50
qisqichlarning izolatsiyasi holati kontakt halqalarining tozaligi,
cho‘tkalarning yeyilish darajasi, prujinalarning cho‘tkalarga bosim
kuchi tekshiriladi. Rotorning aylanishi va cho‘tkalarning cho‘tka
ushlagichda harakati yengilligiga ishonch hosil qilinadi. Generator
ikki xil rejimda: yuklamasiz va yuklama ostida sinovdan o‘tkaziladi.
Generatorni yuklamasiz sinash. Reostat
(7) ulanmaydi. Uzgich-
ulagich
(5) bilan uyg‘otish chulg‘ami tok manbayiga ulanadi va
amperlar
(3) ko‘rsatkichiga ko‘ra; uyg‘otish chulg‘ami qarshiligi
va binobarin, uning sozligi to‘g‘rilanadi, xulosa qilinadi. Òok ku-
chining ortishi — o‘ramlararo
tutashuv borligidan, kamayishi
cho‘tka va halqalarning kontakt qarshiliklari ko‘payganidan da-
rak beradi. Generator
(2) uzatmasiga ulangan elektrdvigatel
(9)
ulanib, bir tekisda aylanishlar chastotasi oshirib boriladi, voltmetr
(8) ko‘rsatmasi kuzatib turiladi. Generator kuchlanishi nominal
(14 V yoki 28 V) bo‘lishi bilan taxometr
(1) ko‘rsatkichi yozib
olinadi va 3-me’yorda keltirilgan texnik shartlardagi qiymat bilan
solishtiriladi. Agar aylanishlar chastotasi
nominal kuchlanishda
texnik shartlarda keltirilgan qiymatdan ortmasa, generator nuq-
sonsiz deb hisoblanadi. Masalan, G250 rusumdagi benuqson
generatorida 14 V kuchlanish 950 ayl/daqiqa
–1
da erishildi. Agar
generator kuchlanishi nominal qiymatga katta aylanishlar chas-
totalarida chiqqanda yoki generator uyg‘onmasa, generator qism-
lariga ajratiladi va uning uzel va agregatlari tekshiriladi. Salt yurish
rejimi texnik shartlarini qanoatlantiradigan generator yuklama
ostida tekshiriladi.
Generatorni yuklama ostida sinash. Salt yurish rejimida bo‘l-
ganidek, generator nominal kuchlanishgacha uyg‘otiladi, undan
keyin
(6) ulagich bilan yuklama
zanjiri ulanadi va reostat (7)
2.35-rasm. Generatorni sinash sxemasi.
A
3
2 Ø
1
V
9
5
4
A
6
8
7
Ï
51
bilan yuklama toki oshirib boriladi, 4-ampermetr ko‘rsatkichlar
kuzatiladi. Bunda nominal kuchlanish rotor aylanishlar oshirish
hisobiga va voltmetr
(8) chastotasini ushlab turiladi, yuklama toki
kerakli miqdorga yetishi bilan taxometr
(1) ko‘rsatkichi yozib
olinadi. Kerakli yuklama toki
miqdori nominal kuchlanishda
rotorning aylanishlar chastotasi 3-me’yorda keltirilgan qiymatdan
ortmagan holda erishilsa, generator benuqson hisoblanadi. Ma-
salan, G250 rusumidagi generator uchun 28 A yuklama tokida
va 14 V.li nominal kuchlanishda rotor aylanishlar chastotasi
2100 m
–1
dan ortmasligi kerak.
Agar generator texnik shartlarga javob bermasa, u qismlarga
ajratiladi va uyg‘otish chulg‘ami, stator chulg‘ami va to‘g‘rilagich
bloki diodlari holati tekshiriladi. Avtomobildan yechib olingan ge-
neratorlar Ý-211 stendida (2.36-rasm) sinovdan o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: