S. A. Ganiyeva mavzu: O’simlik qoplamini muhofaza qilish. Qo’riqxonalar



Download 232,18 Kb.
bet1/5
Sana18.07.2022
Hajmi232,18 Kb.
#820954
  1   2   3   4   5
Bog'liq
riqxonalar.ppt


S.A.GANIYEVA
MAVZU: O’SIMLIK QOPLAMINI MUHOFAZA QILISH. QO’RIQXONALAR

Reja:

  1. O’zbekiston o’simliklar qoplami.

  2. O’simliklar dunyosini muhofaza qilish yo’llari.

  3. O’zbekiston qo’riqxonalari va ularni maqsad-vazifalari.

Ishning maqsadi: Yer yuzi va O’zbekiston o’simliklar qoplami va ularni muhofaza qilish usullarini o’rganish.
Kerakli material va jihozlar: Turli o’simlik formatsiyalarini aks ettiruvchi jadvallar, “O’zbekiston qo’riqxonalari” kitobi, Tabiatni muhofaza qilish kartasi.
Nazariy material: O’simliklarning, xususan o’rmonlar maydonining qisqarishi va holatini yomonlashuvi kishilik jamiyatining rivojlanishi bilan bog’liqdir. Ibtidoiy jamiyatda kishilar oziq uchun zarur bo’lgan narsalarning bir qismini o’simliklardan olib, uning qisman bo’lsada, o’zgarishiga sababchi bo’lgan. Yer sharining aholi zich yashaydigan joylarida o’rmonlarning 2/3 qismi yo’q qilindi. Natijada 500 mln. ga yerdagi o’rmonlar maydoni qisqarib, dasht-biyobonga aylantirildi.
O’rmonlarni rejasiz, tartibsiz kesilishi o’z navbatida tabiatdagi muvozanatni buzilishiga sabab bo’ldi va insonning xo’jalik faoliyati uchun qo’yidagi salbiy oqibatlarning vujudga kelish jarayonini tezlashtirdi: tuproq eroziyasi tezlashdi, daryo va ko’llarning rejimi o’zgarib, suvi kamaya boshladi, suv toshqinlari, sel tez-tez bo’ladigan sodir bo’ladigan, mikroiqlimga ta’sir etdi, cho’llarda ko’chma qumlar maydoni kengaydi va hakazo.
Tog’li rayonlarda suvning toshishiga, selga qarshi kurashda o’rmonlarning ahamiyati juda katta. Chunki o’rmonlar to yon bag’riga yoqqan yog’inning 90%ini ushlab qolsa, aksincha o’rmon yonbag’irlarida yog’inning 90%i oqimga aylanib selni vujudga keltiradi. Shu sababli Yer sharidagi qaysi tog’li joylarda o’rmonlar betartib kesilgan bo’lsa, o’sha erlarda tez-tez xavfli suv toshqinlari va sel bo’lib turadi.
O’rmonlar sayyoramiz havosini tozalab turishda juda katta ahamiyatga ega. Chunki 1 ga o’rmon 18 mln. m3 havoni tozalab turadi. Binobarin, o’rmonli yerlardaga havo shahar havosidan 200 marta tozadir. Chunki 1 ga yerdagi archa o’rmonlari katta bir shahar havosini tozalab tura oladi. Bulardan tashqari o’rmonlar tabiatni yanada go’zal, shifobaxsh qiladi va u kishiga madaniy-estetik zavq beradi.
O’zbekiston tog’laridagi asosiy o’rmonlar Ugom, Piskom, Chotqol, Hisor, Turkiston, Zarafshon kabi tog’ tizmalarida joylashgan.
Kishilar o’zlarining faoliyatida o’simliklardan haddan tashqari ko’p va betartib foydalanishlari oqibatida sayyoramizning o’simlik qoplamida jiddiy, salbiy o’zgarishlar sodir bo’lmoqda, juda ko’p o’simlik turlari kamayib, noyob turga aylanib bormoqda. Shu sababli hozirgi kunda Yer sharining yashil boyliklarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish, qayta boyitib borish muhim masalaga aylanib qoldi.
O’zbekiston Respublikasida alohida muhofaza qilinadigan hududlarning umumiy maydoni 1355,6 ming ga. Ularga qo’riqxonalar, tabiat va milliy bog’lar, tabiat buyurtmalari, tabiat yodgorliklari kiradi. Xorijiy mamlakatlarda uning boshqa ko’rinishlari ham mavjud.
Davlat qriqxonalari hukumat qaroriga asosan tashkil etiladi. Qo’riqxona hududidagi barcha maydonlar xo’jalik faoliyatidan chiqariladi va davlat tomonidan moliyalashtiriladi.
Qo’riqxona – yer sharining ma’lum qismi tabiat komponentlarini tabiiy holicha saqlab qolish uchun ajratilgan joydir. Qo’riqxonalar tashkil etish yo’li bilan ma’lum tabiat uchastkalari va u yerdagi hamma tabiat komponentlari (ajoyib relef shakllari, to jinslarining yer yuzasiga chiqib, ochilib qolgan joylari, minerallar, ajoyib g’or, buloq, geyzer va ko’llar, o’simliklar va hayvonot dunyosi) tabiiy holda saqlab qolinadi. Demak, biror geografik o’lka yoki geografik mintaqa uchun xarakterli bo’lgan joylar yoki tabiat komponentlari ilmiy jihatdan, iqtisodiy hamda madaniy tomondan qimmatli bo’lgan, tabiiy holati yaxshi saqlangan joylar qo’riqxonalar uchun ajratiladi. Bu joylarning tabiati xalq boyligi sifatida abadiy saqlanadi. Natijada, kelajak avlod qo’riqxonalar orqali cho’l va dasht yoki tayga o’rmonlari va to ladshaftlari tabiiy holda qanday bo’lganligi haqida to’liq ma’lumotga ega bo’ladi.
Respublikada 9 ta qo’riqxona mavjud, ularning umumiy maydoni – 209607,3 ga.

1. Baday-to’qaydavlat qoriqxonasi


1971 yilning oktyabr oyida daryo bo’yi tabiiy to’qayzorlarni va ularni biologik xilmaxiiligini saqlab qolish maqsadida «Baday-To’qay» qo’riqxonasi tashkil qiiingan boiib, u o’zbekiston Respublikasida oltinchi, Qoraqalpogiston Respublikasining birinchi qo’riqxonasi hisoblanadi.
2006 yiida qo’riqxona tashkil etilganligining 35 yilligini nishonladi. Hozirgi paytda qo’riqxona intizomiga to’liq rioya etilishi natijasida u yerda mavjud bo’Igan hayvonot va o’simlik olami sezilarli ravishda boyigan va saqlab qofingan. Qo’riqxona hududida 160 turdan ortiq; yuksak o’simlik turlari mavjud boiib, ulaming qatoriga eriantus, turangil, sharq tog' teragi, Velgen toli kabi noyob turlari kiradi.
O’simliklardan Buzel lolasi va So'g'd lolasi o’zbekiston Respublikasi «Qizii Kitobi»dan joy olgan. Qo’riqxona hududida 94 xildagi qushiar, 12 xil • sut emizuvchilar, 16 xiidagi baliqlar, 11 xil sudralib yuruvchilar va 2 xildagi amfibiyalar borligi qayd qilingan,
Hayvonlardan Buxoro bug'usi Xalqaro «Qizil Kitob» ga kiritilgan va ularning umumiy soni 262 boshni tashkil etadi. Buxoro bug'usi o’zbekiston Respublikasining «Qizil Kitob»idan ham joy olgan.
Qo’riqxona hududida mavjud bo’lgan qushlarning 5 turi va baliqiarning 5 turi ham
Xalqaro «Qizil Kitob»dan va o’zbekiston RespubSikasining «Qizil Kitobi»dan o’rin olgan.
Qo’riqxonaning doimiy parrandasi bo’lgan Xiva qirg'ovulining soni 500 dan oshiqdir.
Qo’riqxona nafaqat o’zining betakror go’zal tabiati, baiki tarixiy yodgorliklari bilan hatn qimmatlidir. Qo’riqxona hududida eramizning IX-Xi asrlarida barpo etilgan «Jampiq-Qal'a» mudofaa inshootlarining qoldiqiari mavjud. Paxsalardan qurilgan devorning qalinligi 5,6-5,8 metrni, balandligi 9 metrni tashkil etib, u uzoq davom etadigan qamaliarga ham bardosh berganligidan dalolat beradi. Qo’riqxonaning shimoliy-g'arbiy chegarasida joylashgan «Xaktau» qo'rg'onida yerli aholi uchun muqaddas hisoblagan «Zambi-bobo» avliyoiar yashab o’tgan obida joylashgan.
Baday-to’qay davlat qo’riqxonasining manzili 743604, Qoraqalpog'iston Respublikasi,
Beruniy tumani, Kura!pa pochta bo’limi, 81 km. Qo'rg'onchasi.
2. Zarafshon davlat qo’riqxonasi
O’zbekistonda saqlab qolingan to’qayli maydonlarda barpo qilingan uchta qo’riqxonaning biri - Zarafshon qo’riqxonasidir. U 1975 yilda tashkil etilgan bo’lib, uning maydoni Samarqand viloyatining Cho’pon-Ota tepaliklaridan boshlanib, Zarafshon daryosining o’ng qirg'ogi bo’ylab oqimga qarshi 47 kiiometrga cho’zilgan. Eni esa 300-1500 metrlar oralig'ida. Qo’riqxonaning yer maydoni 2352 ga bo’lib, shundan 851 gektari o’rmon bilan qopiangan. Qo’riqxonaning tashkil etilishidan maqsad, yo’qolib borayotgan kenja tur - Zarafshon tillarang qirg'ovuli sonini ko’paytirish, qimmatbaho dorivor o’simlik hisoblangan chakandani hamda to’qay landshaftlarini himoyaga olishdan iborat.
Qo’riqxona hududida 300 ga yaqin o’simlik turlari mavjud bo’lib, shulardan 59 turi dorivor, 23 turi esa texnik o’simliklar hisoblanadi. Bular qirg'ajiyda, chakanda, echkitol, majnuntol, suvtol, yulg'un, qizil do’lana, jing'il va boshqalar. Nam yerlarda shirinmiya, qo'g'a, kendir qamishi va boshqalar uchraydi. Boychechak va sarvinjon o’simliklari o’zbekiston Respubiikasi "Qizil Kitob" iga kiritiigan.
Qo’riqxonaning hayvonot olami xilma-xildir. Qalin chakalakzorfarda tuiki, chiyabo’ri, sahro va qamish mushuklari, tolay-quyoni, jayra, bo’rsiq, tipratikan, yulg!un qumsichqoni, ko’rsichqon va boshqalar yashaydi.
Sudralib yuruvchilardan suv iloni, guidor chipor ilon, o’q ilon, cho’l toshbaqasi, sariq ilon va ko’pgina kaltakesak turlari mavjud.
Qo’riqxonada 160 turdan ziyod kushiarni uchratish mumkin. Zarafshon qirg'ovu!idan tashqari doimiy yashovchi qushlardan oq qanotii qizilishton, musicha, hakka, buxoro chittagi, mayna va dala chumchuqlari uchraydi. Tilia kurkanak, suv qaldirg'ochi va to’qay bulbullari faqat bahor va yoz fasllarida uchib kelib, oq va ko’kqo’tonlar, qarchig(aylar, qarg'aiar esa qo’riqxona xududida qishlaydilar.
Buxoro bug'usi xalqqa "XON GUL!" nomi bilan ma'lum. Yirik, baquvvat to’qay o’rmonlarining ko’rki bo’igan hayvonni bundan 100 yillar ilgari o’zbekistonning ko’pgina hududlarda uchratish mumkin edi. Asrimizning 60-yillari o’rtalarida Buxoro bug'usi faqat qo’riqxonalar va hayvonot bogiarida saqlanib qolindi. So’nggi maiumotlarga ko’ra bu kamyob hayvonning dunyo bo’yicha soni 500 boshni tashkil etadi. Ushbu kenja tur yuqolish arafasida. U xalqaro, jumladan o’zbekiston "Qizil Kitob"iga kiritiigan. Xalqaro dastur bo’yicha ishni amalga oshirish uchun Zarafshon daviat qo’riqxonasida Buxoro bug'ularini saqlash va ko’paytirish uchun 7 gektarli parvarishxona qurildi. Hozir qo’riqxonada 27 bosh bug'u bo’lib, 2005 yilning avgust oyida ulardan 5 bo’shi Zarafshon daryosi sohilining to’qay qismiga qo’yib yuborildi.
Buxoro bug'usi o’zbekistonning milliy faxri. Agar "Xon guli" yo’qoIib ketsa, to’qayli o’rmonzorlarimiz yana ham kambag'allashib qoladi. Ammo boshlangan tajriba muvaffaqiyatli yakunlanib, yaqin kelajakda ko’hna va qadimiy Samarqand shahri atrofidagi to’qaylarda bug'ularning ko’payishi kutiimoqda.
Zarafshon davlat qo’riqxonasining manzili 704506, Samarqand viloyati, Jomboy tunnani,
Xoshdala qishlog'i
3. Zomin davlat qo’riqxonasi
1928 yili o’zbekistonda birinchi marotaba archalar va u yerdagi noyob hayvonot dunyosining tabiiy holda saqlanishini ta!minlash maqsadida Zomin tog' archazorlari davlat qo’riqxonasi tashkil etildi. Uning umumiy yer maydoni 26840 gektarni tashkil etadi, shundan
22137,3 gektari o’rmon bilan qoplangan, Qo’riqxona yerlari tarkibiga tog' tizmalari kiradi, ular dengiz sathidan 1760 metrdan 3500 metr balandlikka ega bo’lgan uch zonani o!z ichiga oladi.
Qo’riqxona hududini qoraarcha, o’rikarcha va saurarcha ko’rinishdagi uch turdagi archalar qoplagan. Togiarning yuqori yon bag'irlarida saurarcha turiga mansub boigan archalar, o’rikarchalari bilan tabiiy hoida, tog'ning quyi qismida zarafshon archasi saurarcha ko’rinishdagi archalar bilan araiash o’sadi. Archazor chekkalari Turkiston doianasi, Fedchenko na'matagi, Korolkov uchqati, qoraqat va irgЈay butalari bilan qoplangan.
Zomin qo’riqxonasidagi 700 turdagi o’simliklardan 20 turi o’zbekiston Respubfikasi "Qizil Kitob"iga kiritilgan, 48 turi g'arbiy Turkiston tog' tizmasining endemikiari hisoblanadi. goralash daryosi yoqasida 1926 yilda yashil gulli shirach topilganligi qayd etilgan.
Dorivor o’simliklarning 20 dan ortiq turiari qo’riqxonada rnavjud, ular: parpi, oqsavrinjon, qumioq bo’znochi, valeriana, yalpiz, bo’znoch va boshqalar. Manzarali o’simliklarning 15 turlari malum.
Qo’riqxonada 216 turdagi qo’ziqorinlar borligi aniqlanib, ularning 173 turi va 16 xili o’zbekiston uchun avvaldan aniqlangan hisoblanadi, 90 turi Markaziy Osiyo, 53 turi Osiyo va 12 turi sobiq SSSR uchun yangi va 2 ta turi fan uchun yangilik, 12 ta turi endemik hisoblanadi.
Qo’riqxonaning hayvonot dunyosi xilma-xil boiib, u sharqiy Buxoro zoogeografik hududiga moyil. Yalang toshioqiarda Turkiston agamasi, qumloq va tuproq yerlarda chipor ilon, sariq ilon, choi kaltakesagi va boshqalar uchraydi.
Archazorlar ayniqsa qushlarga boy. Bu yerda dehqon chumchuqlar, qorabuloq qorayaloq, archa boltatumshugi, Turkiston ukkisi, kul rang pung qushi, kaklik va Turkiston maynasi uchrab turishi oddiy holat. Daralardagi sharsharalarda binafsha qorayalogi va oddiy vahima qushiar, toshloq joylarda esa suvchumchuqlar oilasi va jibiajibonlar oilasi yashaydi. Baiand tog' qoyalarida yirik yirtqich qushlar - qumoy, tasqara va boltayutarlar in qo’yib hayot kechiradilar. Chortangi darasinsng odam chiqolmaydigan qoyaiari orasiga har yili uchib keladigan bir juft qora laylak in q yadi.

Download 232,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish