81
kontaktlarining tutashib turish vaqti shunchalik kam bo‘ladi, de-
mak, uzilish toki
I
u
va maksimal ikkilamchi kuchlanish
U
2max
larning
qiymati ham shunchalik kichik bo‘ladi.
Avtomobil dvigatelining tirsakli valining aylanishlar chas-
totasidan boshqa ko‘rsatkichlari (drossel to‘siqchasining ochi-
lish
darajasi, burovchi moment, quvvati va hokazo) ikkilamchi
kuchlanish qiymatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Ikkilamchi kuchla-
nishning maksimal qiymatiga o‘t oldirish sham izolatorida hosil
bo‘ladigan qurum va yuqori kuchlanish zanjirining massaga nis-
batan bo‘lgan elektr sig‘imi katta ta’sir ko‘rsatadi. Izolatordagi
qurum orqali yuqori kuchlanishning bir qismi massaga o‘tib
ketadi. Yuqori kuchlanish zanjirining sig‘imi ham me’yordan ortiq
bo‘lsa, ikkilamchi kuchlanishning maksimal qiymati pasayadi.
Agar o‘t oldirish shami dvigatelning issiqlik tavsifnomasini hi-
sobga olib, to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, izolatorda hosil bo‘ladigan qu-
rumning qarshiligi 3 M
dan kam bo‘lmaydi. Ekranlanmagan
yuqori kuchlanish zanjirining massaga nisbatan sig‘imi, odatda,
75 pF dan ortmaydi.
Maksimal ikkilamchi kuchlanishdan farqli o‘laroq,
teshib
o‘tish kuchlanishi aylanishlar chastotasidan tashqari dvigatelning
yana bir qator ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘ladi. Òeshib o‘tish kuch-
lanishiga sham elektrodlari orasidagi uchqunli tirqishning kat-
taligi, elektrodlarning shakli, gazlarning harorati va bosimi katta
ta’sir ko‘rsatadi. Uchqunli tirqish qanchalik katta bo‘lsa, teshib
o‘tish kuchlanishi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Yangi sham
elektrodlarining o‘tkir qirralari teshib o‘tish kuchlanishini pa-
saytiradi. Lekin ishlatish jarayonida sham elektrodlarining o‘tkir
qirralari silliqlashadi, uchqunli tirqish kattalashadi va teshib o‘tish
kuchlanish qiymati ortadi. Silindrdagi gazlarning bosimi ortishi
teshib o‘tish kuchlanishini oshirsa, harorat ko‘tarilishi bilan ak-
sincha, teshib o‘tish kuchlanishi kamayadi. Drossel to‘siqchasi-
ning ochilishi darajasi qanchalik katta bo‘lsa, silindrlarning ishchi
aralashma bilan to‘lish darajasi ham shunchalik ortadi. Bu esa si-
qish taktidagi bosimning ko‘tarilishiga va, demak, teshib o‘tish
kuchlanishining ham ortishiga olib keladi. Drossel to‘siqchasi to‘la
ochilganda, teshib o‘tish kuchlanishi eng katta qiymatga erishadi.
Òeshib o‘tish kuchlanish qiymatiga tirsakli valning aylanishlar
chastotasi ta’sirini ko‘rib chiqaylik. Drossel to‘siqchasi to‘la ochiq
holda ishlayotgan dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi
ma’lum belgilangan
chegaradan ortganda, silindrlarning to‘lish
82
darajasi kamaya boshlaydi va silindrlardagi bosim pasayadi. Bundan
tashqari, aylanishlar chastotasi ortishi bilan markazdan qochma
rostlagich o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini oshira boshlaydi
va silindrlardagi o‘t oldirish jarayoni ishchi aralashmaning bosimi
past bo‘lganda sodir bo‘ladi. Va nihoyat, aylanishlar chastotasining
ortishi, siqish kamerasidagi haroratning ko‘tarilishiga olib keladi.
Yuqorida keltirilgan barcha omillar aylanishlar chastotasi ortishi
bilan teshib o‘tish kuchlanishining qiymati pasayishini ko‘rsatadi.
Maksimal ikkilamchi kuchlanishning dvigatel tirsakli valining
aylanishlar chastotasiga bog‘liqligi kontaktli o‘t oldirish tizimining
ishchi tavsifnomasi deb yuritiladi. Ammo, ishchi tavsifnoma o‘t
oldirish tizimining ish qobiliyatini to‘la baholash imkoniyatini
bermaydi. Dvigatelning turli ishlash sharoitlarida o‘t oldirish tizi-
miga qo‘yiladigan talablarni ishchi tavsifnomaga mos kelishining
tahlili, yuqori kuchlanish bo‘yicha zaxira koeffitsiyentini drossel
to‘siqchasi to‘la ochiq holda ishlayotgan dvigatel tirsakli valining
aylanishlar chastotasiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Zaxira koeffi-
tsiyentining minimal qiymati o‘t oldirish tizimining eng og‘ir
ekspluatatsion rejimiga to‘g‘ri keladi. Bu rejim dvigatel nisbatan
past aylanishlar chastota va drossel to‘siqchasi to‘la ochiq holda
ishlaganda yuzaga keladi.
O‘t oldirish tizimining dvigatelni ishga tushirish jarayonidagi
ekspluatatsion rejimlari alohida e’tiborga loyiq. Dvigatelni ishga
tushirishda startyor katta tok iste’mol
qiladi va natijada akku-
mulatorlar batareyasining kuchlanishi keskin pasayadi. Ishga
tushirishning og‘ir sharoitlarida 12 V li akkumulatorning kuch-
lanishi 7—8 V gacha pasayishi mumkin. Bundan tashqari, tirsakli
valning past aylanishlar chastotasida uzgich kontaktlarining uzi-
lish tezligi kichik bo‘ladi va bu ular orasida uchqunli yoy hosil
bo‘lishiga olib keladi. Kontaktlar orasida yoy hosil bo‘lishi elek-
tromagnit energiyaning isrof bo‘lishiga va o‘t oldirish g‘altagining
birlamchi chulg‘amidan o‘tayotgan tokning uzilish tezligini ka-
maytirishga olib keladi. Buning hammasi maksimal ikkilamchi
kuchlanish qiymatini pasaytiradi. Buning ustiga, yonish kamera-
sidagi haroratning pastligi sham elektrodlari orasini teshib o‘tish
kuchlanishini oshirib yuboradi.
Ammo ishga tushirish rejimida o‘t oldirish tizimining ishlashiga
ijobiy ta’sir etuvchi omillar ham mavjud. Startyor dvigatel tirsakli
valini kichik aylanishlar chastotasi bilan aylantirganda, uzgich
kontaktlarining tutashib turish vaqti, birlamchi tokni o‘zining
83
maksimal barqaror qiymatiga erishishi uchun yetarli bo‘ladi. Bun-
dan tashqari, dvigatelni ishga tushirish vaqtida silindrlarning to‘lish
darajasi past bo‘ladi, ya’ni silindrlardagi bosim kam bo‘ladi.
Ishga tushirish jarayonida o‘t oldirish tizimining ishlashini
yaxshilash maqsadida o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘a-
miga ketma-ket qo‘shimcha qarshilik ulanadi.
Bu qarshilikda
kuchlanishning pasayishi o‘t oldirish tizimining me’yorida ishla-
shiga ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki bu omil o‘t oldirish g‘altagining
ko‘rsatkichlarida (o‘ramlar soni, ularning nisbati va h.k.) hisobga
olinadi. Startyor ulanganda qo‘shimcha qarshilik startyorning tor-
tish relesidagi maxsus kontaktlar yordamida qisqa tutashtiriladi va
o‘t oldirish g‘altagiga akkumulatorning to‘la kuchlanishi uzatiladi.
Shu yo‘l bilan, startyor ulanganda akkumulator batareyasidagi
kuchlanishning pasayishi qoplanadi.
Shunday qilib, o‘t oldirish tizimining eng og‘ir ishlash sharoit-
lari avtomobilning quyidagi ekspluatatsion rejimlariga to‘g‘ri ke-
ladi. Òo‘g‘ri uzatmada va drossel to‘siqchasi to‘la ochilgan holda
avtomobilning tezligini oshirish yoki balandlikka ko‘tarilish; dvi-
gatel tirsakli valining nisbatan past aylanishlar chastotasi; dviga-
telni ishga tushirish.
Do'stlaringiz bilan baham: