41
rida sodir bo‘lishi mumkin. Ampermetr
yoki voltmetr strelkasi
tebranishini bartaraf etish uchun generator cho‘tka uzeli tartibga
keltiriladi, simlarining bo‘shab qolgan ushlagichlari mahkamla-
nadi, shteker bog‘lovchilar zichlashtiriladi.
Akkumulator batareyasi o‘ta zaryadlanadi. Dvigatel uzoq vaqt
ishlaganda ampermetr doimo zaryad tokini ko‘rsatadi va uning
strelkasi AKB to‘la zaryadlangan bo‘lsa ham shkalasi «nol» ho-
latiga qaytmaydi; dvigatel tirsakli valining katta aylanishlar chas-
totasida zaryad tok kuchi yanada ortib ketadi va ampermetr strelkasi
o‘ng tomonga og‘ib ketadi; akkumulatorlarda elektromagnit sathi
tez kamayib ketadi; voltmetr oshirilgan kuchlanishni ko‘rsatadi.
Asosiy nosozliklar: kuchlanish rostlagichining sozlanishi bu-
zilgan; kuchlanishda nosozliklar bor. Generator kuchlanishining
1-me’yorda keltirilgan qiymatlardan ortib ketishi batareyani o‘ta
zaryadlanishga olib keladi, ampermetr doimo zaryad tokini qayd
etadi, chunki batareya kuchlanishi generator kuchlanishiga erisha
olmaydi. Zaryadlangan batareya elektroliti orqali tok o‘tib suvni
vodorod va kislorodga parchalaydi, natijada jadal sur’atlarda gazlar
elektrolitdan
ajralib chiqadi, elektromagnit
sathi tez kamaya
boshlaydi.
Agar yo‘lda AKB to‘la zaryadlangan bo‘lsa
ham ampermetr
katta zaryad tok kuchini ko‘rsatish holatini bartaraf etish imkoniyati
bo‘lmasa, batareyaning o‘ta zaryadlanishining oldini olish uchun
generator «Ø» («67») qisqichning simi uzib qo‘yiladi. Bunda ge-
nerator uyg‘onmaydi va zaryad to‘xtaydi. Har 100—150 km yo‘l
bosilgandan keyingi batareyani 20—30 daqiqa davomida zaryad-
lash uchun esa simlarning generatori tegishli qisqichlarga ulanadi.
Elektron kuchlanish rostlagichlar qo‘llanilgan avtomobillarda
o‘t oldirish kaliti kontaktlar kuchli oksidlanganda ularda kuch-
lanish pasayishi sezilarli darajada bo‘lgani
uchun sozlanuvchi
kuchlanish ishchi kuchlanishdan katta bo‘ladi va zaryad zanjirida
AKB to‘la zaryadlangan bo‘lsa ham katta tok kuchi bo‘ladi. O‘t
oldirish kalitining oksidlanish darajasini tekshirish uchun volt-
metrli generatorni «+» klemmasiga va ÂÊ330 rusumidagi o‘t
oldirish kaliti «K3» klemmasi ulanadi va kalit ulangan holatdagi
voltmetr ko‘rsatish kuzatiladi. Kuchlanish pasayishi 0,1 V.dan
ko‘p bo‘lmasligi kerak. Kuchlanish pasayishi katta bo‘lsa, kon-
taktlar jilvirli qog‘oz bilan tozalanadi.
Generator cho‘tkalari bilan kontakt halqalari orasidagi kontakt
yomon. Bunday nosozlik kontakt halqalari ifloslangan va moyla-
42
nib qolganda, cho‘tkalar ko‘proq yeyilganda, cho‘tkalarni bosib
turuvchi prujina kuchi yetarli bo‘lmaganda va cho‘tkalarning cho‘tka
ushlagichda «osilib» qolgan hollarda sodir bo‘ladi.
Bunday nuqsonlarda uyg‘otish zanjirida qarshilik ortadi, uy-
g‘otish tok kuchi pasayadi, bu esa generator quvvatining kamayi-
shiga olib keladi. Bu hollarda generator
kuchlanishi nominal
qiymatiga rotorning aylanishlar chastotasi katta qiymatida erishi-
ladi. Bundan tashqari, cho‘tkalar bilan kontakt halqalari o‘rtasi-
dagi yomon kontakt ampermetr strelkasining keskin tebranishiga
ham sabab bo‘ladi.
Cho‘tka ushlagich va cho‘tkalarning holatini tekshirish uchun
sug‘urib olinib, zaruriyat bo‘lsa, benzinda ho‘llangan latta bilan
korpus va cho‘tkalar artiladi. Cho‘tkalar cho‘tka ushlagichda erkin
yurishi kerak. Yo‘riqnomada keltirilgan qiymatdan kam balandli-
gicha yeyilgan cho‘tkalar almashtiriladi.
Cho‘tkalar qanday kuch bilan bosilib
turganini strelkali ta-
rozilar bilan o‘lchash mumkin. Buning uchun cho‘tka ushlagich-
dagi bitta cho‘tkani olib qo‘yib, qolgan ikkinchi cho‘tka bilan tarozi
pallasini bosish kerak. Cho‘tka ushlagichdan 2 mm turtib chiq-
qanda, tarozi strelkasi ko‘rsatmasi yoziladi va me’yoriy qiymatlar
bilan solishtiriladi (2.15-rasm). Xuddi
shunday usulda ikkinchi
cho‘tkaning bosish kuchi aniqlanadi. Shunga o‘xshash
prujina-
larni dinamometr yordamida aniqlash mumkin (2.16-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: