Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. Transportsiz, jumladan, avtomobil transportisiz xalq xo‘jaligini tasavvur etib bo‘lmaydi



Download 1,52 Mb.
bet93/121
Sana01.02.2022
Hajmi1,52 Mb.
#423463
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   121
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

ASOSIDAGI QOPLAMLAR

  1. 1. Lok-bo‘yoq materiallari haqida umumiy ma’lumotlar

Lok-bo‘yoq qoplamalar metallarni korroziyalanishdan saqlab-gina qolmasdan, yog‘ochni chirish va namiqishdan asraydi, ular­ ning tashqi ko‘rinishini ko‘rkamlashtiradi. Avtomobillar, qishloq xo‘jaligi mashinalari va turli texnologik uskunalarning 85 foizdan ortiq qismi lok va bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi. Bundan tashqari, bo‘yalgan buyumlar elektr izolatsiyalash va issiqdan saqlash xos-salariga ega bo‘ladi.


Lok-bo‘yoq materiallari detallarning yuzalarini yupqa qatlam bilan qoplash uchun xizmat qiladi. Bu qatlam lok-bo‘yoq qatlami deb yuritiladi. Lok-bo‘yoq qatlami ham boshqa turdagi metallmas va metall qoplamalar kabi buyum hamda konstruksiyalarni tashqi


266

muhit ta’siridan asrash va ularga ko‘rkam ko‘rinish berish uchun xizmat qiladi. Avtomobilsozlikda ulardan metallarni korroziyadan, yog‘ochni chirishdan asrash hamda ularning tashqi ko‘rinishini ko‘rkam qilish maqsadida foydalaniladi.

Hosil qilingan qatlamlar ularga qo‘yilgan talablarga javob be­ rishi va uzoq muddat ishlashi uchun quyidagi talablarga javob be­ rishi:


– bo‘yaladigan sirt bilan mustahkam bog‘lanishi, ya’ni yuqori adgeziya xususiyatiga ega bo‘lishi lozim;


– yetarli darajada yuqori mustahkamlik, qattiqlik va zarur elas-tiklikka ega bo‘lishi kerak. Elastikligi yetishmagan hollarda me­ xanik yoki harorat ta’sirida vujudga keladigan deformatsiyalanish natijasida qoplamda yoriq va darzlar vujudga keladi;


imkoniyat darajasida nam, suyuqlik va gaz bug‘lari, quyosh nurini kam o‘tkazishi va ular ta’sirida o‘z xususiyatlarini yo‘qot-masligi zarur. Qoplamning suv va uning bug‘i, havo va quyosh nuri ta’siriga chidamliligi atmosfera ta’siriga chidamliligi deyiladi;


– qoplamga shikast yetkazilganida avtokorxona sharoitida oson tiklanishi lozim;


– ommaviy tarzda foydalanish mumkinligi va arzon bo‘lishi lozim.


Hozirgi paytda mavjud bo‘lgan lok-bo‘yoq materiallari yuqorida sanab o‘tilgan talablarning barchasiga to‘la javob bermaydi. Shu va boshqa sabablarga ko‘ra ko‘pchilik hollarda qoplam ko‘p qatlamli qilib tayyorlanadi. Qoplamni hosil qilgan har bir qatlam bir yoki bir nechta talabga javob berishi darkor.



  1. 2. Lok-bo‘yoq qoplami hosil qilish

Bo‘yashdan oldin sirtlar chang, iflosliklar, zang, payvandlashda hosil bo‘lgan flus qoldiqlari, neft mahsulotlari, yog‘li dog‘lar, eski qoplam qoldiqlaridan tozalanadi.


267
Bu maqsadlar uchun ko‘p sondagi mexanik, kimyoviy, elek-trokimyoviy, termik, ultratovushli va boshqa usullardan foydala-niladi. Avtotransport korxonasida qo‘llash mumkin bo‘lgan de-tallarni bo‘yashga tayyorlashning oddiy operatsiyalari jumlasiga quyidagilar kiradi: erituvchilar yordamida sirtni yog‘sizlantirish: zanglagan yuzalarni metall cho‘tka va jilvir qog‘oz yordamida ketkazish. Lok-bo‘yoq qoplami hosil qilishga tayyorlangan sirtga qoplamning birinchi qatlami – grunt beriladi (11. 1- rasm).





  1. 1- rasm. Lok-bo‘yoq qoplamining tuzilishi.

Gruntovkalar lok yoki emallarning yaxshi ilashishi uchun xiz­ mat qiladi, ular bo‘yaladigan sirt (metall, yog‘och) bilan lok-bo‘yoq qoplamalar o‘rtasida bog‘lovchi qatlam vazifasini o‘tay-di. Gruntovkalar lok-bo‘yoq qoplamida muhim vazifani bajaradi, ya’ni pardaning qarshiligi yuqoriligi hisobiga metallni korroziyala-nishdan saqlaydi. Gruntovka – grunt tashkil topgan material, odat-da, kist, bo‘yoq sepuvchi moslama yoki botirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Sirtni bo‘yashga tayyorlash va gruntovkalash o‘rtasidagi vaqt juda qisqa bo‘lishi maqsadga muvofiq, chunki bu vaqtda sirt-ga chang o‘tirishi, yoki sirt zanglashi mumkin. Grunt quritilgani-da unchalik katta bo‘lmagan qalinlikka (15–20 mkm) ega bo‘la-di. Gruntovka qilingan sirtdagi sidirilgan chiziqlar, hosil bo‘lgan pachoqlar to‘la saqlanadi. Detallarni tayyorlashda ular sirtida chiziqlar va turli notekisliklar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim, mavjudlari esa mexanik ishlov berish yo‘li bilan bartaraf etiladi. Unda ham iloji bo‘lmasa, mahalliy va umumiy shpaklovkadan foy-


268

dalaniladi. Mahalliy shpaklovka yuzadagi yirik notekisliklarni bar-taraf etish uchun beriladi. Umumiy shpaklovka bo‘yaladigan bu-tun sirtni silliqlash maqsadida beriladi. Mahalliy shpaklovkalashda tarkibida 75–80 foiz to‘ldiruvchi (bo‘r, oxra va boshqalar) bo‘lgan quyuq pasta (shpaklovka)dan foydalaniladi. Quriganida elastikligi yetarli bo‘lmasligi, darzlar va yoriqlar paydo bo‘lishini e’tiborga olib, bir marta surtishdagi qalinligi 0,5 mm dan ortmasligi lozim. Shpaklovkaning har bir qatlami (ularning soni ikkitadan ortmaydi) yaxshilab quritiladi va dag‘al abraziv jilvir qogozlar (N 80–120) yordamida jilvirlanadi va chang hamda abraziv kukunlardan tozala-nadi.

Zarur bo‘lganida, bo‘yaladigan umumiy sirtni tekislashda sirt-ga 50–100 mkm qalinlikda umumiy shpaklovka beriladi va quri­ tilganidan so‘ng kichik donali N 150–220 jilvir qog‘oz bilan jilvir-lanadi. Umumiy shpaklovka bo‘yoq sepuvchi moslama yordamida beriladi.


Ishlov berilgan shpaklovka, u bo‘lmaganida esa, gruntovkalan-gan sirtga bir necha qatlam bo‘yoq beriladi. Bo‘yoq qatlami soni qatlamning tashqi ko‘rinishi, ekspluatatsiya sharoiti va boshqa sha-roitlarga asoslanib tanlab olinadi.


Bo‘yoq yuzaga grunt kabi cho‘tka, purkagich, shu jumladan, elektrostatik maydon, botirish, quyish va boshqa usullar bilan be­ riladi. Bo‘yoqning har bir qatlami alohida quritiladi, tashqi qatlam qo‘shimcha ravishda jilvirlanadi, jilolanadi, loklanadi.


Yengil avtomobillarning kuzovlari qoplami grunt, mahalliy va umumiy shpaklovkalar va 3 tadan 7 tagacha qatlam bo‘yoqdan iborat bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha ular 1- klass talablari-ga mos kelishi lozim (1054–82), ya’ni sirti silliq, bir xil rangda bo‘lishi va boshqa nuqsonlar bo‘lmasligi lozim. Yuk avtomobil­ larining kuzovlarini bo‘yashda gruntovka, mahalliy shpaklovka va 2–3 qatlam bo‘yoq beriladi. Qatlam 2- klass talablariga mos kelishi kerak (tekis, silliq yuzalarda mayda dog‘lar, chiziqlar va boshqalar bo‘lishiga ruxsat etiladi).


269
Avtomobillar ramasi, neft mahsulotlari taralari, o‘tkazgich qu-vurlar va boshqalar 3- va 4- klass talablari asosida bo‘yaladi. 3- va 4-klass qoplami 1–2 qatlam bo‘yoqdan (ba’zi hollarda gruntsiz) iborat bo‘ladi va metallni korroziyadan, yog‘ochni chirishdan hi-moyalaydi. Bunda notekisliklar, ko‘zga tashlanadigan nuqsonlar (qoplamning himoya xususiyatiga ta’sir etmaydigan) bo‘lishiga ruxsat etiladi.


Lok-bo‘yoq materiallarining asosiy komponentlari lok, grunt, shpaklovka, bo‘yoq va plyonka hosil qiluvchilardan iborat.


Suyuq (paxta, kungaboqar va boshqa moylar) va qattiq (alifning turli navlari) plyonka hosil qiluvchilar hisoblanadi.


Plyonka hosil qiluvchining tegishli erituvchidagi eritmasi lok deyiladi.


Plyonka hosil qiluvchi turiga ko‘ra ikki:


Alif + pigment moyli bo‘yoq; Lok + pigment emalli bo‘yoq


ko‘rinishida bo‘ladi.


Pigment sifatida metall oksidlari kukunlaridan (temir, qo‘rg‘o­ shin, rux, titan va boshqalar), yaxshilab maydalangan tabiiy noor-ganik moddalar (bo‘r, oxra) va aluminiy kukunidan nisbatan ko‘p foydalaniladi. Pigmentning asosiy vazifasi bo‘yoqqa rang berish-dan iborat.


Lok-bo‘yoq materiallari tarkibiga plyonka hosil qiluvchi, eri­ tuvchi va pigmentlardan tashqari qovushoqligini kamaytirish uchun qo‘shimcha, qoplam elastikligini oshirish uchun plastifikatorlar, bo‘yoqning tezroq qurishini ta’minlash uchun sikkativ (kataliza-tor) lar qo‘shiladi.




  1. Download 1,52 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish