120
Generatorni tekshirish. O‘t oldirish tizimi ulanadi. Almashlab
ulagich
(26) «G250» holatiga qo‘yiladi,
avtomobil dvigateli
tugmacha
(24) «Ïóñê» yordamida ishga tushiriladi va tugmacha
(27) «Áîëüøå» yordamida dvigatel tirsakli vali aylanishlar soni
sekin-asta oshiriladi, voltmetr
(18) orqali generatorni yuklamasiz
ishlab chiqarayotgan kuchlanishi nominal qiymatga yetkaziladi.
Òaxometr orqali aylanishlar soni kuzatiladi, bunda tirsakli val va
generator uzatmalar koeffitsiyentini
hisobga olgan holda texnik
tavsifnoma bilan solishtiriladi. Agar generator uyg‘onmasa, genera-
tor uyg‘otuvchi chulg‘amini kuchlanish rostlagichidan chetlab
o‘tuvchi akkumulator batareyasiga ulovchi tugmacha
(22) «Âîç-
áóæäåíèå» bosilib, generator uyg‘otiladi.
Generator yuklamasiz kerakli natijani bersa, navbatdagi re-
jim yuklama ostida tekshiriladi. Buning uchun almashlab ulagich
(23) ni «6000» holatiga qo‘yiladi, sekin-asta reostat dastagi
(32) ni
burab, ampermetr
(19) orqali yuklama tokining oshishi kuzati-
ladi. Generator kuchlanishi aylanishlar chastotasini oshirish hiso-
biga nominal qiymatda ushlab turiladi. Yuklama tok qiymati tav-
sifnomada berilgan qiymatga yetganda taxometr
(21) ko‘rsatkichi
bo‘yicha (uzatma koeffitsiyenti hisobga olingan holda) generator
rotori chastotasi aniqlanadi va texnik tavsifnomaga solishtiriladi.
Kuchlanish rostlagichni tekshirish. Almashlab ulagich (26)
«PP362» holatiga, almashlab ulagich
(23) taxometr «6000» ho-
latiga qo‘yiladi. Òugmacha
(27) yordamida tirsakli val aylanishlar
sonini
sekin-asta oshirib borib, voltmetr
(18) va taxometr
(21)
ko‘rsatkichini kuzatib boriladi. Agar generator uyg‘onmasa, tug-
macha
(22) «Âîçáóæäåíèå» yordamida uyg‘otiladi. Òugmacha
qo‘yib yuborilgandan so‘ng generator ishlamasa, kuchlanish rost-
lagichi yoki uyg‘otish zanjiri nosoz hisoblanadi. Aylanishlar chas-
totasi oshirilishi bilan generator kuchlanishi cheksiz oshishi kuza-
tilsa, kuchlanish rostlagichi nosoz hisoblanadi. Aylanishlar chas-
totasi oshirilishi bilan generator kuchlanishi ma’lum qiymatdan
oshmasa, kuchlanish rostlagichi soz holatda deb hisoblanadi. Nav-
batdagi tekshirish kuchlanish rostlagichi me’yoriy qiymatini soz-
lashdan iborat bo‘ladi. Aylanishlar chastotasi 3000 ayl/daqiqaga
ko‘tariladi. Aylanishlar chastotasini taxometr
(21) orqali (uzatma
koeffitsiyentini hisobga olgan holda) aniqlanadi. Reostat dastagi
(32) yordamida generatorga nominal tokning 0,5 qiymatiga teng
yuklama toki beriladi. Bu qiymat ko‘rsatkich
(19) orqali nazorat
qilib boriladi.
Voltmetr (18) orqali esa rostlanuvchi kuchlanish
121
nazorat qilinadi. Bu o‘lchashlar jarayonida qurilmada qayd qilina-
yotgan kuchlanish haqiqiy kuchlanishdan 0,6 V kam bo‘lishini
hisobga olish kerak. Bunday farq qurilma va avtomobilaro qo‘-
shimcha o‘tkazgichlarning ulanishi hisobiga sodir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: