Defoliatsiya



Download 17,59 Kb.
Sana29.05.2022
Hajmi17,59 Kb.
#618013
Bog'liq
....


Defoliatsiya — hosilni mashinalar yordamida yigʻib-terib olishni osonlashtirish uchun oʻsimlik barglarini sunʼiy ravishda toʻktirish. D. uchun kimyoviy moddalar — defolianshlarlan foydalaniladi, ular oʻsimliklar barglarida qarish yoki tabiiy toʻkilish yuz beradigan jarayonlarga oʻxshash hodisalarni sodir etadi. Bu jarayonda barglarda xlorofill miqdori kamayadi, fotosintez keskin susayadi, organik moddalar hosil boʻlish jarayoni buziladi, suv bugʻlanishi kuchayadi, oqsil va b. birikmalar parchalanishidan hosil boʻladigan mahsulotlar koʻpayadi. Bu birikmalar barg plastinkasi orqali oqib, barg bandi ajratuvchi qavati xoʻjayralarining yakkalanib qolishiga olib keladi va barg oʻz ogʻirligi taʼsirida toʻkiladi. Barglar kimyoviy preparatlar yordamida toʻkilsa, ekin qator oralaridan shamol oʻtishi yaxshilanadi, havoning nisbiy namligi kamayadi. D.dan soʻng barglar uzogi bilan 10—12 kunda qurib toʻkiladi. D. (terimga kadar 20 sutka oldin) gʻoʻza, manzarali va mevali daraxtlar, vino olishga moʻljallangan tokzor (terimga qadar 20 sutka oldin), urugʻlik lyupin, evkomiya va b.ni D. qilish yaxshi natija beradi. Gʻoʻzani D. qilish oʻsimlik ochilgan koʻsaklar soniga qarab utkaziladi (55—60% kusaklar ochilgan bulishi kerak). Barvaqt yoki kechikib qilingan D. (kusaklar pishmasdan yoki ochilmasdan) natijasida toʻla shakllanmagan koʻsaklarga oziq moddalar yetib bormaydi, ular qurib, toʻkilib ketadi, natijada paxta hosili kamayadi, tola hamda urugʻlik chigit sifati yomonlashadi. Ayniqsa, havoning oʻrtacha sutkalik harorati 15°va undan past, kechikkan D. da barglar toʻliq toʻkilmaydi. Dori purkash normasi gʻoʻzaning turi, navi, boʻyi, hosil shoxlari soni, ularning qay darajada rivojlanganligi, koʻchat qalinligi, ishlov berish muddatlari, kuzning kelishi, xullas, barcha shartsharoitlar hisobga olingan holda aniq belgilanishi ke-rak. Bunda har bir gʻoʻza paykali uchun alohida-alohida normalar va muddatlar belgilanadi. D.da preparat tekkan barglargina toʻkiladi, shu sababli gʻoʻzaning hamma barglari bir meʼyorda hoʻllanishiga erishish zarur. Gʻoʻzani D. qilishda kalsiy xlorat-xlorid, magniy xlorat (6–10 kg/ga), "Sihat" (natriy xlorat asosida; 13–16 kg/ga), dropp (0,3—0,7 kg/ga), dropp ultra (0,6—0,8 l/ga) va b. preparatlar qoʻllaniladi. Sutkalik oʻrtacha harorat 17— 20° da preparatlar yaxshi taʼsir koʻrsatadi. Havo harorati 17° dan past boʻlganda defoliantlar miqdori 15 — 20% oshiriladi. Shudring defoliantlar taʼsirini oshiradi, yomgʻir esa, aksincha, uni kamaytiradi. D. qilishda traktorga osiladigan purkagichlardan keng foydalaniladi. Ish suyukligi sarfi traktor purkagichlarda 300—400 l/ga.
Gʻoʻzani oʻz vaqtida D. va desikatsiya qilish paxta hosilini mashinalar yordamida terib olish uchun sharoit yaratadi, hosilning asosiy qismi (90% dan koʻprogʻi)ni sovuq tushgunga qadar terib olishga imkon beradi. D.dan soʻng paxta terish mashinalarining ish unumdorligi 15—20% oshadi.
Download 17,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish