Transmission moylar
5. 2. 1.
Transmission moylar va ularning xaususiyatlari
Avtomobil agregatlaridagi tishli uzatmalarni (uzatmalar
qutisi, bosh uzatma, tarqatish qutisi, differensiallar, rul
boshqarmasidagi silindrik, konussimon, chervyakli, gipoidli
va boshqa uzatmalarni) moylash uchun ishlatiladigan moylar
transmission moylar
deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi –
tishli g‘ildiraklar ish sirtlarining yeyilishini va transmissiya
agregatlarida ishqalanishga bo‘ladigan isroflarni kamaytirishdir.
Bundan tashqari, bu moylar ishqalanib ishlaydigan detallardan
chiqadigan issiqlikni olib ketishi, korroziyadan saqlashi,
avtomobillardan foydalanish jarayonida esa ularning uzoq
muddat ishga yaroqliligini saqlashi lozim. Shuningdek,
transmission moylar zarbiy yuklanishlar ta’sirini, tishli
g‘ildiraklardan chiqadigan shovqinni va ularning titrashini
pasaytirishi, salniklar turli birikmalardagi tirqishlarni zichlashi
lozim. Transmission moylar, asosan, neftni qayta ishlashda hosil
bo‘ladigan qoldiq mahsulotlar (gudronlar va chala gudronlar)
dan olinadi. Transmission moylarning zichligi 900–935 g/sm
3
bo‘lgan juda qovushoq qora rangli suyuqlikdir.
Transmission moylarning ish sharoiti motor moylarining
ish sharoitidan keskin farq qiladi. Transmissiyalarning tishli
uzatmalari katta solishtirma yuklanishlar ta’sirida ishlaydi.
Chervyakli va konussimon uzatmalarda tishli g‘ildiraklarning
ish sirtlariga tusha digan yuklanishlar 1500–2000 MPa, gipoidli
uzatmalarda esa hatto 3000–4000 MPa gacha yetadi. Bunday
katta yuklanishlar ta’sirida transmissiya agregatlari harorati
125–140°C ga yetadi. Tishli uzatmalar bir-biriga tegadigan
joylarda esa qisqa vaqtli mahalliy qizish natijasida bu harorat
250°C va bundan ham yuqori bo‘lishi mumkin. Haroratning
o‘zgarishiga sirtlarning sirpanish tezligi sezilarli darajada ta’sir
etadi. Sirpanish tezligi silindrik va konussimon uzat malar
uchun 1,5–3 m/s; gipoidli uzatmalar uchun esa 15 m/ s va
undan yuqori bo‘ladi.
Transmission moylarga quyidagi ekspluatatsion talablar
qo‘yi ladi:
– yeyilishga va tirnalishga qarshi xossalari yuqori bo‘lishi
(moylash xususiyati yuqori bo‘lib, tishli ilashmalarda
mustahkam parda hosil qilishi);
– qovushoqlik-harorat xossalari va qotish harorati yetarli
darajada bo‘lishi (manfiy haroratlarda agregatlarning ish
rejimiga tez o‘tishini va ishqalanuvchi juftlarning ishonchli
moylanishini ta’minlashi;
– harorat ta’sirida va vaqt o‘tishi bilan xossalarini kam
o‘zgar tirishi;
– tarkibidagi abraziv mexanik aralashmalar va suv,
shuningdek, korroziyalovchi aktiv birikmalar bo‘lmasligi
(detallarning mexanik va kimyoviy yeyilishini kamaytirishi);
– rezina zichlamalarni yemirmasligi va ko‘pirishga turg‘un
bo‘lishi.
17479. 2–85- sonli Davlat standartiga binoan, transmission
moylar qovushoqligi va ekspluatatsion xususiyatlari bo‘yicha
sinf va guruhlarga ajratiladi.
Transmission moylar to‘rtta qovushoqlik sinfiga bo‘linadi:
9- qovushoqlik sinfi uchun 100°C dagi kinematik
qovushoqligi 70–10,9 mm
2
/s; 12- qovushoqlik sinfi uchun
11,0–13,9 mm
2
/s; 18- qovushoqlik sinfi uchun 14,0–24,9
mm
2
/s; 31- qovushoqlik sinfi uchun 25,0–41,0 mm
2
/s.
SAE bo‘yicha transmission moylarning quyidagi qovushoqlik
klasslari mavjud: 75W, 80W, 85W – qishki, 90 va 140 – yozgi,
80W–90, 85W–95 va 85W–140 – barcha mavsumlar uchun.
17479.2–85- sonli Davlat standartiga binoan ishlab
chiqarilgan transmission moylarning SAE va API bo‘yicha
klass va guruhlarga muvofiqligi 5.9- jadvalda keltirilgan.
162
163
5.9-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |