103
3. Yonilg‘i aralashmasining o‘t oldirish daqiqasi buzilishi:
o‘t oldirish daqiqasi noto‘g‘ri o‘rnatilgan;
o‘t oldirish shamlariga yuqori kuchlanish simlari noto‘g‘ri
ulangan;
podshipnikning, taqsimlagich kulachogining yeyilishi, taq-
simlagich valining bukilishi;
o‘t oldirishni ilgarilatish burchagining markazdan qochma va
vakuum rostlagichlarining nosozligi;
cho‘g‘dan o‘t olish jarayonining sodir bo‘lishi;
yonma-yon o‘tgan yuqori kuchlanish simlarining izolatsiyasi
buzilishi va ular orasida qisqa tutashuv;
taqsimlagich qopqog‘ida yonma-yon joylashgan elektrodlar
orasida tok o‘tuvchi yo‘laklar hosil bo‘lishi natijasida qisqa tutashuv.
Akkumulatorlar batareyasining razryadlanganligi ko‘p hol-
larda o‘t oldirish tizimining qoniqarsiz ishlashiga sabab bo‘ladi. Shu-
ning uchun o‘t oldirish tizimidagi nosozliklarni aniqlashga kiri-
shishdan avval akkumulatorning holatini tekshirish tavsiya qilinadi.
Dvigatelning me’yorida ishlashining buzilishiga olib keluvchi no-
sozliklar. Startyor tirsakli valni me’yorida aylantiradi, lekin dvi-
gatel ishga tushmaydi. Bu nosozlikning sababchilari o‘t oldirish
yoki yonilg‘i ta’minlash tizimlari bo‘lishi mumkin. Òekshirish
uchun o‘t oldirish shamiga ulangan
bironta yuqori kuchlanish
simini ajratib olish va uning uchini dvigatel korpusidan 3—5 mm
masofada ushlab turish kerak. Agar startyor yordamida dvigatel-
ning tirsakli vali aylantirilganda, yuqori kuchlanish simining uchi
bilan massa orasidan uchqun o‘tsa, demak, o‘t oldirish tizimi sham-
larga yuqori kuchlanishni me’yorida yetkazib berayotgan bo‘ladi.
Endi nosozliklarni aniqlash quyidagi tartibda olib boriladi:
yonilg‘i ta’minlash tizimini tekshirish;
o‘t oldirish shamlarini yechish va ko‘zdan kechirish, elektrod-
lar orasidagi uchqunli tirqishni tekshirish va zarurat bo‘yicha rostlash;
o‘t oldirish daqiqasining to‘g‘ri o‘rnatilganligini va yuqori
kuchlanish simlarining shamlarga belgilangan tartibda ulanganligini
tekshirish.
Agar yuqori kuchlanish simi bilan massa orasida uchqun hosil
bo‘lishini tekshirish
ijobiy natija bermasa, demak, o‘t oldirish
tizimi nosoz. Bu holda yuqori kuchlanish simlarining taqsimlagich
qopqog‘i va o‘t oldirish g‘altagidagi uyachalarda yaxshi mahkam-
langanligini tekshirish kerak.
Shuningdek, taqsimlagich va o‘t
oldirish g‘altagining qopqoqlarini diqqat bilan tekshirish zarur.
104
Agar qopqoqlarda sinish,
darz ketish, kuyish alomatlari bo‘lsa,
ular almashtiriladi. Qopqoqlarning holati yaxshi bo‘lsa, o‘t oldirish
g‘altagi tekshiriladi. Buning uchun taqsimlagichga mahkamlangan
markaziy simini ajratib olib, yuqorida ko‘rsatilgan usul bilan unda
yuqori kuchlanish mavjudligi tekshiriladi. Markaziy simda yuqori
kuchlanish mavjud bo‘lsa, u holda taqsimlagich nosoz bo‘ladi.
Markaziy simda yuqori kuchlanish bo‘lmasa, o‘t oldirish g‘altagi
tekshiriladi. Buning uchun markaziy yuqori kuchlanish simining
uchligini dvigatel korpusidan 2—3 mm masofada ushlab turiladi.
So‘ngra taqsimlagichdan past kuchlanish simi yechib olinadi
(kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimida tranzistor kommutato-
rining nomsiz qisqichiga ulangan simni) va uni dvigatel korpusiga
tekkizib uziladi. Past kuchlanish simi korpusdan uzilgan daqi-
qada yuqori kuchlanish sim va korpus orasida uchqun hosil bo‘-
lishi kerak. Uchqun hosil bo‘lmasligi o‘t oldirish g‘altagining no-
sozligini bildiradi.
Aksincha, agar uchqun hosil bo‘lsa, bu past
kuchlanish zanjiri va taqsimlagichning nosozlik alomati. Kontakt-
tranzistorli o‘t oldirish tizimida tranzistorning emitter-kollektor
o‘tish joyi teshilgan bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: