68
69
Ushbu jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga asos lanib,
nostandart benzinlarini ishlatish bo‘yicha xulosa chiqarish
mumkin. Agar chetga chiqish ruxsat etilgan chegarada bo‘lsa,
bunday benzinlarni hech qanday chegaralashlarsiz to‘g‘ridan
to‘g‘ri ishlatish mumkin.
Agar nostandart benzinning ko‘rsatkichlari ruxsat etilgan
che garadan tashqarida bo‘lsa, bunday benzinlarni to‘g‘ridan
to‘g‘ri ishlatishga ruxsat etilmaydi. Bunday benzinlarning
ko‘rsatkichlarini standart qiymatlarga keltirish va shundan
so‘nggina foydalanish tavsiya etiladi.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda, asosan, ikki turdagi –
oktan soni (tadqiqot usulida aniqlangan) 97–98 bo‘lgan
«Premium» («mukofot» yoki «super» ma’nolarini anglatadi)
va oktan soni 90–94 bo‘lgan «Regular» (regular – «doimiy»
ma’nosini anglatadi) benzinlardan foydalaniladi. Yevropa
iqtisodiy hamkorlik mamlakatlarida ishlatiladigan benzinning
78 foizi «Premium» va 22 foizi «Regular» markali benzinlarga
to‘g‘ri keladi Barcha benzinlar etillangan bo‘lib, ularning
tarkibida 0,15–0,4 g/
l
qo‘rg‘oshin bo‘ ladi.
Yaponiyada ishlatiladigan benzinlarning asosiy qismi (97
foizi) oktan soni (tadqiqot usulida aniqlanganda) 91 bo‘lgan
«Regular» markali benzinlardan iborat bo‘lib, «Premium»
benzinining ulushi 2 foiz atrofida, etillangan benzin esa 0,5
foiz atrofidadir.
AQSHda oktan soni 96 bo‘lgan benzinlarning ulushi 15
foizni, oktan soni 93 bo‘lgan benzinlar ulushi 40 foizni, oktan
soni 92 bo‘lgan benzinlar ulushi esa 45 foizni tashkil etadi.
Etillangan benzinlarning ulushi esa 35 foizni tashkil etadi,
ularning tarkibida 0,29 g/
l
qo‘rg‘oshin bo‘ladi. Hozirgi paytda
AQSHda faqat etillanmagan benzindan foydalanish bo‘yicha
qaror qabul qilingan.
Yevropa iqtisodiy hamkorlik mamlakatlarining 1985-yil
20- martdagi ¹ 85/0 EÝC sonli qaroriga binoan, tadqiqot
usuli bilan aniqlangan oktan soni 95 (motor usulida 85) bo‘lgan
«Premium» markali etillanmagan benzindan foydalanishga
o‘tilgan. «Regular» markali benzinlarning oktan soni 91–92
oralig‘ida bo‘ladi. Bu mamlakatlarda ishlatiladigan barcha
benzinlarning 78 foizini «Premium» markali 22 foizini esa
«Regular» markali benzin tashkil etadi.
Xorijda ishlab chiqarilayotgan benzinlarning boshqa xususiyat-
lari mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan benzinlardan deyarli
farq qilmaydi (2.4-jadval).
2.4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: