Avtomobil indd


Divinil  – organik birikma, butadienning ikkinchi nomi.  Dizel yonilg‘isi



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

Divinil 
– organik birikma, butadienning ikkinchi nomi. 
Dizel yonilg‘isi
– neftdan olinadigan yonilg‘i, siqilishdan al-
angalanadigan ichki yonuv dvigatellari (dizellar)da ishlatiladi. 
Dispergirlash
[lotincha dispergo – yoyaman, sochaman] – 
qattiq yoki suyuq jismlarni mayin qilib maydalash. Kukunlar, 
suspenziyalar va emulsiyalar olish usullaridan biri. To‘ldir-
gichlar, bo‘yoqlar, keramik materiallar va qattiq qotishmalarn-
ing komponentlarini tayyorlashda qo‘llaniladi. 


366
367
Dielektrik
[yunoncha dia – orqali + inglizcha electric – 
elektr] – elektr tokini o‘tkazmaydigan modda, izolator. 
Ebonit 
[yunoncha 
ebenos
– qora daraxt], qattiq rezina – 
tabiiy yoki sun’iy kauchukni oltingugurt (kauchuk massasiga 
nisbatan 30–50%) bilan vulkanizatsiyalashdan hosil bo‘lgan 
mahsulot. Unda bog‘langan oltingugurt 32% ga yaqin. Ebonit 
qo‘ng‘ir yoki qora tusli; zichligi 1140 kg/m
3
, mexanik ishlovga 
oson beri ladi, gigroskopik emas, gazlarni singdirmaydi, kislota 
va ishqorlar ta’siriga chidamli, uglerod sulfid va neft mahsu-
lotlarida erimaydi, parafinda 300° dan yuqori haroratda eriydi. 
70–80° da yumshaydi, soviganida yana qattiqlashadi, 200° dan 
yuqori haroratda erimay ko‘mirga aylanadi. 
Ebonit tayyorlash uchun nihoyatda toza kauchuk ishlatiladi. 
To‘ldirgich sifatida ebonit kukuni, talk, pemza, oq qurum va 
boshqalar ishlatiladi. Qora tusli ebonitga oz miqdorda (3–5%) 
qurum qo‘shiladi. Ebonit, asosan, elektrotexnika mahsulotlari, 
kislota va ishqorlar uchun idishlar tayyorlashda qo‘llanadi. 
Elastik
[yunoncha elastikos – qayishqoq, egiluvchan] – sin-
tetik tolalardan maxsus tayyorlangan cho‘ziluvchan, egiluvchan, 
qayishqoq modda, cho‘zib qo‘yib yuborilganida, tez o‘z holatiga 
qaytadigan material, masalan, rezina. 
Emallash
– metall, keramika va shisha buyumlarni korroziya, 
tirnalish hamda yuqori harorat va boshqalardan himoya qilish 
uchun, shuningdek, chiroy be rish uchun ularga emal qoplash-
ning elektrokimyoviy jarayoni. 
Emal
[fransuzcha email – eritmoq] – buyum sirtiga elek-
trokimyoviy usul bilan surtiladigan mustahkam shishasimon 
qoplama. Emal maxsus yengil eriy digan rangli shishalarga turli 
pigment va kimyoviy jarayonlarni rostlaydigan yordamchi ma-
teriallar (marganes, kobalt, nikel, surma oksidlari va boshqalar) 
qo‘shib tayyorlanadi. 
Emal bo‘yoqlar
– pigment (suvda erimaydigan dispers kukun)
larning loklardagi suspenziyalari. Parda hosil qiluvchi mod-
dalarning tipiga ko‘ra emal bo‘yoqlar moyli, efir-sellulozali, 
alkidli va boshqa xillarga bo‘linadi. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish