Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. Transportsiz, jumladan, avtomobil transportisiz xalq xo‘jaligini tasavvur etib bo‘lmaydi



Download 1,52 Mb.
bet2/121
Sana01.02.2022
Hajmi1,52 Mb.
#423463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

V BOB. AVTOMOBIL MOYLARI

    1. 1. Motor moylari


  1. 1. 1. Moylarning olinishi va tarkibi

Har qanday mashinada o‘zaro ishqalanadigan juftlarni moylash uchun turli moylash materiallaridan foydalaniladi. Ular texnika­ ning ishonchli ishlashini ta’minlovchi muhim omillardan biri hi­ soblanadi.


Turli maqsadlarda ishlatish uchun ishlab chiqariladigan moylash materiallarining asosiy qismi neftni qayta ishlash mahsulotlari aso-sida tayyorlanadi. Jumladan, avtomobillarda ishlatiladigan moylar va bir qator maxsus suyuqliklarning asosiy komponenti mazutdan ajratib olinadigan suyuq mineral moylardir.


XIX asrning 70- yillarigacha moylash materiali sifatida hayvon yog‘lari va o‘simlik moylaridan foydalanilgan. Moylash materiali sifatida neft mahsulotlaridan foydalanish D. I. Mendeleyev tomoni-dan taklif etilgan. Uning g‘oyasi asosida V. I. Ragozin tomonidan 1876- yilda Novgorod shahri atrofida mazutni haydash hamda sul-fat kislota va ishqorlar yordamida tozalash usuli bilan moy ishlab chiqariladigan dastlabki zavod qurildi.


Mazut neftdan benzin, ligroin, kerosin va dizel yonilg‘isi frak-siyasi ajratib olingan neft qoldig‘idir, ya’ni yengil fraksiyalardan xoli bo‘lgan neftdir. Shuning uchun mazutdan olinadigan moylar tarkibi, asosan, dvigatel yonilg‘ilari kabi uglevodorodlardan ibo


rat. Biroq moy tarkibidagi uglevodorodlarning molekular massasi benzin va dizel yonilg‘isi tarkibidagi uglevodorodlarning moleku-lar massasiga nisbatan katta (moy molekulasidagi uglerod atomlari soni 20 tadan 50 tagacha).

Mazut to‘q jigarrang suyuqlik bo‘lib, zichligi 0,89–1,00 g/sm3, yonish issiqligi 38000 kJ/kg.


Mazutdan olinadigan surkov moylari tarkibida uglevodorodlar-dan tashqari, naften kislotalar, uglerodli birikmalar va smola-asfalt­ li moddalar bo‘ladi.


Moylar ishlab chiqarish uslubiga ko‘ra distillat va qoldiq moy-larga bo‘linadi. Distillat moylar mazutni bosim ostida haydash yo‘li bilan olinadi. Vakuumli kolonnada mazut qovushoqligi har xil bo‘lgan (qaynash harorati 350–500°C oralig‘ida) moy distillatlari­ ga ajratiladi (5. 1- rasm). Vakuumda haydash mazutni parchalani­ shidan saqlab, qizdirish haroratini pasaytirib moy fraksiyalarini ajratishni osonlashtiradi.


Yo‘l va bino qurilishi,


elektrotexnik va lok-
bo‘yoq materiallari ishlab
chiqarish uchun bitumlar



  1. 1- rasm. Mazutni vakuumda haydash usulida moy distillatlari olish tartibi

ut to‘la haydalgach, ya’ni nisbatan qovushoq moy fraksi-yalari haydab olinganidan keyin, gudron deb ataladigan qora smo-lasimon massa qoladi. Gudron neft bitumlari olishda, yo‘l qurilishi materiali hamda qozonxona yonilg‘isi sifatida va yuqori qovushoq-likka ega bo‘lgan moy sifatida ishlatiladi.

Moy distillatlari tayyor mahsulot hisoblanmaydi, chunki ular tarkibida, uglevodorodlardan tashqari, smolali asfalt, oltingugurtli birikmalar, organik kislotalar va boshqa moddalar bo‘ladi. Zararli aralashmalargina emas, balki ba’zi uglevodorodlar (to‘yinmagan, polisiklik) ham moylash materallari sifatini yomonlashtiradi. Oltin-gugurtli birikmalar va kislotalar detallarning korroziyalanishini os-hiradi, smolali asfalt moddalar issiq detallarda qurum va lok paydo bo‘lishini ko‘paytiradi, to‘yinmagan birikmalar moyning kimyoviy barqarorligini yomonlashtiradi. Erigan qattiq parafinlar qotish haroratini oshiradi, polisiklik uglevodorodlar qovushoqlik xossa­ larini yomonlashtiradi.


Yuqori sifatli moylar olish uchun tozalash jarayonida bu aralash-malarni chiqarib yuborish kerak.


Moylarni tozalashning ko‘p usullari mavjud. Neft mahsulot-larini tozalashda dastlab sulfat kislota yordamida tozalash usuli­ dan foydalanilgan. Bu usulda tozalash iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lmaganligi, shuningdek, sulfat kislota turli aralashma va ke­ rakmas uglevodorodlar bilan jadal reaksiyaga kirishishi tufayli bu usuldan hozirgi paytda foydalanilmayapti.


Neft mahsulotlarini tozalashda oqartiruvchi tuproq (adsorbent-lar) bilan tozalash usuli keng tarqalgan. Bu usul adsorbentlarning g‘ovak sirtlarida qutbli aktiv birikmalarni tutib qolish xususiyatiga asoslangan. Oqartiruvchi tuproq, odatda, juda katta solishtirma sirt-ga ega bo‘ladi va moydagi smolali asfalt, oltingugurtli birikmalar, organik kislotalar va boshqa moddalarning yutilishini ta’minlay-di. Buning uchun kukun holatidagi tuproq distillat bilan yaxshilab aralashtiriladi va ma’lum muddat tindirilganidan so‘ng filtrdan o‘tkaziladi. Filtrlash natijasida moy tarkibidagi smolali – asfalt


miqdori kamayadi va buning natijasida rangi tiniqlashadi. Oqar-tiruvchi tuproqning asosiy xususiyati moy tarkibidagi keraksiz qo‘shilmalarni o‘zida yutilishini ta’minlaganligi tufayli bu usulda tozalangan moyga ishqorlar eritmasi yordamida qo‘shimcha ishlov berish zarurati yo‘qligidir.


Sulfat kislota yordamida, kontaktli va kislotali tozalash usul-larida moylarni tozalashda moy smolali asfalt moddalardan, oltin-gugurtli birikmalardan va kislotalardan qisman tozalanadi. Lekin moy tarkibidagi uglevodorodlar asl holida qoladi. Moy distillatla-rini uglevodorodlardan tozalash moy sifatini oshiradi, jumladan, moy distillatlarini polisiklik uglevodorodlardan tozalash yuqori kimyoviy turg‘unlikka ega bo‘lgan moylar olishga imkon yarata-di. Bu vazifa selektiv tozalash usuli yordamida amalga oshiriladi. Moylarni selektiv tozalash usuli erituvchilarning kerakmas aralash-malar va uglevodorodlar bilan turlicha reaksiyaga kirishishi xusu-siyatiga asoslangan. Tozalashning ikki xili mavjud: 1) aralashma eriydi, moyning uglevodorodli tarkibi esa o‘zgarmasdan qoladi;





  1. moyning asosiy qismi ajralib chiqadi, uning sifatini yomon-lashtiruvchi aralashmalar esa qoladi. Olingan qatlamlar ajratilgach, erituvchi haydaladi va qaytadan ishlatiladi. Birinchi usulda erituv-chi aralashmalardan haydaladi, ikkinchi usulda esa uglevodorodlar-dan moylar haydaladi. Selektiv erituvchilar sifatida suyuq propan, fenol, nitrobenzol, furfural kabi organik birikmalardan foydala-niladi. Selektiv erituvchilar distillatlar bilan aralashtirilganida dis-tillat tarkibidagi smolali asfalt moddalar erishi bilan birga, yuqori molekular siklik uglevodorodlar ham eriydi. Natijada ekstrakt deb ataluvchi aralashma hosil bo‘ladi va tindirilganida arlashma­ ning quyi qismiga qoramtir qatlam bo‘lib cho‘kadi, bu qatlamning­ yuqorisida ochiq rangdagi rafinat deb atalauvchi qatlam joyla-shadi. Rafinatni kontaktli (oqartiruvchi tuproq bilan) tozalash usuli yordamida tozalanganda nisbatan sifatli moy olinadi.




Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish