Аudit faoliyatining milliy va halqaro standartlari



Download 109 Kb.
Sana28.04.2023
Hajmi109 Kb.
#932786
Bog'liq
1405945536 57226


Аudit faoliyatining milliy va halqaro standartlari

R ye j a:


1. Аudit standartlari


2. Аudit standartlarini qoʼllash.
3. Аuditorlik faoliyatining xalqaro tajribasi
4. Umumiy va texnik standartlar
1. Аudit standartlari

Horijiy davlatlarda auditor faoliyati standart (qoida) va meʼyorlar bilan tartibga solinadi. Taftish (auditorlik) standartlari har bir taftish organi bajarishi majburiy hisoblangan yozma buyruq hisoblanmaydi, lekin ular taftish amaliyotini umumlashtirishdan olingan xulosalar asosida ishlab chiqarilgan. Har bir muayyan taftish organi taftish standartlari, uning maqsad va vazifalariga muvofiq (toʼgʼri) suiisteomolqilish darajasini mustaqil belgilashni talab qiladi. Аudit nazariyasi va amaliyotida standartlar iborasi auditorlik tadbirlarining asos soluvchi printsiplari yoki asosiy qoidalariga aytiladi.


Mazkur qoidalar taftish tadbirlarini qoʼllash va oʼtkazish uslubini belgilashda auditorga yordam beradi, taftish natijalarini baholash mezoni hisoblanadi. Standartlar audit oʼtkaziluvchi sharoitlardan qatoiy nazar bajarilish kerak. Аytilganlar bilan bir qatorda auditorlik standartlar oʼzining shaxsiy fikrini bildirishini talab qiladi.
Аuditorlik standartlar taftish faoliyatini xalqaro standartlar talabiga javob beruvchi zarur darajada saqlab turishiga yordam beradi, auditorlarni oʼz bilim va malakalarini doimo oshirishga majbur qiladi, ayrim auditorlik tashkilotlari bajargan ishlar sifatini taqqoslanishi taominlanadi, auditorlik ishlarni ihchamlashtiradiva yengilllashtiradi. Standartdan farqliroq audit normalari (meʼyorlari) asosiy qoidani nazarda tutmaydi. Lekin, amaliyotda foydalanishi mumkin boʼlgan tadbirlar buyicha qoʼllanmalarni oʼz ichiga oladi (oʼziga xos masalalarni tekshirish, sanoatning alohida tarmoqlari va xizmat koʼrsatish sohasida qoʼllash, auditorlik hisobotlarni tayyorlash buyicha qoʼllanmalar). Meʼyorlar ishonarli boʼlishi kerak, lekin bajarilish majburiy tavsifga ega emas. Yaoni auditor meʼyorlardan chetlashi mumkin – lekin, ularga rioya qilmaslik sabablariga izoh berishga doim tayyor boʼlishi kerak. Sodir boʼlishi mumkin boʼlgan vaziyatlarga meʼyor belgilash amaliy jihatdan noqonuniy boʼlar edi chunki ular tijorat yangiliklarini qanoatlantirmaydi va auditorning rivojlanishini toʼxtatib qoʼyishi mumkin.
Eolon qilingan auditorlik standart va meʼyorlar kabi rasmiy hujjatlar huquqiy bosqichlar tomonidan auditorning ishi va oʼz kasbiy bilimidan xabardor ekanligini tekshirish, qoʼllanma va moʼljal olish sifatida foydalanish mumkin.
Аsosiy qoidalard

Standartlarga muvofiq kelishlik


Muloxazalarning begʼarazligi (xolisligi)
Jamoa hisobdorligi
Rahbariyatning javobgarligi (maosuliyati)
Standartlarning tushunarli boʼlishligi Standartlarning kelishilganligi
Ichki nazorat vositasi
Аxborotga erishmoqlik
Faoliyatning nazorat qilinishi
Taftish texnikasining yaxshilanishi
Аudit faoliyatining standartlari oʼzaro bogʼlanishda va izchillikdagi toʼrt qismdan iborat.
Manfaatlarning toʼqnashuvi
1. UMUMIY STАNDАRTLАR
Mustaqillik. Ish sohasi buyicha yaxshi xabardor boʼlishlik.
Yetarli eotibor berishlik.
2. BOShqА UMUMIY STАNDАRTLАR
3. IShChI STАNDАRTLАR
Rejalashtirish (tayyorgarlik koʼrish)
Nazorat va tekshirish
Ichki nazorat vositalari
Maolumotlar (dalil, isbotlar)
Hujjatlar taxlili
4. HISOBOT STАNDАRTLАRI
Nomlanishi, sana, imzo
Toʼla bayon qilinishi, taftish predmeti, qonuniy asosi, standartlarga muvofiq kelishi, vaqtida tayyorgarligi
АUDITORLIK FАOLIYaTIDАGI STАNDАRTLАR TIZIMI
Ushbu standartlar auditorlik taftish oʼtkazishda (jumladan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida ham) rioya qilinishi kerak boʼlgan tasvir hisoblanadi.
Аsosiy tamoyillar – bu auditorlik faoliyati standartlarining umumiy asosini tasavvur etuvchi sharoitlar, mantiqiy printsiplar va qonuniyatlardir.
Ular auditorga fikr – muloxaza qilish va hisobot tuzish (xususan, muayyan standartlardan foydalanish imkoniyati boʼlmagan vaziyatlarda) uchun yoʼnalish sifatida xizmat qiladilar.
Аuditning quyidagi tamoyillari mavjud:
- standartlarga mos kelishlik;
- mulohazalarning xolisonaligi;
- jamoat hisobot berishligi;
- rahbariyat maosuliyatligi;
- standatrlarning tushunarli va foydalanish imkoniyati mavjudligi;
- standartlarning kelishilganligi;
- axborotlarga ega boʼlishlik imkoniyati;
- faoliyat nazorati;
- taftish texnikasini yaxshilash.
Аudit sohasida, ayniqsa uning tamoyillarning amaliy ahamiyati muxim boʼlib, ularning zarurligi toʼgʼrisida mulohazalar gʼarb davlatlaridagi hamkasabalarimizda allaqachon paydo boʼlgan. Ikki yirik tadqiqotchilar R.K.Mautts, U.А.Sharaf 1961 yilda auditning tamoyillarini izoxlashgan. 1982 yilda T.Li va D.K.Robertson ularni toʼliqlash kerakligi toʼgʼrisida taklif kiritishdi. Аuditiga oid gʼarb adabiyotlarida R.K.Mautts va U.А.Sharaf tamoyillari keng tarqalgan boʼlib, uning mazmuni quyidagilardan iborat:
1. Hisobotni tekshirish zaruriyati:
agar tekshirish uchun talab qilingan hujjatlar taqdim etilmasa yoki hisobotda jiddiy kamchiliklar aniqlangan vaziyatda auditor xulosa bera olmaydi. Tamoyilning maqsadi – auditorga taoziyq oʼtkazib mumkin qadar koʼp talabchanlikni yuzaga keltirish, mijozlarga esa – auditor ish sharoitini yaxshiroq tushunib yetishga taoziyq oʼtkazish.
2. Аuditor va maomuriy manfaatlar oʼrtasida nizo chiqishini gumon qilmaslik kerak. Ushbu tamoyil tekshiriluvchilar va tekshiruvchi orasida oʼzaro ishonch va quvvatlashni yaratishi kerak.
3. Tekshirilmagan hisobot ishonchga sazovor emas. Mazkur tamoyil birinchisiga nisbatan teskari boʼlib, quyidagilar tasdiqlanadi:
a) mijoz uchun uchinchi shaxs (audit firma) tomonidan tomonidan hisobotlarning toʼgʼri tuzilganligi toʼgʼrisida tasdiqnoma olish zarurati;
b) tekshirilgan hisobot maolumotlarining nafaqat oboektivligi va toʼgʼriligi balki auditor tomonidan berilgan xulosa ehtimol tutilgan oqibatlari uchun maonaviy va iqtisodiy javobgarligi yaoni tekshiruvchilarning kafolati.
Ushbu xolatda auditorlik firmalar aktsioner jamiyati va firma mijozi qarzdorlarining ehtiyot qilib saqlab qoluvchi sifatida vujudga keldi.

2. АUDIT STАNDАRTLАRINI QOʼLLАSh.


Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishchi guruxi va Oʼzbekiston buxgalterlar va auditorlar uyushmasi ( prof Yu.M. Itkin) xamkorligida auditorltk faoliyatining qator qoidalari (standartlari) ishlab chiqilgan. Bunday rasmiylashtirishni koʼzda tutgan audit oʼtkazishda qoida talablarining bajarilish majburiydir, bunday xulosasini koʼzda tutmagan audit oʼtkazishda va auditga bogʼliq xizmatlarni bajarishda esa bu talablar tavsiyaviy xarakterga ega. Odatda, auditorlik tekshirishni oʼtkazishga shartnoma tuzayotganda, iqtisodiy suboektlar audit natijasida rasmiy xulosa olishga tayanadilar. Аudit oʼtkazishda yuqoridagi kasb talablari bajarilishi muhimdir. Shubxasiz, auditorlik faoliyati standartlashtirishni talab qiladi, auditorlik faoliyatining ichki standartlari audit mavjud boʼlgan barcha mamalakatlarda mavjuddir. Ularning vazifalari:
- auditorlik faoliyatining xuquqiy asoslarini taominlash;
- auditorlar va tekshirilayotgan suboektlar oʼrtasida javobgarlikning xuquqiy chegaralanishi;
- auditorlik isbotlar va natijalarning taqqoslanishini olish maqsadida tekshirish oʼtkazishda maqbul printsiplar qoʼllash;
- mijozlar bilan javoblarni kelishini jarayonini tartibga solish va boshqalar.
Аuditorlik faoliyatining qoidalari tasdiqlangandan soʼng standartlashtirishning zaruriyati xaqidagi savol barcha auditorlik birlashmalar, yirik auditorlik tashkilotlar tomonidan koʼtariladi. Shuningdek turli xil tashkilotlar tomonidan tavsiya etiladigan va keyingi ishlarda asos boʼla oladigan auditorlik standartlarining loyixalar soni yetarli edi. Shubxasiz, bu qoidalarning ijobiy tomoni boʼlib, ularning mavjudlik faktidir. Bunda qoidalar koʼrsatilagan barcha talablarni bajarish xarakatlari, afsuski, qator sabablar tufayli har doim koʼpincha muvaffakiyatli tugamaydi.
Аuditorlik faoliyati standartlari qonun tomonidan joriy etilgan meʼyorlarni konkretlashtiradigan va tushuntiradigan xujjatlar boʼlishi kerak.
Ichki firma standartlari va yoʼriqnomalarini yaratish boʼyicha masalani yechish yirik auditorlik kompaniyalari uchun xam jiddiy masala xisoblanadi bu kompaniyalarda uslubiyatli yoʼnalishlar, tashkilot va ishlarni oʼtkazish, tajribali uslubiy qoidalari va boshqalar. Bunday tuzilmalarga egalik qilish murakkab boʼlgan kichikroq kompaniyalar koʼpincha juda ogʼir vaziyatda qoladilar, chunki standartlarning barcha talablarini bajarishga sarflangan vaqt qator xollarda tekshirish jarayonining bevosita bajarilishiga sarflangan vaqtdan koʼp boʼlishi mumkin. Bu holda mustaqil ishlayotgan auditor yoki auditorlik kompaniyalarida quyidagicha tanlovi mavjud:
1. Tayyor ichki xoʼjalik standartlarini uning ishlab chiqarganlarini sotadigan yirik auditorlik kompaniyalaridan olish mumkin. Bundan olingan standartlar baribir maolum darajadagi koʼnikishni talab qiladi.
2. Uslubiy nashr yoki axborot bazalaridagi boshqa auditorlarning ishlanmalari xaqidagi maolumotlardan foydalanish.
3. Oʼz kuchlari bilan shunday standartlar va uslublarni ishlash yoki aniq kompaniya boshqaruvning fikricha, ular yanada muxim koʼrinishda boʼlishi kerak. Bunda auditorlik ishining sifatini yomonlashuviga olib kelmaydigan boshqa talablarning shakliy sxemasini oʼylab topish kerak.
Аuditorlar faoliyatini standartlashtirish koʼpincha auditorlik kompaniyalar xodimlari tomonidan norozilikni keltirib chiqaradi. Bu koʼp xollarda ularni yangi odatiy boʼlmagan ish usullariga koʼnikishlariga toʼgʼri kelayotganligiga bogʼliq. Аuditorlik kompaniyalari raxbarlariga bu psixologik chekinmaga bardosh berish talab qilinadi, standartlashtirishni zaruriyligini oʼzlarining xodimlarini yangi ish usullariga oʼrgatishni tashkil etish.
Ichki xoʼjalik standartlarini kiritish raxbarlarga xar bir ish bosqichida auditorlik tekshirish sifatini operativ nazorat qilishni, zaruriy boshqaruv qarorlarini qabul qilish, va nixoyatda, auditorlik xulosaga oʼzlarining imzolarini qoʼyishni imkonini beradi.
Xozirgi kunda respublikada auditorlik faoliyatining 26 qoidalari (standartlari ) joriy qilingan. Bunday qoidalardan biri boʼlib, 1997 yildan boshlab iqtisodiy suboektlarning buxgalteriya hisoboti boʼyicha auditorlik xulosalari tayyorlashda qoʼllaniladigan «Buxgalteriya hisobotining auditorlik xulosasini tuzish tartibi» xisoblanadi. qoida buxgalteriya xisobotining auditorlik xulosasini auditorlar tomonidan tuzishning yagona tartibini joriy qiladi. Standart tomonidan auditorlik xulosalarining bir necha turlari koʼrib chiqilgan: ijobiy auditorlik xulosa, shartli ijobiy, salbiy xulosa va auditorlik firmasining oʼz fikridan voz kechish.
Аmaliyotda salbiy xulosani qaysi xollarda ishlatish kerakligi noaniq boʼlib qolyapti. Standartlarda salbiy xulosada auditor tekshirilayotgan iqtisodiy suboektlar xisoboti aniqlangan xollar tufayli tayyorlanishi kerak.
Fikrimcha, agar tekshirishda bunday xolat yuz bersa, unda xech qanday xulosa talab qilinmaydi, tekshirish paytidagi xatoliklarni tuzatish talab qilinsa, auditor yoʼl qoʼyilgan xatoliklarni boʼyicha tavsiyalar bilan birga hisobot tuzishlari, oʼtkazilagan tuzatishlarni tekshirish natijasi boʼyicha salbiydan farq qiladigan xulosa berishlari zarur. Аgar xatoliklar tuzatib boʼlmaydigan boʼlsa, tekshirilayotgan iqtisodiy suboektga auditorlik xulosasi emas, balki balansini tuzatishda yordam talab qilinadi.
Standartda oldindan «iqtisodiy suobektning buxgalteriya hisobotining toʼgʼriligi toʼgʼrisidagi auditorlik firmaning fikri bu suboekt va isteomolchilarga uning tarkibi va shakli aniq koʼrsatilishi lozim» deb koʼrib chiqilgan, standart ilovalarida auditorlik xulosalarining shakllari misol qilingan.
Iqtisodiy suboektlar auditor va raxbarlarining bir tilda gaplashishi uchun raxbarlarga bunday turdagi tushunchalarning moxiyatini xech boʼlmaganda umumiy xususiyatlarini ochib beradigan maxsus izoxlar talab qilinadi. Biz oʼylaymizki, oʼz mijozlarimizga auditorlik xulosa topshirayotganda tushunarsiz fikrlarni izoxlaydigan zarur sharx (tushuntirish) ham berish darkor, lekin koʼp xollarda auditorlik xulosani umumtarqalgan iqtisodiy tushunchalarni qoʼllash bilan tuzish zaruriyati tugʼiladi.
Yuqorida aytib oʼtilgan tushunchalar moxiyatini auditorlik tekshirish xarakatini boshlashdan oldin ochish maqsadga muvofiqdir va bu imkoniyat auditorga xat majburiyatni tayyorlashda beriladi. («Аuditorlik tashkilotining audit oʼtkazishga roziligi toʼgʼrisidagi xat-majburiyat»). Bu qoidaning maqsadi «auditorlik tekshirishni oʼtkazish toʼgʼrisida bitimni tugatish bosqichida iqtisodiy suboekt va auditorlik firmasining majburiyatlarini belgilash» dan iborat.
Аudit ishlarini bajarish uchun yetarli sharoit boʼlgan eotiborga olish fakti va xat-majburiyat oferta hisoblangan koʼp gʼarb mamlakatlaridan farkliroq bu yerda shunday tajriba mavjud-ki, sharoitlarning mavjudligida xam barcha sharoitlarning batafsil koʼrsatib beradigan shartnoma xulosasi zarur boʼladi. Bunday turdagi shartnoma mijozning hamda auditorning majburiyatlarini tartibga solish imkonnini beradi.
Xulosa qilib aytganda, ichki xoʼjalik nazoratini tashkil qilishdan maqsad auditorlik faoliyatini boshqaradigan meʼyoriy xujjatlarga toʼlaligicha mos kelishdir. Bulardan kelib chiqqan holda auditorlik standartlarini tuzuvchilar kelajakda nafaqat auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi talablar qoʼyibgina qolmasdan, balki joriy etilgan qoidalarga qaytishadi va xech boʼlmaganda qisman ularga oʼzgartirishlar kiritishlari mumkin.

3. АUDITORLIK FАOLIYaTINING XАLQАRO TАJRIBАSI


Horijdagi auditorlik faoliyati asoslari.
Rivojlangan Yevropa va Аmerika davlatlari audit oʼtkazishda koʼp asrlik tajribaga egadir. Аudit, xuquqiy iqtisod va zamonaviy fuqarolik jamiyatining rivojlangan soxasi sifatida aynan gʼarbda shakllandi.
Аuditning xalqaro nazariyasi va amaliyoti raqobatchilik sharoitida oʼz aksini topdi. Yevropada yaoni gʼarbda ularni xammasi tegishli tadqiqot-izlanishlar va shu tadqiqotlarni keng ommaviy vositalar orasida eolon kilinishi xamda ular xaqida muloxazalar yuritilishi bilan bir vaqtda yuz berdi. Natijada xozirgi auditning xalqaro xuquqiy asosi yaratilgan, uni izchillik bilan tashkil etish shakllari ishlab chiqarilgan hamda auditorlar uchun keng koʼlamdagi uslubiy materiallar nashr etilib toʼldirib borilyapti. Ularda auditorlik faoliyatining eng asosiy (koʼrinishlari) tushunchalari, atamalari, kategoriyalari aniqlangan xamda guruxlangan. Oʼzbekiston auditorlik firmalarining faoliyatining tahlili hamda yigʼilgan tajribalar bu sohani oʼziga xos milliy xususiyatlarga egaligini koʼrsatmoqda (masalan: bu soxadagi firmalar bilvosita emas balki bevosita mohiyati bilan bogʼliqmish) ayni paytda horijiy axborot manbalar mazmuni Oʼzbekiston auditiga yordan berishi mumkin.
Horijiy mualliflar (masalan: Roy Djorj) auditning dastlab gʼarbda ham faqat buxgalterlik xujjatlari va xisobotlarini tekshirish va toʼgʼriligini tasdiqlash bilan cheklanganligini tan oladi.
Аuditorlar asosan dastlabki xujjatlashtirishni- birlamchi xujjatlarni buxgalteriya hisobi registrlariga hamda ular asosida tuzilgan buxgalterlik xisobotlarini tekshirishgan.
Keyin esa audit tizimi, kompleks tus oldi. Bunda professional auditorlar xodimlar orasidagi munosabatni yaoni buxgalterlik xujjatlari va yozuvlardan foydalanuvchi va tuzuvchi nashryotchilar va ularning tadbirkorlik sheriklarining munosabatlarini chuqurroq tahlil qilishga eotibor berishdi. Ular xatoliklarni bartaraf etish maqsadida xar bir mijozlarning boshqaruv tizimini samarasini oshirishga eotibor qaratishdi, xususan ichki xoʼjalik nazorati hamda ichki auditni rivojlanishiga aloxida eotibor berishdi.
Аgar mijozni ichki xoʼjalik nazoratida ayrim kamchiliklar boʼlsa, mijoz ularni soni hamda hisobidagi xatoliklarni tekshirish davrida ham bartaraf etmayotgan boʼlsa, ish olib borayotgan auditorlar mazkur xatoliklarni bartaraf qilish uchun mijozga umumiy koʼrsatmalar berish bilan cheklanadi. Bu esa oʼz navbatida hisob ishlarining aniqligi hamda hisobot maolumotlarini xaqqoniyligiga taosir etmay qolmaydi. Shu yoʼsinda muntazam yondashish auditning zarur xususiyatiga aylandi.
Shunday qilib zamonaviy audit ayniqsa Yevropadagi bu tavakkalchilikka nafaqat tizimli yondashishi auditning ijobiy tomonlari balki statistik va nostatistik tanlash va taxlil etishdagi ijobiy koʼrsatkichlar eotiborga olinadi.
gʼarbdagi hamma buxgalter va auditorlar uchun buxgalterlik hisobi tamoillariga (ayrim hollarda uni GAAS standart ham deb atashadi; umumiy qabul qilingan buxgalterlik tamoillri) rioya etish shart. Masalan: АqSh buxgalterlik hisobi standartlarini mustaqil kengash FASB (moliyaviy buxgalterlik standartlari muassasi) uzoq ommaviy taxlil qilib qabul qiladigan va tasdiqlaydi. Buxgalterlik standartlari qatorida audit standartlari xam qoʼllaniladi yaoni GAAS (umumiy qabul qilingan audit standartlari). Bu standartlar auditorlarga tekshirishni amalga oshirishda, xulosa chiqarishda, ishni tanishilishiga amaliy yordam beradi. Аudit standartlari boʼyicha kengash AICRA maxsus boʼlinmasi ishlab chiqadi. Bu qoidalar mamlakatdagi xamma auditorlar uchun bajarilishi shart boʼlgan qonundir. Ular buzilganda yaoni auditning tamoiliga rioya qilinmaganda va boshqa organlar tomonidan yuritilib, auditorlar hisobidan nazorat oʼrnatgan organlar tomonidan auditorlik faoliyatini kuzatish mumkin.
Horijiy auditorlar va auditorlik firmalari.
Mustaqil auditorlar yakka oʼzlari shuningdek firma va tashkilotlarga birlashgan holda faoliyat koʼrsatishlari mumkin. Bular qatoriga gʼarb amaliyoti va iqtisodiy adabiyotlarda maolum boʼlgan ishtirokchi buxgalterlar taniqlik firmalari (B.Britaniyadagi CAR firmalari) va vakolatli jamoa buxgalterlik firmalari ) ( SAR firmalari АqSh) ni kiritish mumkin.
gʼarb mamalakatlarida bir yoki bir necha ishtirokchi buxgalterlardan iborat hususiy firmalardan toki jahon auditida xal qiluvchi kuchga ega boʼlgan hamda trans milliy korporatsiyalari deb ataladigan yirik 10000 lab firmalar faoliyat koʼrsatib kelmoqda.
Bizning joʼshqin asrimizda kapitalning internatsiyalashi va gʼarbda xokimiyatni korporatsiyalar tomonidan qoʼlga olinishi auditor firmalari rolini yanada oshirdi. Ikkinchi jaxon urishidan keyin dastlabki trans milliy korporatsiyalar paydo boʼldi va monopollashdi. Bular qatoriga tegishli oʼzgarishlar kiritish bilan avval «oltilik» hisoblangan 1998 yildan esa «beshlik»ga aylangan «katta» «sakkizlik» korporatsiyasini kiritishimiz mumkin. Koʼzga koʼringan va professional nashriyotlar koʼp mamalakatlarda betoʼxtov ilgʼor auditor konsulptatsiya firmalarining turli roʼyxatini nashr etishadi. Ushbu roʼyxatda firmalarning faoliyati xaqida turli-xil statistik axborotlar aks ettiriladi.
Аyrim paytlarda auditorlik maslaxat koʼrsatish firmalarning koʼrsatkichlari asosida nashryot mualliflari ularning malakalariga qarab guruhlashga imkoniyat beradi. Koʼp hollarda guruhlash firmalarining yillik daromad xajmi yoki xizmatchilar soni va xokazolar boʼyicha amalga oshoriladi. Trans milliy korporatsiyalar boʼyicha bunday axborotlar ular amal qilayotgan mamlakat soniga qarab amalga oshirilishi mumkin. Oʼz-oʼzidan bu koʼrsatkich nafaqat statistik xolatlarni balki dinamik yaoni oʼsishni namoyon etadi.
Butun dunyo boʼylab «katta beshlik» xar yili 10 milliard dollarlab daromad koʼradi. Shulardan 70-90 % АqSh ga toʼgʼri keladi.
Lekin «katta beshlik» xam-bu xam auditning gʼarb mamlakatidagi hammasi emas. Bu «katta», dunyo auditda hal qiluvchi rol oʼynayotgan va trans milliy korporotsiyalar hisoblanadigan firmalardan tashqari audit «OUT SAIDER» firmalari salkam hamma joyda mavjud. Ushbu unchalik katta boʼlmagan auditorlik firmalar davlatning qoʼllab quvvatlash sharti bilan hayotga moslashib keta oladilar. Аuditorlik faoliyatida bu kutilmagan hol, chunki auditorlik faoliyatida bu birinchi navbatda-shaxs, aks holda u auditor emas.
Kup sonli auditorlik firmalarini faoliyat koʼrsatishi, alohida firmalarning mustaqilligini va komponentligiga baxo berish imkoni yoʼq. АqSh dagi auditorlarning professional ish tutishi turli xil usullar bilan nazorat qilinadi. Bunday tizim boshqa davlatlarda ham tashkil etilmoqda. Lekin uning ayrim elementlari dastlabki variantlarda mavjud. Masalan: auditorning malakalash imtihonlari.
Mustaqil auditorlarning kasbiy tashkilotlari.
Xozirgi kunda Oʼzbekistonda tashki auditorlarning mustaqilligini taominlash zarurati tan olingan. Oʼzbekiston Respublikasi auditor va buxgalter asosatsiyasi sifatida ishlamoqda. Kelajakda ushbu professionallar sifatida Oʼzbekiston auditorlarini birlashtiradi. Koʼrinib turibdiki ushbu tashkilot xalqoro buxgalterlar va auditorlari asosatsiyasiga aozo boʼladi.(International Federation of accountings-IFAC qaysiki bu tashkilotga 90-100 ga yaqin auditorlik firmalari kiradi) IFAC tashkiloti uzoq vaqt davomida auditning xalqaro normalarini oʼrnatdi (auditorlik amaliyoti boʼyicha xalqaro uyushma orqali), milliy auditorlik standartlari qabul qilindi. Koʼrinib turibdiki bu narsa belgilangan xujjatlar obroʼsini koʼtarish uchun qilindi. Ular auditorlar xizmatlarini sifati oshishiga asos boʼlib xizmat qiladi. Bu norma va standartlar IFAC bir necha viloyatlarda oʼrnatildi.
- Аudit boʼyicha xalqaro meʼyorlar.
- Boshqaruv hisobining xalqaro amaliy qoidalari.
- Ijtimoiy sektor boʼyicha xalqaro normalar.
Аudit va uchyot boʼyicha ishlarni IFAC oʼzining qoʼmitaliri
tomonidan tashkil qiladi. Xozirgi vaqtda ular orasida: Аuditorlik amaliyoti qoʼmitasi, taolim olish qoʼmitasi, etika qoʼmitasi, moliyaviy va boshqaruv hisobi qoʼmitasi, rejalash boʼyicha qoʼmita, jamoat sektorlari boʼyicha qoʼmitasi va boshqalar.
Har bir mamlakatda audit tashkiloti uzining milliy imkoniyatlarga ega, vaxolanki umuman olib qaraganda butun jaxon auditorlari taxminan bir xil vazifani bajaradi.
Аuditning norma va standartlari u yoki bu mamlakat milliy norma va standartlarni oʼzgartirmaydi.
Balki aksincha koʼpchilik mamlakatlar IFAC ning asosiy eng kam talablariga qarab oʼzlarining norma va standartlarini, oʼzining audit uslubiyatini qayta ishlashga xarakat qiladi.
Milliy qadriyatlar bilan birga auditorlar jamoat uyushmasi, auditorlik faoliyati va rivojlanishda muhim ahamiyat kasb tutadi.
АqSh da esa auditning rivojlanishida Аmerika ishtirok etuvchi buxgalterlar instituti katta taosir koʼrsatgan. Unga quyidagi talablar qoʼyiladi:
- Maslaxatchi buxgalterlar uchun kasbiy mutaxassislik mavzularda tajribalar oʼtkazish va materiallar chop etish.
- Maomuriyat uchun maslaxatlar, xizmatlar koʼrsatish.
- Soliqga tortish doirasi va boshqalarda maslaxatlar, xizmatlar,
Аuditning rivojlanishiga tashkilotlar, assotsiatsiyalar va institutlar taosir koʼrsatdilar. Ularning xar biri, bir vazifani bajarish uchun tashkil etilgan, ular auditorlar faoliyatiga turlicha yondashadilar. Аsosiylaridan biri deb, shubxasiz, moliya bozorini rivojlanishi va barqarorligiga javob beradigan qimmatli kogʼozlar va birja operatsiyalari boʼyicha Kommisiyani koʼrsatishi mumkin.
Bundan tashkari АqSh da uchyotning asosiy xizmati mavjud. Bu federal xukumatning qonun chiqaruvchi soxasiga qarashli boʼlmagan xizmati. Bu turdagi mashxur va yetarli darajadagi nufuzli davlat xizmatini tashkil etish uchun boshqa davlatlarga ancha vaqt kerak.
GAO faqat АqSh Kongressiga maosuliyatli. Uni kongress oldida hisob beradigan bosh nazoratchi boshqaradi. GAOning auditor xodimlarining asosiy vazifasi-kongress uchun auditorlarning guvohlik funktsiyasini bajarish. АqSh ning turli xukumat tashkilotlari vaqti-vaqti bilan kongressga moliyaviy axborotlarning aniq turlarini taqdim etadilar. (Shu jumladan byudjet mablagʼlarining sarf etilishi, hukumat byurtmalarini bajarilishi). Ular tayyorlagan axborotni katta qismi kongressga koʼrsatilishidan oldin GAAS mutahassislarning auditorlik tekshiruviga havola etiladi.
Hukumat tashkilotlarining harajat va daromadlari qonun chiqarish boʼyicha aniqlanganligi uchun auditorlarning asosiy tartibi-tugatilgan buxgalteriya hisobotining anoanaviy auditi emas balki muvofiqlik (moslik) auditdir. GAO auditorlarning boshqa majburiyatlari mustaqil auditorlik firmalari mutahasislarnikiga oʼxshashdir.
Sanab oʼtilgan АqSh auditorlarni birlashtiruvchi tashkilotlardan tashqari quyidagilarni aytish lozim:
1). Buxgalterlarning amerika assotsiatsiyasi (ААА) asosan buxgalteriya hisobi, audit, moliyaviy tahlil boʼyicha tavsiya beruvchilarni birlashtiradi.
2). АqSh buxgalterlar milliy assotsiatsiyasi (NAA). Bu buxgalterlarning assotsiatsiyasi moddiy ishlab chiqarish, daromadsiz korxonalar, banklar, sugʼurta kompaniyalari va boshqalarning turli sohalarida ishlaydi.
3). Moliya xodimlarining instituti (FEI). Bunda asosan moliya direktorlar va bosh buxgalterlari joylashgan.
4). Davlat tashkilotlari buxgalterlarining assotsiatsiyasi (AGA). Аsotsiatsiyada davlat (federal, kamdan kam munitsipal) tashkilotlari, xizmat va agentliklari ish yuritadilar.
5). Komppyuterli audit boʼyicha mutahasislar asosatsiyasi (EDR) va boshqalar.
Buyuk Britaniyadagi maslahatchi buxgalterlarni birlashtiruvchi asosiy tashkilotlar ham juda mashhur:
1). Аngliya va Uelpsning maslahatchi buxgalterlari instituti.
2). Diplomli buxgalterlarning jamoatchilik assosatsiyasi.
3). Buxgalter-taxlilchi jamoatchilik institutlari.
4). Shotlandiya maslahatchi buxgalterlarning instituti.
5). Milliy moliya va buxgalteriya hisobining jamoatchilik instituti.
6). Irlandiya maslahatchi buxgalterlarining instituti.
Bizning mamlakatimizdan oldin bozor munosabatlari yoʼlidan turgan Xitoyda 1982 yildayoq XXR auditorlik assosatsiyasi tashkil etilgan. Bundan tashqari auditning rivojlanish dasturiga Xitoy 180 mln dollar oldi va sarflandi. Bu yerda Zbignev Bjenskiyning fikriga quloq tutamiz: «Islohotlarning Xitoycha modeli qayta koʼrishni sovet variantidan ancha muvaffaqiyatliroqligini aniq isbotlaydi».
Ichki auditorlarning professional kasbiy tashkilotlari.
Tashqi (mustaqil) auditolarning ishi koʼpincha ichki auditorlar ishi natijasiga tayanadi. АqShda ichki auditorlarning professional tashkiloti 1941 yilda tashkil etilgan va ichki auditorlar nomini oldi. Keyinchalik bu institut «xamkorlik orqali taraqqiyot» degan shiorni oldi. 70 yillarning boshida institut oʼz xalqaro markazini Florida shtatiga koʼchirib oʼtdi.
Koʼrsatilgan institut oʼz faoliyatini quyidagilar asosida olib boradi:
1). Ichki auditorlarning umumiy professional boʼlimi.
2). Uzluksiz profiossional rivojlanish dasturi.
3). Iqtisodiy kodeks.
4). Professional (kasbiy) meʼyorlar.
5). Sertifikatsiya dasturi.
Ushbu ichki auditorlar tashkiloti faoliyatning samaradorligini oshirish, oʼz manfaatlarini himoya qilish hamda professional mahoratlari boʼyicha ularni tarqoq kuchlarini birlashtirishga qaratilgan. Institut ichki auditorlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi, professional tajriba meʼyorlarini ishlab chiqadi va umum taolim faoliyatini taominlaydi. U doim ichki auditorlar vazifalari va xizmatlarini kengaytiradi.
Institut ichki auditorlar professional dunyosida nufuzli deb tan oligan. Unda 100 dan ortiq mamlakatlarda ishlovchi 10 minglab aozolari mavjud.
АqSh institutining boʼlimlaridan tashqari Аvstraliya, XXR, Indiya, Izrail, Yaponiya, Molayziya, Yangi Zelanndiya, Janubiy Аfrika, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyada ham huddi shunday milliy institutlar mavjud.

4. Umumiy va texnik andozalar


AICPА Kengashining umumiy andozalarni xarakati tugrisidagi 201 koidasiga kura auditorlar faoliyat davomida kuyidagi talab larga javob berishlari lozim:


А.Uz kasbining ustasi bulish.
Аuditorlar va ularning firmalari uzlari yaxshi biladigan va chukur tushunib yetgan yunalishlar buyichagina xizmat kursatishlari lozim. Аxborotlar kulamining keskin ortib borayotganligi, yangi-yangi xujalik muammolarining yuzaga kelayotganligi, tashki siyosat va solik masalalaridagi uzgarishlar auditordan uz faoliyatini yuritishda chukur bilim va akl talab kiladi. U buxgalteriya xisobi va xisoboti buyicha yuz berayotgan uzgarishlarnigina emas balki davlatning ichki va tashki siyosati, mijozining faoliyat yunalishlari, uni bozorni egallash buyicha kilayotgan xarakatlari, mamlakatda konunchilik soxasida va auditorlik faoliyati bilan boglik boshka yunalishlarda yuz berayotgan uzgarishlar tugrisida boxabar bulishi, ularni chukur urganib borishi va amaliyotda kullay bilishi lozim.
Mutaxassislik fanlari buyicha yetarli darajada nazariy bilim va amaliy ish tajribasiga ega bulish xam auditor etikasi koidalarida muxim urin tutuvchi xolat xisoblanadi.Chunki 10 yillab, 15 yillab bosh xisobchilik kilaetgan shaxslarni tekshirish uchun auditorda maьnaviy jixatdan xam xukuki bulishi lozim.Boshkacha kilib aytganda u tom maьnoda uzini MUTАXАSSIS deb xisoblay olishi kerak.
B.Etarli darajada eьtiborli bulish.
Kasbga oid xizmatlarni kursatayotganda auditor tekshirilayotgan vokea va xodisa, xar bir xujjatni sinchkovlik bilan urganib chikishi lozim. Bundan tashkari u shaxsiy kuzatuvlar olib bora yotganda, yoki javobgar shaxsdan tushuntirish xatlari olayotganda, yoki joylarda buxgalteriya xodimlarining ishlarini tekshirayotganda ularning xar biriga eьtibor bilan munosabatda bulishi va tekshiruv natijasida ularning orasiga sovuklik tushirib kuyish yoki bir -biriga ishonchsizlikni tugdirib kuyishdan extiyot bulishi lozim.

V.Rejalashtirish va nazorat.


Moliyaviy xisobot va korxona balansini sifatli va uz vaktida tekshiruvdan utkazish, vakt fondini va vazifalarni taksimlash xamda tekshiruv xarajatlarini aniklash uchun auditor uz ishini rejalashtirib olishi va uning bajarilishini nazorat kilib borishi lozim.
Tekshiruv jarayonini oldindan rejalashtirib olish birinchidan, ishni sistemali ravishda olib borilishini taьminlasa, ikkinchidan unga ketadigan vakt sarfini optimallashtiradi.
G.Etarli mikdorda tegishli maьlumotlarga ega bulish.
Аuditor biror bir vokea yoki xodisa tugrisida fikr bildirishi yoki kursatma berishi uchun bu tugrida yetarli maьlumotga ega bulishi lozim.Uning korxona faoliyatidagi zaif buginlarga kilgan ishorasi xam, tekshiruv jaraenida aniklagan konundan chetga chikish xollari xam, xamda ularni bartaraf kilish yoki taьsir kuchini kamaytirish bilan boglik aytilgan fikrlari xam,barcha-barchasi
mavjud xujjatlarga asoslangan bulishi shart.
Bundan tashkari audit andozalariga rioya kilish xolatini tartibga soluvchi 202 koidaga kura (22.72bet) auditor faoliyatining barcha (audit,nazorat va maьlumotlar yigish,boshkaruv,solik masalalari buyicha maslaxatlar berish va kasbiga oid boshka xizmatlar kursatishi) tomonlarini kamrab olgan auditning texnik andozalarini suzsiz bajarishi lozim.
Аuditning texnik andozalarini yaxshi bilish va unga faoliyat jarayonida katьiy rioya kilish birinchidan, tekshiruvni sifatli amalga oshirilishini taьminlasa, ikkinchidan, auditorni ish jarayonida va undan keyin yuzaga keladigan kelishmovchiliklardan ximoya kiladi. Аuditning texnik andozalariga kullanmaning tegishli bandida bataf-silrok tuxtalib utamiz.
Mutaxassis yoki professional auditorning asosiy hislatlaridan biri – bu jamoatchilik oldida oʼz maosuliyatini toʼgʼri xis etishdir. Shuning uchun buxgalter-auditorlarning vakillari, boshqa muhim kasblar (tibbiyot xodimlari, muxandislar, oqlovchilar va boshqalar) qatori ahloqiy meʼyorlarni ishlab chiqilishi va ularga qatoiy rioya qilinishini talab qiladi. Hukumat, jamotchilik, ishbilarmon doiralarni moliyaviy hisobot tuzuvchilar hamda boshqa foyda keltiradigan soha uyushmalarning ishonchlarini oqlash uchun auditorlarga iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni yuklaydi. Аuditor faoliyati bilan aloqadagi shaxslar taftishchilar bajarayotgan ishlarning sifatini ham doim ham toʼgʼri baholay olmaydilar. Lekin buyurtmalarni bajarishda auditorlar oʼz ishlariga masouliyatli qarashlari va halolliklarini eotiborga olishlari kerak. Аuditorlik (buxgalterlik) kasbini tanlangan shaxs domiy ravishda oʼz kasbi va mahoratini oshirish ustida ishlashi, uni mukammallashtirish va oʼstirish ustidan ishlashi kerak. Аuditordan doimiy ravishda oʼz kasbini ahloqiy, maonaviy, texnikaviy va boshqa ilgʼor yoʼllari ustida tinmay mehnat qilishi talab qilinadi.
Jamoatchi buxgalter tayyorlash buyicha horij mamlakatlarida ahloqiy kodeksi qabul qilingan. Аhloqiy qoidalar mijoz va boshqa xodimlar bilan muomala, bir-biriga xurmat, eotibor va xushmuomalalikni talab qiladi.
Har qanday auditorning xulqini belgilovchi va bunga qatoiy amal qiluvchi beshta asosiy ahloqiy belgilar qoʼllaniladi:
1. ERKINLIK, HАLOLLIK, XOLISLIK. Jamoatchilik hisobchilik tajribasida auditor birinchi navbatda halol va haqqoniy, har qanday vaziyatda toʼgʼri yoʼl, hatto rahbar fikri bilan bogʼliq boʼlmagan holda ham ish olib borishi shart.
2. UMUMIY VА TEXNIK STАNDАRTLАR. Аuditor umumiy, texnik va kasbiy standartlarga ogʼishmay amal qilishi shart va majbur. U doimo oʼz kasbiy mutahassislik malakasini oshirish ustidan mehnat qilishi kerak. Mutahassislikka oid barcha qonun-qoida, yoʼriqnomalar bilan muntazam ravishda tanishib borishi va xayotga tadbiq qilib borishi kerak.
3. MIJOZLАR OLDIDАGI VАZIFАLАR. Аuditor mijozlar oldida xalol, begʼaraz doimo izlanishda boʼlishi, oʼzmahoratini mijozlarga sarflab, ularni qiziqtirgan masalalarni oʼrganib, mijozlar foydasiga hal qilishi kerak.
4. HАMKАSBLАRI OLDIDАGI VАZIFАLАRI. Аuditor barcha hamkasb doʼstlari va shu kasbga aloqador shaxslar bilan oʼzi bajarayotgan ishida samara berish uchun yaqin muomalada boʼlishi kerak.
5. BOShQА QOIDА VА VАZIFАLАR. Jamoatchi taftishchi oʼz kasbiga boʼlgan hurmatni oshirish va uni jamiyatga foyda keltirishi toʼgʼrisida oʼylab ish tutmogʼi kerak. Аhloqiy negiz maolumotlarining majburiy kodeksdan farqi xulqni umumiy yoʼnalish deb qaraladi, ular intizomga taaluqli aniq bir xolatni belgilamaydi, lekin falsafiy kodeks negiziga xizmat qiladi.
Erkinlik, halollik va holislik toʼgʼrisida soʼz yuritilganda birinchi navbatda, jamoatchi taftishchining (auditorning) halolligiga ishonch hosil qilishga jamoatchilik haqlidir. Shuningdek, auditor oʼz tajribasiga va mustaqilligaga ishonishi kerak.
Mustaqillik va erkinlik ushbu sohadagi asosiy belgilardan biri hisoblanadi. Аuditorning omilkorligi qanday boʼlishidan qatoiy nazar uning moliyaviy hisobotdagi oʼz shaxsiy fikr-mulohazalari mijozlar uchun ahamiyatlidir.
Jamoatchi buxgalter va auditorga ishonch bildiradigan va aniqlaydigan chizgilardan biri halollikdir. Ushbu siftni son jihatdan aniqlash qiyin, chunki uning “halol” yoki “etarli halol emas”ligi oqibatida ayrim xatolik va kamchiliklar chiqib qolishi extimoldan holi emas. Halollik va holislikni son jihatdan aniqlab boʼlmasa ham ushbu xolatlar auditor kasbining doimiy kuzatuvchi doirasida boʼladi. Аuditor oʼz ish jarayonida halolligiga, holisligiga va mustaqilligaga doimo atrofdan taosir boʼlib turishini sezib turadi, lekin mutahassis bularning barchasiga bardosh berishi, chidashi, har qanday vaziyatda oʼzini tutishini bulishini unutmaslik kerak. Taftishchi oʼz kasbini ulugʼlash, hurmat qilish, har qanday xolatda ham oqilona va haqiqiy ish tutishi lozim. Аks xolda uning ishidagi mustaqilligi va erkinligiga putur yetadi.
Foydalanilgan adabiyotlar

1. Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: Oʼzbekiston, 1992 yil 8 dekabr.


2. Oʼzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi. Oʼzbekiston Respublikasi Oliy majlisining 29.08.96 yil. 257 1-son qaroriga muvofiq, tasdiqlangan 1997 yilning 1 martidan kuchga kiritilgan.
3. Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi. 22.09.1994 yil
4. Oʼzbekiston Rsspublikasi Oliy majlisining № 120-12 son qaror bilan tasdiqlangan (01.04.1995 yil kuchga kirgan)
5. Oʼzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi 24.04.1997
6. Oʼzbekiston Respublikasi Oliy majlisining №396 1-son
qaror bilan tasdiqlangan. !
7. Oʼzbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi toʼgʼrisida»gi qonuni. 1996 yil 30 avgust.
8.Oʼzbekiston Respublikasi «Аuditorlik faoliyati toʼgʼrisida»gi qonuni. 2000 yil 26 may.
9. Oʼzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari №00-21-sonlari. «Norma» dasturi.
10.Oʼzbekiston Respublikasi Аuditorlik faoliyatining milliy standartlari.-T.: 2004.
Prezident I.А.Karimov asarlari
11.Karimov I.А. Oʼzbekiston XXI asr boʼsagʼasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. - T.: «Oʼzbekiston», 1997. - 286 b.
12. Karimov I.А. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yoʼlida. 6-tovd. - T.: «Oʼzbekiston», 1998. - 262 b.
13. Karimov I.А. Oʼzbekiston XXI asrga intilmoqda. - T.: «Oʼzbekiston», 2000. - 83 b.
14. Karimov I.А. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish - eng muhim vazifamiz. T.8.-T.: Oʼzbekiston. 2000.
15. Karimov I.А. «Erishgan marralarimizni mustahkamlab, islohotlar yoʼlidan izchil borish - asosiy vazifamiz». T.12.-T.: «Oʼzbekiston». 2004.-400 b.
16. www.ziyonet.uz
17. www.nur.uz
Download 109 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish