Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va


 Kuchlanish rostlagichlarining asosiy nosozliklari



Download 8,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/53
Sana13.06.2022
Hajmi8,73 Mb.
#662426
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53
Bog'liq
avtomobil elektr jihozlarini ishlatis

2.2.5. Kuchlanish rostlagichlarining asosiy nosozliklari
Kuchlanish rostlagichlarining texnik holati va uni to‘g‘ri hamda
o‘z vaqtida sozlash butun elektr ta’minotining ishiga katta ta’sir
etadi. O‘zgaruvchan tok generatorlari uchun bir bosqichli tebra-
nuvchan, kontaktli ikkita bosqichli tebranuvchan, kontaktli-tran-
zistorli va kontaktsiz-tranzistorli, shu jumladan, integral kuch-
lanish rostlagichlari qo‘llaniladi.
ÐÐ350, ÐÐ356, 13,3702, ß112, ß120 va boshqa rusumdagi
kontaktsiz-tranzistorli kuchlanish rostlagichlari tranzistorlarning
issiqlikdan yemirilishi. Bunday nosozlik o‘rtacha yoki katta ayla-
nishlar chastotasida generator ishlab turgan paytda AKB uzilib
qo‘yilganda, generator-AKB zanjirida hosil bo‘ladigan impulsli
kuchlanish o‘ta ko‘payishidan sodir bo‘lganda, katta tok kuchidan
tranzistorlarning qizib ketishi oqibatida sodir bo‘ladi.
Òranzistorning issiqlikdan yemirilishi oqibatida elektrod
(elektrod, baza va kollektor)larda qisqa tutashuv sodir bo‘ladi va
bunda emitter va kollektor orasidagi qarshilik juda kam bo‘ladi.
Òranzistorning qizishi elektrod qisqich simlarini kavsharsizlan-
tirishi mumkin va u holda tranzistor qarshiligi cheksiz (zanjir
uzilgani)ga teng bo‘lib qoladi.
Òranzistorlarning qisqa tutashuv yoki ularning zanjirini uzi-
lishi rostlagich ishini buzib yuboradi, natijada generator kuch-
lanishi goh ortsa-da, goh generator uyg‘onmaydi. Masalan, ki-
rish tranzistoridagi qisqa tutashuv tufayli chiquv tranzistori berk
bo‘lib, generator uyg‘onmaydi.
Kirish tranzistori zanjirlarida uzilish bo‘lsa, rostlagichda chiquv
tranzistori doimo ochiq bo‘ladi, shuning uchun kuchlanishni sozlab
bo‘lmaydi, u eng katta qiymatgacha ortib ketadi. Chiquv tranzis-
toridagi qisqa tutashuv rostlagichda uyg‘otish tok kuchini oshirib
yuboradi va kuchlanish ham sezilarli ko‘payadi. Bunda AKBda o‘ta
zaryadlanish sodir bo‘ladi, lampa va boshqa asboblarning ish mud-
dati qisqaradi. Chiquv tranzistorida uzilish bo‘lgan hollarda esa
generator uyg‘otish toki zanjiri uziladi va generator uyg‘onmaydi.
Kontaktsiz kuchlanish rostlagichdagi stabilitronning qizishdan
kuyishi. Bunday nosozlikda stabilitron har ikki yo‘nalishda tok o‘t-
kazadi. Kuchlanish rostlagichda stabilitronda qisqa tutashuv bo‘l-
ganda chiquv tranzistori berk, shuning uchun generator kuch-
lanish ishchi qiymatdan kam bo‘ladi va AKB zaryadlanmaydi.
Integral kuchlanish rostlagichlari ß112, ß120 va boshqalarda,
asosan, uyg‘otish zanjirini uzadigan nosozliklar uchraydi, uning
natijasida generator ishlamaydi.


55
2.37-rasm. ÐÐ350 belgili avtomobil kuchlanish
rostlagichini tekshirish.
16 V
12 V
A
2.38-rasm. 13.3702 belgili avtomobil kuchlanish
rostlagichini tekshirish.
16 V
12 V
2.39-rasm. ÐÐ356 avtomobil kuchlanish rostlagichini tekshirish.
32 V
24 V
A ko‘rinish


56
2.41-rasm. ß112 avtomobil kuchlanish rostlagichini tekshirish.
16 V
12 V
Kontaktsiz kuchlanish rostlagichlarni tekshirish. Bunday tek-
shirishlarni 2.37—2.42-rasmlarda keltirilgan sxemalar bo‘yicha
rostlagichlarni akkumulator batareyalariga ulash usuli bilan amalga
2.42-rasm. ß120 avtomobil kuchlanish rostlagichini tekshirish.
32 V
24 V
2.40-rasm. ß112A avtomobil kuchlanish rostlagichini tekshirish.
16 V
12 V


57
oshirish mumkin. Buning uchun 14 V li ishchi kuchlanishni mo‘l-
jallagan rostlagich avval 6 ta AKB (12 V)ga, keyin 8 ta (16 V)
ketma-ket ulangan 2 ta AKBlariga ulanadi.
28 V.ga mo‘ljallangan rostlagich avval 12 ta (24 V)ga, keyin 16 ta
(32 V)ga ulanadi. Lampalar quvvati 30 W dan ortmasligi kerak.
Rostlagichda nosozlik bo‘lsa, birinchi holda lampa yonishi kerak,
ikkinchi holda ulanganda esa yonmasligi kerak. Agar lampalar har
ikki holatda yonsa yoki yonmasa, rostlagichda nosozlik borligini bildiradi.
Rostlagichdagi kuchlanish pasayishini o‘lchash usuli bilan
ham tekshirish mumkin. Buning uchun tekshiriladigan rostla-
gich 2.43 va 2.44-rasmlarda keltirilgan sxema bo‘yicha AKBga
ulanadi. Reostat ma’lum qarshilikka qo‘yiladi va zanjir ulanadi
hamda reostat yordamida generator uyg‘otish tok kuchiga teng
yuklama toki o‘rnatiladi.

Download 8,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish