Avtomatika asoslari va ishlab cнiqarisн jarayonlarini avtomatlasнtirisн



Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/206
Sana30.12.2021
Hajmi8,51 Mb.
#91822
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   206
Bog'liq
avtomatika asoslari va ishlab cniqarisn jarayonlarini avtomatlasntirisn

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
8-BOB.  AVTOMATIK ROSTLAGICНLAR 
 
8.1. Avtomatik rostlagichlar haqida tushuncha va ularning turlari 
 
 Avtomatik  rostlagichlar  sanoatning  turli  sohalarida  texnologik  jarayonlarni 
avtomatlashtirishda  keng  ishlatiladigan  texnikaviy  vositalar  hisoblanadi. 
Rostlagichlarni  klassifikatsiyalash  rostlanuvchi  miqdorning  turi,  rostlagichning 


 
91 
ishlash  usuli,  ishlatiladigan  energiya  turi,  ijro  etuvchi  mexanizmning  rostlovchi  
organiga  ko‘rsatiladigan  ta’sirning  xarakteri,  rostlagich  ishining  tavsifnomasi 
(rostlash qonuni) kabi xususiyatlarga asoslanadi. 
Rostlanuvchi  miqdorning  turiga ko‘ra  rostlagichlar  quyidagilarga  bo‘linadi: 
bosim,  sarf,  sath,  namlik  va  kabi    rostlagichlar.  Ishlash  usuliga  ko‘ra  bevosita  va 
bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar mavjud. Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi 
organini  ishga  tushirish  uchun  rostlanuvchi  ob’ektdan  olingan  energiyaning  o‘zi 
bilan ishlovchi rostlagichlar  bevosita ta’sir qiluvchi rostlagich deb ataladi. Agar 
ijro  etuvchi  mexanizmning  rostlovchi  organini  ishga  tushirish  uchun  qo‘shimcha 
energiya  kerak  bo‘lsa,  bilvosita  ta’sir  qiluvchi  rostlagichlar  ishlatiladi. 
Foydalaniladigan energiya turiga ko‘ra rostlagichlar elektr, pnevmatik, gidravlik va 
aralash (elektr-pnevmatik, pnevmo-gidravlik va xokazo) rostlagichlarga bo‘linadi.  
       Ijro  etuvchi  mexanizmning  rostlovchi  organiga  ko‘rsatiladigan  ta’sirning 
xarakteri  jihatidan  rostlagichlar  uzlukli  va  uzluksiz  ishlovchi  bo‘ladi.  Uzlukli 
ishlovchi  rostlagichlarda  ijro  etuvchi  mexanizmning  faqat  rostlovchi  organi 
rostlanuvchi miqdorning uzluksiz muayyan qiymatida harakat qiladi. Rostlanuvchi 
miqdorning o‘zgarishi va rostlovchi ta’sir o‘rtasidagi bog‘lanish ( 
yoki 
ijro 
etuvchi  mexanizm  rostlovchi  organining  harakati),  ya’ni  rostlash  qonuni  nazarda 
tutilgan  ish  tavsifnomasiga  ko‘ra  rostlagichlar  pozitsion,  integral  (astatik), 
proportsional  (statik),  izodrom  (proportsional-integral),  proportsional-differitsial 
(oldindan  ta’sir  etuvchi  statik),  proportsional-integral-differintsial  (oldindan  ta’sir 
etuvchi  izodrom)  bo‘ladi.Rostlanuvchi  miqdorni  vaqt  davomida  talab  qilingan 
chegarada  saqlab  turish  jihatidan  rostlagichlar  stabillovchi,  programmali  va 
kuzatuvchi  rostlagichlarga  bo‘linadi.  Stabillovchi  rostlagichlar  rostlanuvchi 
miqdorning  berilgan  qiymatga    (ma’lum  darajadagi  xato  bilan)  tenglashishini 
ta’minlaydi.  Programmali  rostlagichlar  maxsus  programmali  topshiriq  bergich 
yordamida  rostlanuvchi  miqdorning  vaqt  bo‘yicha  avvaldan  ma’lum  bo‘lgan 
programma  (qonun)  bo‘yicha  o‘zgarishini  ta’minlaydi.  Bu  programma  texnologik 
reglament  talablariga  muvofiq  tuzilgan  bo‘ladi.  Kuzatuvchi  rostlagichlarda 


 
92 
rostlanuvchi  miqdorning  vaqt  bo‘yicha  o‘zgarishi  rostlagich  topshiriq  bergichga 
bilvosita ta’sir qiluvchi boshqa kattalikning o‘zgarishiga mos bo‘ladi. 
Haroratni  avtomatik  rostlashning  funktsional-strukturaviy  sxemasi    8.1-
rasmda  keltirilgan.  Ishlash  printsipi  quyidagicha:  Birlamchi  o‘zgartirgich-O‘ 
(harorat datchigi) boshqarish ob’ektidagi (BO) haroratni o‘lchab boradi va signalni 
taqqoslash  organiga  (TO)  uzatadi.  Taqqoslash  organi  signalni  (haroratni  oldindan 
belgilangan qiymati bilan) solishtirib boradi. Agar chiqayotgan harorat belgilangan 
qiymatga  mos  kelsa,  u  holda  signal  kuchaytirgich  organi  (KO),  ijrochi 
mexanizmlar  (IM)  va  teskari  aloqa  (TA)  orqali  yana  taqqoslash  organiga  (TO) 
uzatiladi.  Agarda  signal  belgilangan  qiymatga  mos  kelmasa,  u  holda  signal 
kuchaytirgich  organi  va  ijrochi  mexanizmi  orqali  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  boshqarish 
ob’ektiga (BO) uzatiladi va unga kerakli topshiriqni beradi. Avtomatika rostlagichi 
(shtrix  bilan  belgilangan)  bilan  boshqarish  ob’ekti  (BO)  Avtomatik  boshqarish 
tizimini (ABT) tashkil etadi (8.1-rasm). 

Download 8,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish