qolgan uglevodorodlar, aldegidlar, oltingugurt birikmalari, qo‘rg‘oshin
birikmalari va qurumni ko‘rsatish mumkin.
Uglerod (II)-oksidi
(is gazi) uglerodli yonilg‘ilar kislorod yetarli bo‘lmagan
sharoitlarda yonganida hosil bo‘ladi. Is gazi gemoglobin hosil qiluvchi faol
markazlar ishini to‘xtatib qo‘yadi, buning oqibatida inson organizmida oksidlanish
jarayonlari buziladi, bu esa o‘limga olib kelishi mumkin. Is gazining havodagi
ruxsat etilgan konsentratsiyasi 0,02 mg/m
3
deb belgilangan. Is gazi
konsentratsiyasi bu miqdordan ziyod bo‘lganida organizm sezilarli darajada
zaharlanadi. Bunda birinchi bosqichda bosh og‘rig‘i paydo bo‘ladi, yurak urishi
tezlashadi, nafas qisadi, odam qayt qiladi. Ikkilamchi bosqichda kishini uyqu
bosishi, keyin hushdan ketishi mumkin. Is gazining havodagi konsentratsiyasi 0,65
mg/m
3
bo‘lsa, kishi hushidan ketishi mumkin, 2,5 mg/m
3
bo‘lganida esa, kishi
o‘lishi mumkin.
Azot oksidlari.
Azot (II)-oksidi ko‘zning shilliq pardasini, o‘pkani
yallig‘lantiradi, yurak-qon tomir tizimida tuzatib bo‘lmaydigan o‘zgarishlarga
sabab bo‘ladi. Azot oksidlarining juda kam miqdori ham xavfli hisoblanadi. Azot
oksidlari uglevodorodlar bilan birikib, zaharli nitrooleiflar hosil qiladi. Ularning
organizmga zararli ta’sirini hech qanday vositalar bilan yo‘qotib bo‘lmaydi.
Uglevodorodlar.
Yonmay qolgan uglevodorodlar bir necha yuz kimyoviy
birikmalar aralashmasidan iboratdir. Aralashma yoqimsiz hidga ega bo‘lib,
ko‘pgina surunkali kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ayrim aromatik uglevodorodlar
kuchli zaharli xususiyatlarga ega bo‘lib, markaziy asab va mushak tizimiga salbiy
ta’sir etadi. Alifatik uglevodorodning zaharlilik darajasi pastroq bo‘lib, ular
markaziy asab tizimiga narkotik kabi ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |