Avtomobil indd


Suvni sovituvchi suyuqlik sifatida ishlatish



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

 Suvni sovituvchi suyuqlik sifatida ishlatish
Suyuqlik bilan sovitiladigan tizimlarda suvdan keng 
foydalaniladi, chunki u boshqa suyuqliklarga nisbatan bir qator 
afzalliklarga ega: hamma yerda topiladi, arzon, zaharli emas, 
yong‘in jihatidan xavfsiz, issiqlik sig‘imi katta (4,224 kJ/kg. °C), 
qovushoqligi past (
 
20
= 1 mm
2
/s). Shu bilan bir qatorda, u 
ba’zi kamchiliklarga ham bor. Bulardan eng asosiysi – qaynash 
haroratining pastligi (sovitish tizimidagi bosim 0,11–0,12 MPa 
bo‘lganida 105–108°C)dir. 
Suvning xossalari ko‘p jihatdan uning qayerdan paydo 
bo‘lishiga bog‘liq. Masalan, yog‘in suvlari (yomg‘ir, qor)da 
erigan tuzlar va organik birikmalar deyarli bo‘lmaydi. Oqar 
suvlar keng tarqalgan. Bu suvlarning tarkibida suv havzasi 
joylashgan va u o‘tadigan yerdagi tuproq va jinslarga qarab, 
turli miqdorda erigan tuz hamda organik birikmalar bo‘ladi. 
Daryo, ko‘l, hovuz va buloq suvlari, ya’ni chuchuk suvlarda 
mineral va organik birikmalarning ta’mi bilinmaydi. Dengiz 
sho‘r suv havzasi bo‘lib, ularda suvda erigan turli xil moddalar 
ko‘p miqdorda bo‘ladi, ta’mi sho‘r-taxir. Ularni dastlabki 
ishlovdan o‘tkazmasdan turib ishlatish mumkin emas. 


196
197
Oqova suvlardan tashqari, ishlab chiqarish va maishiy 
ehtiyojlar uchun yer osti suvlari yoki sizot suvlardan ham keng 
foydalaniladi. Sizot suvlari ko‘pincha rangsiz, ko‘rinishi juda 
tiniq bo‘lib, ular ning tarkibida ko‘p miqdorda erigan tuzlar 
bo‘ladi. Shuning uchun ulardan sovitish tizimida foydalanish 
maqsadga muvofiq emas. 
Tabiiy suvlarning sifati ularning tarkibidagi erimagan 
moddalar, kolloid zarralar yoki erigan aralashmalar tarkibi va 
miqdoriga bog‘liq. Suvlar erimagan mexanik aralashmalardan 
tindirish yoki filtrlash yo‘li bilan tozalanadi. Agar shundan 
keyin ham suv xiraligicha qolsa, unda juda mayda zarralar 
qolgan bo‘ladi. Bunday suvni tozalash uchun ularga turli 
xil moddalar – koagulatorlar qo‘shiladi (masalan, temir 
(III)-xlorid, aluminiy sulfat). Bu moddalar ta’sirida suvdagi 
zarralar o‘zaro birikib yiriklashadi. Yiriklashgan zarralar suv 
tindirilganida osongina cho‘kadi, filtrlanganida ushlanib qoladi. 
Dvigatel ishlayotganida, yuqori harorat ta’sirida suvdan 
tuzlar ajralib, dvigatel g‘ilofining va sovitish tizimidagi boshqa 
tarkibiy qismlarning devoriga o‘tirib quyqa hosil qiladi. Quyqalar 
sovitish tizimi kanallari teshigining kichrayishiga sabab bo‘ladi. 
Quyqalar ning issiqlik o‘tkazuvchanligi metallarga nisbatan 
bir necha barobar kam bo‘lganligi uchun sovitish tizimiga 
issiqlik o‘tishini kamaytiradi va bu bilan devorlarning harorati 
ko‘tarilishiga, detal va tarmoqlarning issiqlikdan zo‘riqishi 
kuchayishiga, issiqlikning atrof muhitga tarqalishi buzilishiga 
va suyuqlikning tizimda aylanishini qiyinlashuviga sabab 
bo‘ladi. Bularning hammasi dvigatelning ish ko‘rsatkichlari 
va moylash rejimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Quyqa qatlami 
qanchalik qalin, zich va qattiq bo‘lsa, issiqlik almashinishi 
shuncha yomon, yonilg‘i va moylash materiallari sarfi shuncha 
ko‘p bo‘ladi. Quyqa qalinligi 5 mm gacha yetishi va undan ham 
ortishi mumkin. Bunda quyqaning issiqlik o‘tkazuvchanligi 
yomonlashishishi hisobiga dvigatelning issiqlik rejimi buziladi. 
Natijada yonilg‘i sarfi (25–30 foizgacha), moy sarfi (30–40 
foizgacha) ortadi va dvigatel quvvati (20–25 foizgacha) 
pasayadi. 
Suvning qattiqligi tarkibidagi kalsiy va magniy ionlari miqdori 
bilan aniqlanadi. Suvning umumiy, karbonatli (vaqtinchalik) 
va nokarbonat (doimiy) qattiqliklari farqlanadi. 
Suvning
umumiy qattiqligi 
deganda, undagi kalsiy va magniy 
ionlarining umumiy miqdori tushuniladi. Umumiy qattiqlik 
bir litr suvga to‘g‘ri keladigan kalsiy (Ca
++
) va magniy (Mg
+4

ionlari ning milligramm ekvivalentlar (mg. ekv/l) miqdori bilan 
o‘lchanadi. 1 mg. ekv/
l
– bir litr suvdagi 20,04 mg kalsiy 
(Ca
++
) yoki 12,16 mg magniy (Mg
+I
) ioniga to‘g‘ri keladi. 
Suvning
vaqtinchalik qattiqligi 
uni tarkibidagi erigan nordon 
karbonat tuzlari Ca(HCO
3
)
2
va Mg(HCO
3
)
2
miqdori bilan 
baho lanadi. Bu tuzlar 80–85°C dan yuqori haroratlarda 
parchalanadi va kalsiy karbonat CaCo
3
, magniy gidroksidi 
Mg(OH)
2
cho‘kmalari, nordon karbonat gazi va suv hosil 
qiladi. Shuning uchun karbonatli qattiqlik 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish