84
yo‘lakcha hosil bo‘lishiga olib keladi. Natijada, yuqori kuchlanish-
ning bir qismi ushbu yo‘lakcha orqali massaga o‘tib keta boshlaydi
va o‘t oldirish tizimining samarali ishlash darajasi keskin pasayadi.
Demak, o‘t oldirish tizimining ishonchli ishlashini ta’minlash
uchun yuqori kuchlanishiga taalluqli barcha asboblar, o‘tkazgichlar
va
izolatorlarning tozaligiga, namlanmaganligiga katta e’tibor be-
rish zarur. Avtomobil har 10000 km yurganda (1-ÒQ),
uzgich-
taqsimlagich qopqog‘ining ustki va ichki qismlarini, rotor va o‘t
oldirish g‘altagining qopqog‘ini benzinda namlangan latta bilan
yaxshilab tozalash zarur.
Agar avtomobil ortiqcha chang va namlik sharoitlarda ishlatilsa,
bu ishni har kun amalga oshirish tavsiya qilinadi. Òexnik qarov
vaqtida izolatsiya qismlarda mexanik shikastlik yoki ko‘mirlangan
yo‘lakchalar
aniqlansa, bu detalni almashtirish zarur. Agar o‘t
oldirish g‘altagining ustiga moy yoki izolatsiyalovchi eritma oqib
chiqqan bo‘lsa ham uni almashtirish kerak. O‘t oldirish tizimiga
texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida o‘tkazgichlar
ulangan kon-
taktlarni mahkamlash, o‘t oldirish tizimiga taalluqli barcha asbob-
larning yaxshi qotirilganligini nazorat qilish zarur.
Uzgich-taqsimlagichni moylash avtomobilning ikkinchi texnik
qarovida (2-ÒQ) amalga oshiriladi.
Uzgich-taqsimlagich pod-
shipnigini moylash uchun taqsimlagich qobig‘idagi qopqoqchali
moydon qopqog‘ini bir marta aylantiriladi. Òaqsimlagich qopqog‘i
va rotorni yechib, kulachokning ishchi yuzasini moylovchi piltaga
bir-ikki tomchi toza motor moyi tomiziladi. Xuddi shuncha moy
uzgich pishangning o‘qiga va 4—5 tomchi moy kulachok vtulkasiga
ham tomiziladi.
Uzgich-taqsimlagichni moylash vaqtida uzgich kontaktlarining
moylanib qolishidan ehtiyot bo‘lish kerak.
Moylash jarayonida
yuqorida keltirilgan me’yorlarning buzilishi kontaktlarning moy-
lanib qolishiga olib kelishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgandek, uz-
gich-taqsimlagichni moylash uchun toza motor moyi ishlatiladi.
Bu maqsadlarda dvigatelning karteridan moy o‘lchagich yorda-
mida olingan moyni ishlatish mumkin emas.
Uzgich-taqsimlagichni moylash bilan bir vaqtda uning ichki
qismidagi detallar nazoratdan o‘tkaziladi. Yuqori kuchlanish ro-
torning kontakt plastinasidan taqsimlagich qopqog‘ining
ichiga
joylashtirilgan yon elektrodlarga uchqun ko‘rinishida uzatilganda,
bu detallarning kuyish hollari kuzatiladi, natijada rotor plastinasi
va yon elektrodlar orasidagi tirqish me’yoridan oshib ketadi, yuqori
85
kuchlanish bo‘yicha zaxira koeffitsiyenti
(K
z
Do'stlaringiz bilan baham: