90
O‘t oldirish shami me’yorida ishlaganda va u tavsifnomasi bo‘-
yicha dvigatelning issiqlik rejimiga mos bo‘lganda, izolatorning
yubkachasidagi qurum qizg‘ish-jigarrang tusga ega bo‘ladi. Bu
qurumda tok o‘tkazadigan zarrachalar kam bo‘ladi va katta elektr
qarshilikka ega bo‘lib, shamning me’yorida ishlashiga xalaqit ber-
maydi. Agar dvigatel etillangan benzinda ishlagan bo‘lsa, izolator
yubkachasida oq kukunsimon qatlam hosil bo‘ladi.
Agar izolator yubkachasi qattiq qora qatlam ko‘rinishidagi
qurum bilan qoplangan bo‘lsa, bu shamning noto‘g‘ri ishlayotgani
alomatidir. Bu qurum, odatda, izolator yubkachasining harorati
o‘z-o‘zini tozalash haroratidan past bo‘lganda hosil bo‘ladi. Qora
qurum tarkibida ko‘p miqdorda uglerod zarrachalari bo‘lib, uning
elektr qarshiligi kichik bo‘ladi va u orqali yuqori kuchlanishning
massaga o‘tish yo‘lakchalari yuzaga keladi. Qora qurumning paydo
bo‘lishining boshqa sabablari ham mavjud. Chunonchi, dvigatel
uzoq vaqt davomida salt yoki tirsakli valning past aylanishlar chas-
totasi bilan ishlaganda ham izolatorning yubkachasida qora qu-
rum hosil bo‘lishi mumkin. Qora qurum paydo bo‘lishiga ishchi
aralashmaning o‘ta boyitilganligi ham sabab bo‘ladi. Ba’zan o‘t
oldirish tizimining nosozligi tufayli yonilgan aralashmasining to‘la
yonmasligi natijasida izolatorda qora qurum hosil bo‘ladi.
Porshen
halqalarining yeyilishi, karterdagi moy sathining
me’yordan balandligi va boshqa sabablarga ko‘ra, yonish kamerasiga
ortiqcha moy o‘tishi natijasida izolator yubkachasida qora qurum
hosil bo‘ladi, lekin bu qurum oldingi hollardagiga nisbatan ancha
nam bo‘ladi.
Qurumning rangi oq, och kulrang yoki och sariq
bo‘lsa, bu shamning qizib ketayotganligi alomatidir. Ba’zi hollarda
izolator yubkachasida pufaksimon parda ham hosil bo‘ladi. Sham-
ning qizib ketishi, uning issiqlik tavsifnomasining dvigatelga mos
emasligidan, shamning yaxshi mahkamlanmaganligidan, zichlash-
tiruvchi qistirmaning nosozligidan yuzaga kelishi mumkin. Zichlash-
tiruvchi qistirmalar orqali o‘tayotgan gaz shamni qizdirib, qistirma
tagidagi issiqlik o‘tkazish sharoitlarini yomonlashtiradi. Bundan
tashqari, shamlarning qizib ketishiga dvigatel sovitish tizimidagi
nosozliklar va o‘t oldirishni ilgarilatish burchagi kichikligi (kech o‘t
oldirish) ham sabab bo‘lishi mumkin. Odatda, shamlarning qizib
ketishi uning elektrodlarining jadal ravishda yemirilishiga sabab bo‘ladi.
Dvigateldan yechilgan shamlarning elektrodlari orasidagi tir-
qishni tekshirish va zarurat bo‘yicha rostlash zarur.
Rostlashni
faqat yon elektrodni bukish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Markaziy
91
elektrodni bukish izolatorning
darz ketishiga olib keladi. Òirqishni
rostlash uchun tegishli diametrli
yumaloq
kalibrdan foydalanish
kerak. Kalibr bo‘lmaganda, dia-
metri zarur uchqunli tirqish kat-
taligiga to‘g‘ri keladigan bir bo‘-
lak simdan ham foydalansa bo‘-
ladi. Sham elektrodlari orasidagi
tirqishni yassi shchup bilan tek-
shirib bo‘lmaydi. Chunki sham-
ning yon elektrodi bir tekis yeyil-
maydi va tirqishni tekshirish uchun yassi shchup ishlatish katta
xatoga olib kelishi mumkin (4.3-rasm). Kontaktlarning ishchi
yuzasida chuqurcha va do‘nglik yuzaga kelishi sababli yassi
shchup bilan o‘lchangan
tirqish A haqiqiy tirqish
B dan ki-
chik bo‘ladi.
Uchqunli tirqishni rostlashdan avval markaziy elektrod uchini
kichik egov yordamida yassi shaklga keltirish tavsiya qilinadi. Izo-
lator yubkachasidagi qurumni Ý-203 yoki 541-2M belgili qum
sochuvchi qurilmalarda tozalanadi. Qurumni o‘tkir po‘lat asbob-
lar yordamida olib tashlashga urinish izolatorning
yuzasi tirna-
lishiga va yuqori kuchlanishning massaga o‘tib ketish yo‘lakchalari
hosil bo‘lishiga olib keladi. O‘t oldirish shamlarini ochiq olovda
(masalan, yonayotgan gazda) qizdirish yo‘li bilan qurumni yo‘-
qotish usuli juda zararli hisoblanadi. Chunki bunda sham zichli-
gini yo‘qotadi va ishdan chiqadi.
Shamlarni yechish va qayta qotirish uchun avtomobilning as-
boblar jamlamasidagi maxsus sham klyuchidan foydalanish ke-
rak. Bu maqsadda oddiy gayka klyuchi yoki yassi omburni ishlatish
sham korpusidagi qirralarning yeyilishiga, izolatorning sinishiga
olib keladi. Shamlarning ishlash muddati ko‘p jihatdan ularning
dvigatelda ishlash sharoitiga bog‘liq. Past aylanishlar chastotali,
siqish darajasi kichik bo‘lgan dvigatellarga o‘rnatilgan shamlar jadal-
lashtirilgan, siqish darajasi yuqori bo‘lgan dvigatellarga o‘rnatilgan
shamlarga nisbatan uzoqroq ishlaydi. Ba’zi avtomobil zavodlar
barcha o‘t oldirish shamlar jamlamasini ularning holati va ish qobi-
liyatidan qat’i nazar, avtomobil ma’lum belgilangan masofani bo-
sib o‘tgandan keyin almashtirishni tavsiya qiladi. Masalan, ÂÀÇ
30000 km.dan, «O‘zDAEWOOavto» esa 20000 km.dan keyin.
À
B
4.3-rasm. Eroziyalangan
uzgich kontaktlar orasidagi
tirqishni yassi shchup bilan
o‘lchash.