88
kontakt joylashgan nuqtasiga qo‘yiladi. Prujinaning tortish kuchi
dinamometrning kontaktlar uzilgan daqiqasidagi ko‘rsatkichi bilan
aniqlanadi. Kontaktlarning uzilish daqiqasi kontaktlarga ketma-
ket (yoki parallel) ulangan nazorat lampa yordamida aniqlanadi.
Prujinaning tortish kuchi belgilangan me’yordan kam bo‘lsa,
uzgich kontaktlari titraydi (vibratsiya),
ularning tutashib turish
burchagi va demak, maksimal ikkilamchi kuchlanish kamayadi,
eroziya kuchayadi. Aksincha, prujinaning tortish kuchi belgilangan
chegaradan yuqori bo‘lsa, pishangcha turtkichi va kulachok tez
yeyila boshlaydi. Ba’zi turdagi uzgich-taqsimlagichlarda pruji-
naning tortish kuchini rostlash mexanizmi ko‘zda tutiladi.
Uzgich-taqsimlagichning dvigatelda mahkamlanishi har ik-
kinchi texnik qarov vaqtida tekshiriladi. Òaqsimlagich qo‘l bilan
buralganda o‘z joyidan qo‘zg‘almasligi kerak.
Avtomobil har 25000—35000 km yo‘l
bosganda, taqsimla-
gichni yechib sinov qurilmasida tekshirish, uni qismlarga ajratish,
tozalash, zarurat bo‘yicha yeyilgan qismlarini almashtirish zarur.
Keyin taqsimlagichni yig‘ib, yana bir marta qurilmada tekshiriladi,
zarurat bo‘yicha tegishli rostlash ishlari amalga oshiriladi va dvi-
gatelga o‘rnatiladi.
Har ikkinchi texnik qarovda yuqori kuchlanish o‘tkazgichlar-
ning holati tekshiriladi. Izolatsiyasi shikastlangan o‘tkazgichlar
almashtiriladi. O‘tkazgichlarga tushgan moy va benzin toza latta
bilan yaxshilab tozalanadi. Yuqori kuchlanish o‘tkazgichlarining
uchligi taqsimlagich qopqog‘idagi va o‘t oldirish g‘altagidagi uya-
chaga zich joylashganligi tekshiriladi. Zarur zichlikni ta’minlash
maqsadida uchliklar zarurat darajasiga keltiriladi. Agar uchliklar
uyachalarga zich joylashtirilmasa, u yerda qo‘shimcha uchqunli
4.2-rasm. Uzgich pishangchasi prujinasining tortish kuchini tekshirish.
89
tirqish yuzaga keladi va yuqori kuchlanishning bir qismi isrof bo‘ladi.
Bundan tashqari, uyachadagi uchqun plastmassadan tayyorlangan
taqsimlagich va o‘t oldirish g‘altagining qopqog‘ining kuyishiga va
ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
Past kuchlanish zanjiridagi o‘tkazgichlar ham diqqat bilan tek-
shiriladi, shikastlangan qismlari almashtiriladi. Zanjirdagi barcha
kontaktlar, vintli birikmalar tozalanadi va qaytadan mahkamla-
nadi. O‘t oldirish kaliti yoqilgan va uzgich kontaktlari tutash bo‘l-
ganda past kuchlanish zanjiridagi kuchlanishning pasayishini zan-
jirning quyidagi ikki bo‘lagida millivoltmetr yordamida tekshirish
tavsiya qilinadi. Birinchi bo‘lak akkumulatorning musbat qutbi-
dan o‘t oldirish kalitidan kelgan sim ulangan, o‘t oldirish g‘alta-
gining chiqish joyigacha (kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimida
qo‘shimcha qarshilikning chiqish joyigacha). Zanjirning bu bo‘-
lagida kuchlanishning pasayishi 0,25 V.dan katta bo‘lmasligi kerak.
Ikkinchi bo‘lak taqsimlagichdagi
past kuchlanishning chiqish
joyidan taqsimlagich qobig‘igacha. Bu bo‘lakdagi kuchlanishning
pasayishi 0,1 V dan ortmasligi kerak.
Agar zanjirning birinchi
bo‘lagidagi qarshilik belgilangan me’yordan ortiq bo‘lsa,
milli-
voltmetr yordamida bu bo‘lakning har bir o‘tkazgichida va kon-
taktli biriktirilgan joylaridagi kuchlanishning pasayishi tekshiri-
ladi, shikastlangan o‘tkazgich almashtiriladi, nosoz kontaktlar to-
zalanadi va qaytadan mahkamlanadi. Agar kontakt o‘t oldirish kaliti
ichida yaxshi bo‘lmasa, u almashtiriladi.
Zanjirning ikkinchi
bo‘lagida kuchlanishning pasayishining me’yordan ortiqligi kon-
taktlarni tozalash yo‘li bilan bartaraf qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: