100
ulagich tutashtiriladi va zanjirdagi tok o‘lchanadi. Kommutator
soz bo‘lsa, zanjirdagi tok 6—8 A doirasida bo‘ladi. Ulagich uzil-
ganda zanjirda tok bo‘lmaydi. Yuqori kuchlanish simini o‘t oldi-
rish g‘altagi korpusidan 10 mm
masofada ushlab turiladi va
ulagichni bir necha marta ketma-ket ulab-uziladi. Kommutator
soz bo‘lsa, ulagich har safar uzilganda yuqori kuchlanish simi va
g‘altak korpusi orasidagi tirqishda uchqun hosil bo‘ladi.
Kommutatorning «M» va nomsiz qisqichiga voltmetr ulanadi
va ulagich tutashtiriladi. Òranzistor soz bo‘lsa, voltmetr 1 V gacha
bo‘lgan kuchlanishni ko‘rsatadi. Ulagich uzilsa, voltmetr akku-
mulator kuchlanishini ko‘rsatadi.
Òranzistor kommutatordagi tranzistorni tekshirish. Ommetrni
tranzistor kommutatorning «M» va nomsiz qisqichlariga tutash-
tirib, qarshilik o‘lchanadi. Keyin
ommetr simlarining ulanish
joylarini o‘zgartirib yana bir marta qarshilik o‘lchanadi. Òran-
zistor soz bo‘lsa, ommetrning ko‘rsatkichlaridagi farq taxminan
2000
bo‘ladi (ommetr, kuchlanishi 6 V dan yuqori bo‘lmagan
tok manbayiga ega bo‘lishi kerak).
Kontaktsiz-tranzistorli o‘t oldirish tizimining datchik-taqsim-
lagichini tekshirish (generator turidagi 19.3706 taqsimlagich mi-
solida). Òaqsimlagichning qopqog‘i va rotori yechiladi va ko‘zdan
kechiriladi.
Agar yuzasida singan, darz ketgan,
kuygan joylari
bo‘lsa, ular almashtiriladi. Datchik statorining va chulg‘amlari-
ning chiqish joyiga yaxshi mahkamlanganligiga alohida e’tibor be-
riladi. Ommetr bilan datchik chulg‘amlarini uzilishga, 220 V lampa
yordamida esa korpusga tutashishga tekshiriladi.
Datchik-taqsimlagichning ish qobiliyatini tekshirish uchun,
uni ÑÏÇ-8M qurilmasiga o‘rnatiladi, datchikning qisqichlari va
korpusiga voltmetr ulanadi. Keyin
qurilmaning elektr motorini
ishga tushirib, 30 daqiqa
–1
va 2500 daqiqa
–1
aylanishlar chastotasida
datchikning kuchlanishi o‘lchanadi. Agar datchikning kuchlanishi
mos ravishda 1 V va 150 V bo‘lsa, u soz hisoblanadi.
Datchik-taqsimlagichni uzluksiz uchqun hosil qilishga tekshi-
rish soz kommutator, o‘t oldirish g‘altagi va tegishli turdagi qar-
shiliklar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Xoll datchigi o‘rnatilgan 40.3706 belgili datchik-taqsimlagichni
tekshirish. Datchik-taqsimlagichning qopqog‘i va rotori yechilib,
ko‘zdan kechiriladi. Bu turdagi taqsimlagichlarda detallarning
yaxshi mahkamlanganligiga va lyuft yo‘qligiga alohida e’tibor beriladi.
101
Datchik-taqsimlagichning
asosiy qismi bo‘lgan mikro
almashlab-ulagich ÄÏÕ-2
(4.11-rasm) xoll datchigi
(1),
kuchaytirgich
(2), shakllantir-
gich (Shmitt triggeri)
(3), chi-
qish tranzistori
(4) va kuchla-
nish stabilizatori
(5) dan iborat
bo‘lib, ular bitta blokka yaxlit
qilib qo‘yilgan. Datchikning ish
qobiliyatini 4.12-rasmda kelti-
rilgan sxema bo‘yicha yig‘ilgan
indikator yordamida tekshirish mumkin. Indikator kolodkasi
(8)
datchik-taqsimlagich ajratgichga ulanadi va indikator qisqichla-
rini 12 V li tok manbayiga ulab, datchik-taqsimlagich vali qo‘lda
yoki elektromotor yordamida aylantiriladi. Nazorat
lampasi (1)
ning miltillab yonishi datchikning sozlik alomatidir. Datchikni
voltmetr yordamida tekshirish aniqroq natija beradi.
Datchik-
taqsimlagichga voltmetr, akkumulator batareyasi va
(2) k
li qar-
shilik rasmda keltirilgan sxema bo‘yicha ulanadi. Sxema yig‘il-
gandan keyin datchik-taqsimlagich vali aylantirilib,
voltmetr
ko‘rsatkichlari yozib olinadi. Datchik soz bo‘lsa, impulslarning
yuqori chegarasi tok manbayi kuchlanishidan 3 V ga kichik, pastki
chegarasi 0,4 V dan yuqori bo‘lmasligi kerak.
U
ch
+
3
2
1
5
4
–
4.11-rasm. ÄÏÕ-2 mikro
almashlab-ulagichning
blok sxemasi.
4.12-rasm. 40.3706 belgili datchik-taqsimlagichning mikro
almashlab-ulagichini tekshirish:
a — indikator yordamida:
1 — nazorat lampa A 12 (3 W);
2 — tranzistor
KÒ816B;
3, 9 — rezistorlar (ÌËÒ, 910
);
4 —rezistor (ÌËÒ, 330
);
5 — stabilitron D814A;
6 — kondensator ÊËÑ (6800);
7 — kondensator
K53-14 (2,2 MK
20V);
8 — ajratgich;
b — voltmetr yordamida:
1 — datchik-
taqsimlagich;
2 — datchik-taqsimlagichning ajratgichi.
+
–
12 V
1
2
3
4
5
6
7
8
1
2
K
3
4
K
3
4
+ –
2 k
V
+
9
a
b