Moy sarfini ko’payishi. Klapanlar moy qaytaruvchi kal’achoklarini, tsilindr porshen guruhi detallarini yeyilishi hamda karterda moy sathini koptarilib ketishi natijasida yonish kamerasiga moyni tushishi va birikmalardan tomishi sababli moy sarfi ko’payadi. Moy sarfi avtomobillarni 100 km. bosib o`tgan yo`liga moy sarfi VAZ dvigatellari uchun 40...50 g dan GAZ-53A dvigateli uchun 150 g, zil-130 dvigateli uchun 200 g, Kamaz-740 dvigateli uchun 300 g dan ko’p bo`lmasligi lozim. Agar moy sarfi 100 km bosib o`tgan yo`lga VAZ dvigatellari uchun 200 g dan oshsa (moy qaytaruvchi kol’achok yeyilmagan bo`lish sharti bilan) tsilindr porshen guruhi ta`mirlanadi. Bundan tashqari moy sarfi avtomobilni chiniqtirayotganda 5000 km yo`l bosib o`tishgacha ko’payishi mumkin.
Dvigatel karterini shamollatish tizimi ishini buzilishi. Moy qaytaruvchini, karter gazlarini so`rib oluvchi potrubkalar, korbyuratorni zolotnikli qurilmasi ifloslanganda, moylash tizimidagi bosim oshib, ketganda moy sarfi ko’payganda hamda moy havo filtri va korbyuratorga tushganda dvigatel karterini shamollatish tizimini ishi buziladi. Shamollatish tizimidagi nosozliklarni bartaraf qilish uchun tizimni tozalash, moy qaytaruvchi, karter gazlarini so`rib oluvchi trubka va korbyuratorni zolotnikli qurilmasini benzin bilan yuvish va siqilgan havo bilan ‘udash lozim.
Moylash tizimiga TXK. Kundalik texnik xizmat koprsatishda moylash tizimidagi moy sathi va uning sifati tekshiriladi. Moy sathini shchup yordamida o`lchanadi, unda «max» va «min» belgilari bo`lib, moy sathi ular o`rtasida bo`lishi lozim. Moy sifatini rangi, qovushqoqligi va ifloslanishiga qarab aniqlanadi. Moy rangi qoramtir, suyulgan va tarkibida iflosliklar bo`lsa almashtirish zarur.
Dvigatel karteridagi moy avtomobilllarni ishlash sharoitiga, moy sifatiga, detallarni yeyilishi darajasiga qarab 1500...15000 km, ba`zi xorijiy firmalar moyi ishlatilgan bo`lsa unda ham ko’proq yo`l bosib o`tganda almashtiriladi.
Dvigatel ishlash jarayonida yonilg`i to`la yonmasligi va cho`kmalar moyni oksidlanishi natijasida moylash tizimida qoldiqlar to`planadi. Moydagi qo`shimchalar ham qoldiq to`planishiga imkoniyat yaratadi. Texnik xizmat koprsatishda qo`yilgan yangi moy yuvish xususiyatiga ega bo`lib, tizimdagi qoldiqlarni yuvadi va shu bilan birga moyni ifloslantiradi. Dvigatelni salt yurishda sovutish suyuqligini va moyni past haroratida uzoq muddat ishlatish jadal qoldiq hosil bo`lishiga olib keladi. Dvigatelni keyingi katta aylanalarda va yuqori haroratlarida ishlatish yumshoq qoldiqlarni cho`kmalarni qotishiga, qattiqlashishiga olib keladi. Cho`kmalar moy uzatmalari to`lib qolishiga, vkladishlarni yeyilishiga va porshen xalqalarini o`tirib qolishiga va boshqalarga olib keladi.
Moylash tizimini cho`kmalardan tozalash, ya`ni tizimni yuvish kerakli texnologik operatsiyadir, u asosan mavsumiy xizmat koprsatish boshqa markadagi moy quyishda zarurdir. Dvigatelni moylash tizimini yuvish motor moyini fizik-kimyoviy koprsatkichlarini yomonlashi bilan sekinlashtiradi, dvigateldagi kompressiyani oshiradi, moy sarfini va uni kuyishini kamaytiradi, moylash tizimi ishini yaxshilaydi. Moylash tizimidagi moy to`la to`kilishi uchun uni suyultirish maqsadida dvigatel 80...900S gacha qizdiriladi. So`ng moy quyish bo`g`izidagi qo’qoq olib qo`yiladi va karterdagi rezbali tiqin ochilib ishlangan moy vannaga to`kiladi. Moy to`la to`kilishi uchun 10 daqiqa kutish lozim. YAngi moy quyishdan oldin UZAM-412 dvigatellarida filtr elementlari, VAZ larda filtr, yuk avtomobillarida dag`al filtr elementlari almashtiriladi, markazdan qochma filtrlar tozalanadi va karterdagi rezbali tiqin o`rniga qotiriladi. Karterga shchupni «max» koprsatkichigacha moy quyiladi va bo`g`iz qo’qog`i berkitiladi. Dvigatelning ishga tushirib 3...5 daqiqa ishlatgandan so`ng to`xtatiladi va o`n daqiqadan so`ng moy sathi tekshiriladi, lozim bo`lsa «max» belgigacha qo`shimcha moy quyiladi. Avtomobil 20000...30000 km yo`l bosib o`tgandan so`ng keyingi moy almashtirish vaqtida karterni shamollatish tizimi detallarini mahkamlanganligini tekshirish va uni detallarini (ichaklar, havo filtri korpusidagi potrubka, moy ajratuvchi, uchqun o`chiruvchi, zolotnik, karbyuratordagi karter gazini uzatishni sozlovchi) benzin bilan yuvish va tozalash hamda moylash tizimini yuvish lozim.
Dvigatel moylash tizimini yuvish. Moylash tizimini yuvish uchun kam qovushoqli (6-8 mm2 /soat) maxsus qo`shimchali moylardan foydalaniladi. Rossiya tomonidan VNIIN’-FD, MS’-1 yoki M’T-2m VNIIN’-113/3 «FIAT» (Italiya) firmasi tomonidan «Olifiat L-20», «SHell» firmasi tomonidan «SHell Donaks», karbyuratorli dvigatellarni moylash tizimini yuvish uchun yuvuvchi moylar ishlab chiqariladi. YUvuvchi moylar bo`lmaganda 50% dizel yonilg`i va 50% kam qovushqoqli motor moyidan yoki 45% Uayt-s’irt, 45% mashina moyi va 10% atsetonli aralashmadan foydalanish mumkin. Dizel dvigatellarini yuvish uchun D’-8 va D’-11 moyi regeneratoridan foydalanish mumkin. KamAZ avtomobillarini dvigatelini yuvish uchun 60% dizel yonilg`isi va 40% dizel moyi aralashmasidan foydalanish mumkin. Dvigatel yurgiziladi va uning 70...800S haroratgacha qizdiriladi, moy karter va filtrlardan moy to`kish teshigi orqali to`kiladi. Mayin filtrlar elementlari almashtiriladi, dag`al filtr dizel yonilg`isida obdan yuviladi va siqilgan havo yordamida ‘udaladi. Filtrlar yig`ilib o`rniga qo`yiladi, shundan so`ng dvigatel karteriga kerakli sathgacha yuvuvchi moy yoki yuqoridagi aralashma quyiladi. Dvigatel yurgiziladi va tirsakli valni kichik aylanishida yuvuvchi moy 20 daqiqa (aralashma) 5 daqiqa ishlatiladi. So`ng dvigatel to`xtatilib yuvuvchi moy yoki aralashma to`kib yuboriladi. Dag`al filtr qismlarga bo`linib uning elementlari yuviladi. Mayin filtrni elementlari almashtiriladi. Bu ishlar tugagandan so`ng karterga dvigatelga mos markadagi moy quyiladi va tizim moy bilan to`lishi uchun salt yurishda ishlatiladi. Dvigatel to`xtatilib moy sathi tekshiriladi, lozim bo`lsa me`yoriga keltiriladi. Moylash tizimiga 1-TXK da asboblar va moy trubkalarini germetikligi tekshiriladi. Dvigatel qizdiriladi, moy filtridan cho`kindi to`kiladi va uning korpusi tozalanadi va yuviladi. Grafik bo`yicha dvigatel karteridagi moy va filtrlovchi elementlari almashtiriladi, markazdan qochma filtrlar elementlari yuviladi.
Moylash tizimining ishonchli ishlashi ko’pgina hollarda filtrlarni holatiga bog`liq. Zamonaviy avtomobillarni ko’pchiligida mayin va dag`al filtrlar (markazdan qochma) ishlatiladi.
2-TXK da mayin tozalash filtrlarini elementlari almashtiriladi, markazdan qochma filtrlar qismlarga bo`linib uning elementlari yuviladi. Odatiy Ekspluatatsiya sharoitida markazdan qochma filtr soz ishlaganda 10000...12000 km yo`l bosib o`tgandan so`ng rotor qal’og`ida 150...200 g (4 mm qalinlikka 100 g ifloslik to`g`ri keladi), og`ir sharoitlarda 600 g gacha ifloslik to`planadi. Ifloslikni to`planmasligi rotorni aylanmaganligini koprsatadi va ifloslik aylanuvchi moy bilan yuvilib ketadi. Bu Zil-130 avtomobilida kojuxni barashkali gaykasini qattiq qotirish, KamAZ avtomobillarida esa rotorni qotirish gaykasini o`z-o`zidan bo`shab ketishi tufayli bo`lishi mumkin.
KamAZ avtomobili markazdan qochma filtrni yig`ishda muvozanat bo`zilishini oldini olish uchun qal’oqni usti tomonidagi belgi va rotor asosidagi belgi bir-biriga mos tushishi kerak. Aks holda 5000 ayl g`min chastota bilan aylanayotgan filtr qattiq titraydi va uni ishi yomonlashadi. To`g`ri yig`ilgan va toza filtr dvigatel to`xtagandan so`ng rotor o`ziga xos tovush chiqarib 2...3 daqiqa aylanib turadi.
Moylash tizimi detallarini ta`mirlash. Moylash karterini asosiy nosozliklari teshilishi, pachoqlanishi. Karter teshilganda va pachoqlanganda avtomobildan yechib olinadi. Karterni teshilgan joyi gaz gorelkasi yordamida payvandlanadi. pachoqlangan karter bolg`a yordamida to`g`irlanadi. Moy qabul qilgichni asosiy nosozliklari: moy qabul qilgich to`rini berkilib qolishi, to`rni yirtilishi, qabul qilgich trubkasini egilishi, teshilishi va siljishi. Moy qabul qilgich nosoz bo`lganda, yangisiga almashtiriladi. Moylash tizimida moy nasosi va uning uzatmasi nosozligi tufayli bosim tushib ketsa moy nasosi ta`mirlanadi yoki almashtiriladi. Moy nasosini ta`mirlashda uni dvigateldan yechib olinadi, qismlarga ajratiladi, detallarni holati tekshiriladi, nosoz detallar yangisiga almashtiriladi, moy nasosi yig`iladi, ishlash qobilyati tekshiriladi va avtomobilga o`rnatiladi. Yuk avtomobillari va ba`zi yengil avtomobillar (VAZ-2105, 2106, UZAM-331 va 412 dvigatellarida) moy nasosi dvigatelni avtomobildan olinmagan holda yechib olinadi, VAZ-2108, 2109, MeMZ-245, NEKSIYA va TIKO avtomobillarida moy nasosi avtomobildan olingan dvigateldan yechib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |