Avtomobil elektr jihozlariga qo‘yiladigan asosiy texnik talablar


Kontaktsiz-tranzistorli kuchlanish



Download 0,76 Mb.
bet63/103
Sana11.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#349467
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   103
Bog'liq
mashinalar elektronikasi

Kontaktsiz-tranzistorli kuchlanish

rostlagichlari

Kontaktsiz-tranzistorli kuchlanish rostlagichlarining umumiy sxemasi 1.30-rasmda keltirilgan. Sxemada o‘lchov elementi vazifasini R1 va R2 qarshiliklar, taqqoslash (sezuvchi) element vazifasini esa stabilitron VD1 bajaradi.

Generator kuchlanishi belgilangan rostlanish kuchlanishidan past bo‘lganda, stabilitron VD1 teskari tomonga tok o‘tkazmaydi (ya’ni stabilitron yopiq). Stabilitron VD1 yopiq bo‘lganda,

tranzistor VT1 ham yopiq bo‘ladi, chunki uning baza toki zanjiri uzilgan. Bu holda tranzistor VT2 ochiq bo‘ladi, chunki unda baza toki mavjud bo‘ladi va u quyidagi zanjir orqali o‘tadi: "+" qutb - tranzistor VT2 ning emitter-baza o‘tish joyi - RB qarshilik - "-" qutb.

Ochiq tranzistor VT2 ning qarshiligi keskin kamaygan emitter - kollektor o‘tish joyidan uyg‘otish chulg‘amiga tok o‘tadi va aylanishlar chastotasi ortishi bilan generatorning kuchlanishi o‘sa boshlaydi. Generatorning kuchlanishi belgilangan qiymatga yetganda, stabilitron VD1 teshiladi va teskari tomonga ham tok o‘tkaza boshlaydi. Stabilitron VD1 ning teshilishi tranzistor VT1 ning ochilishiga olib keladi, chunki unda baza toki hosil bo‘ladi. VT1 tranzistorning emitter-kollektor o‘tish joyi orqali VT2 tranzistorning bazasiga musbat potensial uzatiladi va natijada VT2 yopiladi. Endi uyg‘otish chulg‘amiga tok qo‘shimcha qarshilik RQ orqali o‘tadi. Uyg‘otish toki kamayadi, generator kuchlanishi pasayadi, stabilitron VD1 yana oldingi holiga qaytib yopiladi. VT1 tranzistor ham yopiladi, VT2 tranzistor ochiladi va tok uyg‘otish chulg‘amiga yana VT2 tranzistorning emitter-kollektor o‘tish joyi orqali o‘tadi. Uyg‘otish toki ortadi va generator kuchlanishi yana o‘sadi. Bu jarayon davriy ravishda juda katta tezlik bilan davom etadi va generatorning kuchlanishi belgilangan rostlanish qiymati darajasida ushlab turiladi.


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish