Asfaltsizlantirish – gudrondan smolali asfalt birikmalarini va aromatik polisiklik uglevodorodlarni erituvchilar (suyultirilgan
propan) yordamida ajratib olish va cho‘ktirishdir. Shundan so‘ng moy distillati selektiv tozalashdan o‘tkaziladi. Bunda kerakmas moddalar ekstrakt holatiga, qoldiq moy esa rafinat holatiga o‘tadi. Asfaltsizlantirish jarayoni 2,5–4 MPa bosim va 60–85°C haroratda bajariladi.
Parafinsizlantirish – moy distillatlaridan past haroratlarda kristallanuvchi va moyning past haroratdagi xususiyatlarini yomon-lashtiruvchi parafinli uglevodorodlarni ajratib olishdir. Erituvchi si-fatida aseton, dixloretan, suyuq propan kabi organik birikmalardan foydalaniladi. Moy erituvchi bilan barcha kerakli haroratgacha so-vitiladi va filtrlanadi. Parafinlar filtrda qoladi, erituvchi esa moydan haydaladi.
Moylarni tozalash usullarining xilma-xilligiga qaramay, olin-gan moy har doim ham qo‘yilgan talablarga to‘la javob beradi deb bo‘lmaydi. Moy sifatining talab darajasida bo‘lishini ta’minlash maqsadida ularning tarkibiga moyning bir yoki bir nechta xususi-yatlarini yaxshilovchi qo‘shilmalar qo‘shiladi.
1. 2. Moyning vazifasi va turlari
Do'stlaringiz bilan baham: |