Qo’rg‘oshin-kislotali akkumulatorlar batareyasining tuzilishi
Akkumulatorlar batareyasi (1.37-rasm) yaxlitqobiq 12 da joylashtirilgan uch yoki oltita ketma-ket ulangan akkumulatorlardan tashkil topgan. Har bir akkumulator bir-biridan to’siqlar bilan ajratilgan. Akkumulatorlar batareyasining qobig‘i ebonit, termoplast, polipropilen va polistirol kabi kislotaga chi-damli, mexaniq mustahkamligi yetarli darajada yuqori bo’lgan materiallardan tayyorlanadi. Qobiqning har bir bo’limining pastki qismida musbat va manfiy plastinalar tayanadigan qovurg‘alar 13 bo’lib, ular akkumulator tubiga cho’kmalar yig‘ilganda (aktiv massa to’kilganda) plastinalarni qisqa tutashuvdan saqlaydi.
Akkumulator elementi musbat 2 va manfiy 3 plastinalardan yig‘iladi. Plastinalar asosi qo’rg‘oshin panjara bo’lib, uning quyilish xususiyatlarini yaxshilash, mexanik mustahkamligini va korroziyaga chidamliligini oshirish maqsadida tarkibiga 5-7% surma va 0,1-0,2% mishyak ( margimush) qo’shiladi. Qo’rg‘oshin panjara oralariga aktiv massa to’ldiriladi. Musbat plastinaga aktiv massa sifatida qo’rg‘oshin surigi ( Pb3,O4 ), qo’rg‘oshin oksidi ( PbO ) va sulfat kislota ( H2SO4) aralashmasi qoplansa, manfiy plastinaga qo’rg‘oshin kukuni va sulfat kislota aralashmasi suriladi. Musbat plastinaning aktiv massasi mustahkamligini oshirish uchun unga polipropilen tolalalari qo’shiladi. Manfiy plastinalardagi aktiv massaning ish jarayonida zichlashib ketishini oldini olish uchun uning tarkibiga 2% gacha kengaytiruvchi moddalar qo’shiladi. Kengaytiruvchi moddalar sifatida torf, qorakuya, paxta tarandisi va hokazolar ishlatiladi.
Oddiy akkumulatorlar batareyasining yuqorida keltirilgan kamchiliklarini bartaraf qilish maqsadida "xizmat ko’rsatilmaydigan" akkumulatorlar ishlab chiqildi. "Xizmat ko’rsatil-maydigan" akkumulatorni ishlab chiqishdagi izlanishlar asosan gaz ajralib chiqishini tezlatuvchi plastinalar tarkibidagi surmani butunlay istisno qilishga yoki miqdorini kamaytirishga yo’naltirildi. Ilmiy tadqiqotlarning natijalari, plastina panjaralari qo’rg‘oshin-kalsiy-qalay qotishmasidan tayyorlansa, akkumulatordan ajralib chiqayotgan gaz miqdorining juda kam bo’lishini ko’rsatdi. Hozirgi vaqtda sanoatda ishlab chiqarilayotgan "xizmat ko’rsatilmaydigan" turdagi akkumulatorlar batareyasida manfiy plastina panjaralari qo’rg‘oshindan quyilib unga 0,06-0,09% atrofida kalsiy va 0,1-1,0% gacha qalay qo’shiladi. Musbat plastinalarning panjarasi esa qo’rg‘oshin, 1,25% surma va 1,5% kadmiydan tashkil topgan.
Plastina panjaralarini qo’rg‘oshin-kalsiy-qalay qotishmasidan tayyorlash akkumulator ishlab chiqarish jarayonini to’la o’zgartirishni taqozo qiladi. Shuning uchun akkumulatorlar ishlab chiqarishda yo’lga qo’yilgan texnologik jarayonni saqlab qolish bilan bir vaqtda uning xususiyatlarini yaxshilash maqsadida plastina panjaralari tarkibidagi surma miqdori 2,0-2,5% gacha kamaytirilib, panjaralarning mustahkamligini oshirishga mo’ljallangan legirlovchi qo’shimchalardan mis (0,02-0,05%), oltingo’girt va selen (0,01% gacha), qalay (0,01% gacha) qo’shish bilan cheklaniladi. Bu usulda tayyorlangan akkumulatorlar "kam xizmat ko’rsatiladigan" akkumulator deb yuritiladi va ulardagi gaz ajralib chiqish, oddiy akkumulatorlarga nisbatan bir necha barobar kam bo’ladi.
"Xizmat ko’rsatilmaydigan" va "kam xizmat ko’rsatiladigan" akkumulatorlarda separatorlarning yangi turi-"separator-konvert" (1.43-rasm) o’rnatilmoqda. Bu separatorlar konvert ko’rinishida tayyorlanib, ikki yoni va ostki qismi kavsharlangan bo’ladi. Separator-konvertga akkumulatorning musbat yoki manfiy qutbli plastinasi joylashtiriladi. Bu ko’rinishdagi separatorlarni qo’llash, elektrodlarning aktiv massasidan to’kiladigan cho’kmalar orqali plastinalar orasida qisqa tutashuv bo’lishini istisno qiladi. Natijada, akkumulator yaxlit qobig‘ining tubidagi qovurg‘alarga ehtiyoj yo’qoladi. Separator-konvertlar ishlatilishi, plastina bloklarini bevosita akkumulator qobig‘ining tubiga joylashtirish va shuning hisobiga qobiq balandligini o’zgar-tirmasdan plastinalar yuzasini hamda akkumulatorga quyiladigan elektrolit miqdorini oshirish imkonini beradi. Bu esa, o’z navbatida, akkumulatorlar batareyasining sig‘imini ortishiga olib keladi.
Akkumulatorlar batareyasining tuzilishi va ko’rsatkichlari ma’lum texnik talablarga javob berishi kerak va ular shu talablarga mos ravishda belgilanadi. Rossiyada ishlab chiqilgan akkumulatorlar batareyasining belgisidagi birinchi son (3 yoki 6) ketma-ket ulangan akkumulator elementlarining sonini bildirib, u akkumulatorlar batareyasining nominal kuchlanishini (6 yoki 12 V) ko’rsatadi. СТ harflari akkumulatorni startor akkumulatorlar batareyasi ekanligining belgisidir. Keyingi son akkumulatorning 20 soatli tartibotda razryad qilingandagi nominal sig‘imini (A soat da), harflar - qobiq materialini ( Э-ebonit, T-termoplast, П-polietilen), separatorlar materialini ( М-miplast, Р-mipor, П-plastipor, С-shisha paxta) bildiradi. Akkumulator belgisida qo’shimcha harflar bo’lishi mumkin,
Do'stlaringiz bilan baham: |