Avtomobil indd


To‘g‘ridan to‘g‘ri haydash ma’lumotlariga binoan



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

To‘g‘ridan to‘g‘ri haydash ma’lumotlariga binoan
benzinni ekspluatatsion baholash nomogrammasi:
1
– bug‘ tiqinlari hosil bo‘lish zonasi; 
2
dvigatel oson ishga 
tushadigan zona; 3 – dvigatel qiyinchilik bilan ishga tushadigan zona; 
4
– sovuq dvigatelni ishga tushirib bo‘lmaydigan zona; 
5
– dvigatel 
tez qiziydigan zona; 6 – dvigatel sekin qiziydigan zona; 
7
– dvigatel 
karteridagi moyning oz miqdorda kuyishi kuzatiladigan zona; 
8
– 
dvigatel karteridagi moy sezilarli darajada kuyishi kuzatiladigan zona; 
9
– dvigatel karteridagi moy jadallik bilan kuyishi kuzatiladigan zona. 
Nomogramma 10, 50 va 90 foiz benzin haydaladigan 
haroratlardan kelib chiqib uchta zonaga ajratilgan.
Benzinli dvigatellarning oson ishga tushishi benzin tarkibidagi 
yengil fraksiyalarning miqdoriga bog‘liq. Benzin tarkibida past 
haroratlarda qaynaydigan uglevodorodlar miqdori qancha ko‘p 
bo‘lsa, dvigatelni ishga tushirish shuncha oson bo‘ladi. Shuning 
uchun dvigatelning qay darajada ishga tushirilishi benzinni 
haydashda dastlabki 10 foiz benzinning bug‘lanishiga yoki 10 
foiz fraksiyaning haydalish haroratiga bog‘liqdir. Shunga ko‘ra 
ayla nish chastotasi 35–40 ayl/min bo‘lganida tirsakli val bir-ikki 
marta aylanganida ishga tushsa, dvigatel oson ishga tushirilgan 
hisoblanadi. Agar tirsakli valning aylanishlar soni ikkitadan 
ortiq bo‘lsa, dvigatel qiyin ishga tushirilgan hisoblanadi. 
Benzinning ishga tushirish xususiyatini baholash uchun 
nomogrammadan dvigatelni oson va qiyinchilik bilan 
ishga tushirishdagi tashqi havo harorati aniqlanadi. Buning 
uchun gorizontal o‘q bo‘ylab benzinning 10 foiz fraksiyasi 
bug‘lanadigan harorat (ushbu holda 70°C) belgilanadi; shu 
nuqtadan perpendikular o‘tkaziladi (uzuq chiziq); perpendikular 
chiziqning nomogrammadagi grafiklar bilan kesishgan nuqtalari 
belgilanadi va verlikal o‘q bilan birlashtiriladi (gorizontal 
o‘qqa parallel chiziqlar o‘tkaziladi). Kel tirilgan misolda sovuq 
dvigatelni oson ishga tushirish uchun tashqi havo harorati 
minus 5°C, qiyinchilik bilan ishga tushirish harorati esa minus 
15°C ekanligi ko‘rinadi. 
Sovuq dvigatel ishga tushirilganidan so‘ng qizdirilishi lozim. 
Bu bosqich qancha kam davom etsa, avtomobil harakatlanishga 
shuncha tezroq tayyor bo‘ladi, shuning bilan birga, moyning 
kuyi shi va detallarning yeyilishi kam bo‘ladi. Dvigatelning 
qizdirilish tezligi benzin fraksiyalari 50 foizining bug‘lanish 
harorati (
t
50%
) bilan xarakterlanadi. Bu nuqta haydash egri 
chizig‘i bilan dvigatel ning moslanuvchanligini va uni drossel 
to‘la ochilmagan hollarda ham ishonchli ishlashini baholaydi. 
Haqiqatan ham, 
t
50%
juda ham yuqori bo‘lganida, bunda 
benzin sekin bug‘lanadi, siyrak ishchi aralashma hosil bo‘ladi, 
buning natijasida dvigatelni qizdirish uzoq vaqt davom etadi 
va uning moslanuvchanligi sezilarli darajada yomonlashadi. 
Bu kamchiliklarning kelib chiqmasligi uchun dvigatelni 
nomogramma asosida aniqlangan tashqi havo haroratidan past 
haroratlarda ishlatmaslik lozim. Masalan, 
t
90%
= 122°C bo‘lgan 
benzin tashqi havo harorati minus 15°C dan past bo‘lmaganida 
dvigatelning tez qizishi va yaxshi moslashishini ta’minlaydi. 
t
90%
, OH va haydalishdan so‘ng qolgan qoldiq benzin 
tarkibidagi og‘ir, shu bilan birga, qiyin bug‘lanadigan 


44
45
fraksiyalarni xarakterlaydi. 
t
90%
,
 
OH qancha yuqori bo‘lsa, 
yonilg‘ini haydashda shuncha ko‘p qoldiq qoladi, buning 
natijasida yonilg‘i to‘la bug‘lanmaydi va to‘la yonmaydi. 
Yonilg‘ining to‘la yonmasligi natijasida yonilg‘i sarfi ortadi 
(2.5-rasm) va dvigatelning quvvati pasayadi. 
2.5- rasm. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish