Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. Transportsiz, jumladan, avtomobil transportisiz xalq xo‘jaligini tasavvur etib bo‘lmaydi


Qattiq va aralash parda hosil qiluvchilar aralashmasi asosi-dagi bo‘yoqlar



Download 1,52 Mb.
bet96/121
Sana01.02.2022
Hajmi1,52 Mb.
#423463
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   121
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

Qattiq va aralash parda hosil qiluvchilar aralashmasi asosi-dagi bo‘yoqlar. Qattiq parda hosil qiluvchilar asosidagi lok-bo‘yoq materiallaridan keng foydalaniladi. Bunday materiallar jumlasiga loklar, gruntovkalar, shpaklovkalar va emalli bo‘yoqlar kiradi. Bu materiallarning assortimenti juda ham xilma-xildir. Shuning uchun quyida avtomobillarni bo‘yashda ishlatiladigan gruntovkalar, shpa-klovkalar va emalli bo‘yoqlarning asosiy turlarigagina to‘xtalamiz.


Nitroemallar. Nitroemallarning asosiy parda hosil qiluvchisi nitrosellulozadir (selluloza va azot kislotasining murakkab efiri). Ular erituvchilarda eritilib nitroselluloza loki yoki, qisqacha, nit­ rolok olinadi. Erituvchi sifatida ketonlar, efirlar, spirtlar, benzol va ular hosilalarining aralashmalaridan foydalaniladi. Bunday ko‘p komponentli erituvchilar sifatida 646, 647, 648 raqamli erituvchi-lari ishlatiladi.

Nitrolok va pigment aralashmasi nitroemalli bo‘yoq deb yuriti-ladi. Nitroemallar asosida hosil qilingan qoplamalar bir qator afzal-liklarga ega, jumladan, xona haroratida ham tez quriydi; jilolan-ganidan so‘ng neft mahsulotlari ta’siriga uzoq vaqt chidaydi.


Shu bilan birga, nitroemallar qator kamchiliklarga ham ega, jumladan, qoplamalarning mexanik mustahkamligi yetarli darajada emas (shuning uchun ularni jilvirlash va jilolashga ancha vaqt sarf­ lanadi); nitroemal asosidagi qoplamalar 75°C gacha bo‘lgan haro-rat ta’siriga chidamli bo‘lib, 140°C gacha qizdirilganida yemirilib, o‘z-o‘zidan yonib ketishi mumkin; nitroemallar metallga yomon ilashadi, shuning uchun ular yaxshilab gruntovkalangan sirtlarga surtiladi.


274

Emal tarkibida parda hosil qiluvchi qattiq modda kam bo‘lgani-dan, pardaning qalinligi 0,01 mm dan oshmaydi, shu sababli emal-lar 4–6 qatlam qilib surtiladi.

Nitroemallarning yuqorida keltirilgan kamchiliklarini bartaraf etish uchun ularning tarkibiga asosiy parda hosil qiluvchidan tash-qari qo‘shimcha parda hosil qiluvchilar (modifikatorlar) qo‘shila-di. Bu usul asosida hozirgi zamonaviy nitroemallarning barchasi, jumladan, avtomobillarni bo‘yashda ishlatiladigan НЦ–11 turidagi nitroemallar ishlab chiqarilmoqda.


Nitroemallar juda keng tarqalgan bo‘yoqlar jumlasiga kiradi. Yengil avtomobillarning kuzovi, qanotlari va yuk avtomobillari kabinalarini bo‘yashda nitroemallardan foydalanilar edi. Keyingi yillarda. esa bu maqsadlarda sintetik (jumladan, alkidli smolalar) parda hosil qiluvchilar asosidagi bo‘yoqlardan foydalanilmoqda.





Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish