2-jadval
Bo’rttirishga moyilligi
|
ВОСВ
|
ВОСВ-Т
|
ОСВ
|
СВ
|
ВГ
|
Oquvchanlik chegarasi т, N/mm2, ko’p
|
|
|
|
|
|
emas
|
185
|
175
|
195
|
205
|
-
|
Vaqtincha qarshilik в, N/mm2
|
250-350
|
250-320
|
250-350
|
250-380
|
250-390
|
Nisbiy cho’zilish , %, kam emas, prokat qalinligida
|
0,7 <
|
38
|
40
|
34
|
32
|
26
|
0,7 ≤
|
≤ 1,5
|
40
|
42
|
36
|
34
|
28
|
1,5 <
|
≤ 2
|
42
|
44
|
40
|
38
|
29
|
2 <
|
≤ 3,9
|
-
|
-
|
42
|
40
|
30
|
|
HR15T
|
|
0,5 <
|
≤ 0,8
|
76
|
75
|
76
|
78
|
-
|
HR30T
|
0,8 <
|
≤ 1,7
|
51
|
45
|
51
|
53
|
-
|
HRB
|
1,7 <
|
≤ 2
|
46
|
43
|
46
|
48
|
-
|
Sirt sifati yuqori bo’lmaganligi sababli issiq prokatlangan listli prokat avtokuzovsozlikda deyarli qo’llanilmaydi. Ushbu standartga ko’ra prokat quyidagicha bo’linadi:
cho’zilishga vaqtincha qarshilikning kichik qiymati bo’yicha mustahkamlik guruhlariga (belgilanishda “B” harfi ko’rsatiladi): К260В, К270В, ОК300В, К310В, К330В, К350В, ОК360В, ОК370В, К390В, ОК400В, К490В.
Dastlabki harflar quyidagi ma’nolarni beradi: K – sifatli po’lat, ОК – odatiy sifatli po’lat; raqamlar cho’zilishga vaqtincha qarshilik ning kichik qiymatini N/mm2 da ko’rsatadi;
bo’rttirishga moyilligi bo’yicha ikki turga: Г – chuqur bo’rttirish uchun, Н – normal bo’rttirish uchun. Bo’rttirishga moyillik faqat 2 mm gacha qalinlikdagi sovuq prokatlangan prokatning К260В, К270В, К310В, К330В, К350В mustahkamlik guruhlari uchun tartiblanadi.
Mahsulot turlari va sirt pardozlash sifati bo’yicha bo’linish ГОСТ 9045-93 dagi kabi bo’ladi.
Har bir mustahkamlik guruhlari uchun po’lat markalari 3-jadvalda berilgan.
3-jadval
Mustahkamlik guruhi
|
Po’lat markasi
|
К260В
|
08кп
|
К270В
|
08пс, 08, 10кп, 10пс, 10
|
К310В
|
15кп, 15пс
|
К330В
|
15, 20кп
|
К350В
|
20пс, 20
|
К390В
|
25, 30
|
К490В
|
35, 40, 45, 50
|
ОК300В
|
Ст1, Ст2 (kisloroddan tozalashning barcha darajalari)
|
ОК360В
|
Ст2 (kisloroddan tozalashning barcha darajalari)
|
ОК370В
|
Ст3пс, Ст3сп
|
ОК400В
|
Ст4 (kisloroddan tozalashning barcha darajalari),
Ст5пс, Ст5сп
|
Sortament uchun standart (ГОСТ 19904-90) eni 500 mm va undan ortiq listli sovuq prokatlangan prokatni tartiblaydi, bunga ko’ra listlar 0,35-5,0 mm qalinlikda va rulonlar 0,35-3,5 mm qalinlikda tayyorlanadi. Standart qalinligi, eni va uzunligi bo’yicha qator o’lchamlarni, ushbu o’lchamlarning chekli og’ishlarini, prokatning tekisligini, qirralari tabiatini (kesilgan, kesilmagan) va b. xarakteristikalarini (to’lqinsimonlik, o’roqsimonlik, teleskopsimonlik va b.) tartiblaydi.
Listli kam uglerodli po’latlarning shtamplanishi, ya’ni, materialning berilgan deformatsiya darajasigacha plastik deformatsiyalanishi, kerakli shaklni olishi va bunda buzilmasligi listli kam uglerodli po’latlarning muhim xarakteristikasi hisoblanadi. Standartlar bilan aniqlanuvchi, yuqorida sanalgan xarakteristikalardan po’latning shtamplanishiga eng ko’p ta’sir o’tkazuvchi ko’rsatkichlarga uning bo’rttirishga moyilligi, kimyoviy tarkibi, strukturasi, sirt sifati va qalinligi kiradi.
Po’lat tarkibidagi uglerod uning shtamplanishiga katta ta’sir o’tkazadi. Uglerod miqdorining ortishi bilan po’latning mustahkamligi ortadi va plastikligi pasayadi, bunda shtamplanish yomonlashadi. Shuning uchun, juda murakkab bo’rttirish hollarida po’lat tarkibidagi uglerod miqdori 0,1 % dan ortmasligi lozim, nochuqur bo’rttirish va bukish uchun esa uglerod miqdori 0,15-0,2 % ga yetishi va undan ko’proq bo’lishi mumkin.
Nometall qo’shilmalardan erkin sementit shtamplanuvchanlikka eng ko’p salbiy ta’sir o’tkazadi, u ferrit zarralari chegaralari bo’ylab joylashadi va shtamplash paytida po’latning uzilishlariga sabab bo’ladi. ГОСТ 9045-93 ferritli zarralar o’lchami va erkin sementitning po’latdagi tarkibini tartiblaydi.
Oxirgi paytda avtomobil massasini kamaytirish maqsadida yuqori mustahkamlikka ega po’latlardan foydalanish tobora keng qo’llanilmoqda. Bular uzilishga vaqtinchalik qarshilik ko’rsatish qiymati 400 MPa dan ziyod bo’lgan kam uglerodli po’latlardir. Shu bilan birga ularning plastikligi yetarlicha yuqori (
20 %), bu esa ularning yuqori shtamplanuvchanligini ta’minlaydi. Legirlovchi elementlarning yig’indi tarkibi bo’yicha yuqori mustahkamlikli po’latlarni kam legirlangan po’latlarga kiritish mumkin. Ushbu po’latlar tarkibiga kam miqdorda marganes, kremniy, alyuminiy, vanadiy, niobiy, titan, nikel, mis va azot kiritiladi.
Mexanik xususiyatlarning optimal darajasi kompleks legirlash bilan ta’minlanadi, bunda po’lat tarkibiga bir nechta legirlovchi elementlar kiritiladi.
Kuzovsozlikda 08ГСЮТ, 08ГСЮФ, 07ГСЮФ markali po’latlar eng ko’p qo’llaniladi. Ushbu po’latlarning kimyoviy tarkibi va mexanik xususiyatlari 4jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |