Moylash tizimiga texnik xizmat koprsatish va joriy ta`mirlash
Moylash tizimi nosozliklari. Moylash tizimini asosiy nosozliklari birikmalardan moyni oqishi (tomishi), moy bosimini oshishi yoki pastligi hatto uni bo`lmasligi, moy sarifini ko’payishi hamda dvigatel karterini shamollatish tizimi ishini buzilishidir. Moylash tizimidan moy oqishini dvigatelni tashqi koprish va avtomobil turgan joyidagi moy dog`iga qarab bilish mumkin. Nosozlik birikmaning qotirish elementlarini tortish bilan bartaraf qilinadi.
Tizimdagi moy bosimini oshishi mos bo`lmagan qovushqoqligi talab qilinganidan yuqori bo`lgan moyni ishlatish, moy uzatmalarini nosozligi va ifloslanishi hamda reduktsion klapanni berk holida qotib qolishi natijasida oshib ketadi. qizitilgan dvigatelda (moy harorati taxminan 800S) tirsakli valni maksimal aylanish sonida normal bosim yengil avtomobillar uchun 0,35...0,45 MPa, KamAZ-740 dvigatelida tirsakli valni 2600 ayl/min aylanishida 0,45...0,5 MPa bo`lishi lozim. Bosim asboblari shitidagi koprsatkich yoki qizil lampa bilan nazorat qilinadi. Lampa bosim me`yoridan pasayganda yonadi.
Moy bosimini pasayishi. Moy suyulib ketganda, tirsakli valni shatun va o`zgan podshipniklarida moy nasosi shesternyalarida yeyilish katta bo`lganda, reduktsion klapan zich yo’ilmaganda yoki ochiq holatda qotib qolganda moy bosimi pasayib ketadi.
Tirsakli valni minimal aylanishlarida moyni me`yoriy (normal) bosimi GAZ-53A dvigatelida 0,09-0,06 MPa gacha, ZIL-130 da 0,06-0,03 MPa gacha, VAZ-2108 da 0,08-0,03 MPa gacha VAZ ni boshqa modifikatsiyalarida 0,05-0,02 MPa gacha tushganda qizil lampa yonadi. Bosim juda pasayib ketganda uni kamayish sabalarini aniqlab bartaraf qilish lozim.
Tizimda umuman moy bosimi yo`q. Tizimda umuman moy bosimini bo`lmasligini asosiy sababi moy nasosini yoki uni uzatmasini nosozligidir. VAZ-2105 va 2106 dvigatellarida nasos uzatmasi valini va shesteriyasini shlitsali birikishini ularni yeyilishi tufayli buzilishi sababli moy nasosi ishdan chiqishi mumkin.
Agar tizimdagi moy bosimi birdaniga tushib ketsa, darrov dvigatelni to`xtatish va moy sathini tekshirish lozim. Moy sathi me`yorida bo`lsa, unda moy datchigini bo`shatib olib starter yordamida tirsakli valni aylantirish lozim: moy oqimi bosim ostida otilsa datchik nosoz, uni almashtirish lozim. Moy chiqmasa, demak moy tizimga uztilmayotganini bildiradi. Bunday holatda moy nasosi va uni uzatmasini tekshirish lozim.
Moy bosimini koprsatkichi yoki nazorat lampasi yonishi bo`yicha moy bosimi umuman bo`lmaganda avtomobilni o`zini yurgizish mumkin emas. Agar moy datchigi yoki nazorat lampasi nosozligi bo`yicha moy bosimi yo`q bo`lgan hollarda avtomobilni garajga yoki ustaxonaga yurgizib borish mumkin, yo`lda bosimni tushib ketish sababi aniqlanmasa, unda avtomobilni shatakka olib texnik xizmat koprsatish ustaxonasiga olib kelinadi. SHuni esdan chiqarmaslik kerakki, bosim bo`lmaganda avtomobilni oz miqdorda yurgizish dvigatelni jiddiy shikastlanishiga (vkladishlarni aylanib ketishi, tirsakli va taqsimlash vallarini qotib qolishi) va uni ta`mirlash harajatlarini ko’payishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |