Avtomobil indd


Texnik moylarni topshirish, to‘plash, ular uchun



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

Texnik moylarni topshirish, to‘plash, ular uchun
hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish sxemasi. 
Ishlatilgan neft mahsulotlari texnik xizmat ko‘rsatish 
punktlari va stansiyalari, neft omborxonalarida, moy tarqatish 
punktlarida va ta’mirlash ustaxonalarida, shaxsiy, korxona 
va tashkilot transport vositalaridan va texnikaning boshqa 
turlaridan qabul qilib olinadi va yig‘iladi. Bunda ishlatiladigan 
mahsulot idishlariga ko‘zi 1 sm
2
dan oshmagan to‘r o‘rnatilgan 
voronkalar orqali quyiladi. Ishlatilgan neft mahsulotlarining 
sifati neft bazasi va neft omborlari laboratoriyalarida 
aniqlanadi. Bundan tashqari, tezkorlik bilan tekshirish uchun 
ËÀÎÍ ko‘chma laboratoriyasidan ham foydalaniladi, uning 
tarkibidagi uskuna va asboblar bir zumda neft mahsulotlari ning 


230
231
namunasini olish va asosiy fizikaviy-kimyoviy ko‘rsatkichlari 
(mexanik aralashmalar va suv miqdori, alangalanish harorati)
ni 0,5–1,3 soatda aniqlash imkonini beradi. 
Moylarning tarkibida ekspluatatsiya sharoitida murakkab 
jara yonlar natijasida (oksidlanish, termik parchalanish, mexanik 
if loslanish, suv bilan aralashish, suyulish) turli tarkibga ega 
bo‘lgan qo‘shilmalar uning xususiyatlarini pasaytiradi, bu esa, 
o‘z navbatida, moyning sifat ko‘rsatkichlarini har xil usullar 
qo‘llab tiklashni talab etadi. 
Moylarni tozalash va sifat ko‘rsatkichlarini tiklashda ular 
tarkibidagi eskirish mahsulotlarini fizikaviy va kimyoviy usullar 
bilan chiqaruvchi texnologik operatsiyalar qo‘llaniladi. 
Fizikaviy usullarga ishlatilgan moylarni kuchlar maydonida 
gravitatsion, markazdan qochma, elektrik, magnit va tebranma 
kuchlardan foydalanilanish hamda filtrlash usullari kiradi. 
Moylarni gravitatsion usulda tozalash-cho‘ktirishda muallaq 
suzayotgan qattiq zarrachalar va suv mikrotomchilari og‘irlik 
kuchi ta’sirida tindiriladi. Eng oddiysi statik tindirish jarayoni 
bo‘lib, bu davriy harakatlanuvchi tindirgichlarda amalga 
oshiriladi. Lekin bu usulni qo‘llash ko‘p vaqt talab etadi, 
yaxshi tozalash darajasiga erishish uchun esa moyni qizdirib 
uning qovushoqligini pasaytirish kerak bo‘ladi. 
Uzluksiz va yarim uzluksiz dinamik tindirgichlarni qo‘llash 
va ularni tindirish jarayonlarini tezlashtirish moslamalari 
bilan jihoz lash tozalash samarasini oshiradi, lekin qurilma 
murakkablashib uni ishlatish qiyinlashadi. Agar moy tarkibida 
yuvuvchi qo‘shilmalar yoki zarrachalarning agregatlanishiga 
va suv mikrotomchilarining koagulatsiyalanishiga to‘sqinlik 
qiladigan moddalar mavjud bo‘lsa, cho‘kish jarayoni 
sekinlashadi va ishlatilgan moyni iflosliklardan tozalash darajasi 
pasayadi. 
Tozalash jarayonini markazdan qochma kuchlar maydonidan 
foydalanib tezlashtirish mumkin. Bunday kuch maydonlarini 
ikki usulda hosil qilish mumkin: qo‘zg‘almas apparat moy 
oqimining aylanma harakati – gidrosiklon va moy oqimini 
aylanuvchi apparatga berish – sentrifugaga berish. Moy 
oqimining gidrosiklondagi harakat shakliga qarab, siklonlar 
to‘g‘ri va teskari oquvchilarga bo‘linadi. Teskari oquvchi 
gidrosiklonlar ko‘proq ishlatiladi, ular ko‘proq gidravlik 
qarshilikka ega. Tozalanish darajasini oshirish uchun moy 
oqimining gidrosiklonga kirishdagi tezligi oshiriladi yoki bir 
necha gidrosiklonlar ketma-ket o‘rnatiladi. 
Sentrifugalarda markazdan qochma kuch apparatning 
qo‘zg‘a luvchan qismi – rotorni aktiv elektrik, gidravlik va 
mexanik hara katga keltirishi yoki tozalanayotgan moy oqimi 
energiyasidan foydalanuvchi reaktiv kuch yordamida harakatga 
keltirishi mumkin. Siklonlarda yuqori tozalanish darajasiga 
erishish mumkin. Ularda yuqori gidravlik qarshilik ko‘rsatish 
natijasida doimiy o‘tkazish qobiliyati ta’minlanadi, lekin 
ularning konstruksiyasi nisbatan murakkab va ishlatish ancha 
qiyin. 
Moylarni qattiq zarrachalardan tozalash uchun bir xil yoki 
har xil elektromaydonli elektr tozalagichlar ishlatiladi. Bir jinsli 
maydon ishlatilganida, moy har xil zaryadlangan elektrodlar 
oralig‘idan o‘tkaziladi va elektrodlarda zarrachalar ushlanib 
qoladi. Bunda zaryadlarning qayta zaryadlanish hollari sodir 
bo‘lishi, keyin esa moy oqimi bilan qisman oqib ketish 
hollari bo‘ladi. Ko‘p jinsli elektrik maydondan foydalanishda 
zarrachalar oldindan ionlashtiriladi, keyin qarama-qarshi 
zaryadlangan elektrodlarga ko‘chadi. 
Moydagi suvni doimiy yoki o‘zgaruvchan elektr maydonida 
biqutb koalessensiya yoki dielektroforez hodisasidan foydalanib 
ajratish mumkin. Birinchi holda suv tomchilaridan dipol 
momentlari hosil bo‘lib, ularni bir-biriga tortib birlashtiradi. 
O‘zaro torti shish kuchi maydon kuchlanishining oshishiga 
qarab ma’lum kritik qiymatgacha oshib borib, keyin tomchilar 
parchalanadi. Dielektroforezda suvning tomchilari ko‘p 
jinsli elektr maydoni ta’sirida elektrodlarning biriga qarab 
harakatlanadi, zaryadlanadi, keyin qarama-qarshi zaryadlangan 
elektrodga tortiladi, tomchilarning elektrodlar orasida bir 
necha marta qo‘zg‘alishida ular bir-biri bilan to‘qnashadi, 
qo‘shilishadi va tindirgichda cho‘kadi. 


232
233
Ishlatilgan moy tarkibida ko‘p miqdordi ferromagnitli iflosla-
nishlar bo‘ladi, ular qism va tarmoqlarning yeyilishi natijasida 
va tashqaridan tushadi. Moyni aralashmalardan tozalash 
uchun magnit maydonlaridan foydalanishga asoslangan magnit 
tozalagichlar ishlatiladi. Bu tozalagichlarda moylar ferromagnit, 
diamagnit va paramagnit zarrachalaridan tozalanishi mumkin. 
Ishlatilgan moylarni tozalashda, shuningdek, gidrodinamik 
va mexanik usullar bilan kuzatiladigan yumshoq tebranishlar 
maydoni ham qo‘llanilishi mumkin. Bunda qattiq zar ra-
chalarning koa gulatsiyasi hosil bo‘lib, ularni cho‘ktirish yoki 
g‘ovak to‘siqlar orqali tozalash usuli bilan osongina ajratib 
olish mumkin. Moylarni tozalashda tozalash mayinligi dag‘al 
tozalash (70–100 mkm), o‘r tacha (20–60 mkm), mayin (1–
20 mkm) va ultrafiltrlardan (0,1 mkm dan kam) tozalovchi 
material sifatida foydalaniladi. 
Moylardan organik iflosliklarni chiqarib tashlash uchun 
ultrafiltrlash va teskari osmos hodisasi yoki membran ja-
rayonlari qo‘llaniladi. Membran jarayonlar yarimo‘tkazgich 
to‘ siqlar yordamida bir xil moddalarning molekulalarini 
o‘tkazib, qolganlarini ushlab qolish xususiyatiga asoslangan. 
To‘siqlar sifatida polimer plyonkalar, g‘ovak shisha, zar qog‘oz 
va ion almashtiruvchi moddalar ishlatiladi. Fizikaviy tozalash 
usullaridan tashqari fizik-kimyoviy usullari ham qo‘llanadi. 
Ishlatilgan moylarni adsorbsion usulda tozalashda quyidagi 
sorbentlar ishlatiladi: tabiiy sorbentlar – oqlovchi loy, oksidlar, 
tabiiy seolitlar; sun’iy sorbentlar – seligakel, aluminiy oksidi, 
alumosilikatli birikmalar, sintetik seolitlar. Ishlatilgan moylarni 
tozalash uchun katta g‘ovakli seligakel KSK donachalari 
(diametri 3–7 mm li) va aluminiyning aktiv oksidi (diametri 
3–6 mm, 10–25 mm uzunlikdagi sterjenlar shaklida hamda 
dona shaklida) ishlatiladi. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish