9-MAVZU: TURLI YURITMALI TRANSMISSIYALARNING SXEMALARI. BIR VA BIR NECHTA YETAKLOVCHI UKLI TRANSMISSIYALARNING SXEMALARI. Reja:
1.Transmissiyaning vazifasi va turlari. 2.G‘ildirak formulasi. 3.Transmissiya agregatlarining vazifasi va ularning avtomobilda joylashishi.
G‘ildiraklarga uzatilgan moment miqdorining g‘ildirak radiusiga nisbati g‘ildirak bilan tayanch yuza orasida hosil bo‘ladigan yetaklovchi kuchga tengdir. Bu kuch avtomobilning harakatiga qarshilik ko‘rsatuvchi kuchlarni yengishga va avtomobilning tezlashtirishga sarf qilinadi.
Asosiy uzatma, differensial va yarim o‘qlar birgalikda yetaklovchi ko‘prikni tashkil etadi.
Orqa g‘ildiraklar yetaklovchi va dvigatel orqada joylashgan avtomobillarning kuch uzatmasi 11.3 rasmda keltirilgan. (ZAZ-968m. Zaporojets.)
11.4-rasm (v)da g‘ildirak formulasi 4x4 bo‘lgan mexanik kuch uzatmasining sxemasi keltirilgan. G‘ildirak formulasi 4x2 bo‘lgan avtomobilning kuch uzatmasiga nisbatan qo‘shimcha taqsimlash qutisi 7 o‘rnatilgan, taqsimlash qutisidan burovchi moment kardan uzatmalari 4 orqali yetaklovchi ko‘priklarga uzatiladi.
Oldingi yetaklovchi ko‘prik asosiy uzatma, differensial va yarim o‘qlardan tashqari uzatmada burovchi momentni yetaklovchi va boshqariluvchi g‘ildiraklar uzatish uchun kardan sharnirlari 6 o‘rnatilgan. Ba’zida yetaklovchi ko‘priklarga burovchi momentni ma’lum bir nisbatda uzatish uchun taqsimlash qutisida o‘qlar aro differensial o‘rnatiladi.
Uch o‘qli avtomobillarning mexanik kuch uzatmalarida oraliq va orqa yetaklovchi ko‘priklarga burovchi moment bir umumiy val orqali (11.4 (g)-rasm) uzatiladi.
Elektrik va gidroxajmli uzatmalari. Elektrik va gidroxajmli kuch uzatmalarining prinsipial sxemalari o‘xshashdir. Elektrik kuch uzatmalarida ichki yonuv dvigateli generator 9 ni harakatga keltiradi 11.4-rasm (ye) generatordan chiqayotgan tok elektrodvigatel 10 ni harakatga keltiradi, o‘z navbatida elektrodvigatel elektromator g‘ildirakni harakatga keltiradi.
Gidroxajmli kuch uzatmasida ichki yonuv dvigatelidan harakatga keltiriladigan nasos 9 gidromator 10 bilan trubalar orqali ulangan va gidromator 10 g‘ildiraklarni harakatga keltiradi.
Gidroxajmli kuch uzatmasida ichki yonuv dvigatelidan harakatga keltiriladigan nasos 9 gidromator 10 bilan trubalar orqali ulangan va gidromator 10 yetakchi g‘ildiraklarni harakatga keltiradi.
Nazorat savollari Avtomobilning kuch uzatmasi agregatlari o‘zaro qanday ketma-ketlikda joylashgan ?
Avtomobilning kuch uzatmasida ro‘y beradigan burama tebranishlarni qanday tadbirlar bilan so‘ndiriladi?
Elektr va gidroxajmli uzatmalarining sxemasi va ishlash prinsipi.