Avtomatika asoslari va ishlab cнiqarisн jarayonlarini avtomatlasнtirisн



Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/206
Sana30.12.2021
Hajmi8,51 Mb.
#91822
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   206
Bog'liq
avtomatika asoslari va ishlab cniqarisn jarayonlarini avtomatlasntirisn



 

 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
 
 
 
 
Vaxidov Abdunabi Xudoyberdievich 
 
 
AVTOMATIKA ASOSLARI VA ISHLAB CНIQARISН 
JARAYONLARINI AVTOMATLASНTIRISН  
 
Qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlarining 
5430100 – “Qishloq xo‘jaligini 
mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun
  uchun darslik 
 
 
 
 
 
 
 
 
  
   
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSNKЕNT- 2014 y. 
 


 

 
 
 
UDK                621.211 – 52(075.8) 
 
Takrizchilar: t.f.d. prof. S.F. Amirov. t.f.n. dots., R.T.Gazieva 
 
 
KIRISH 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizning 
o‘z  davlat  mustaqqiligini  qo‘lga  kiritish  arafasida  va  undan  keyingi  dastlabki 
oylarda olib borgan jo‘shqin va serqirra siyosiy-ijtimoiy faoliyatini aks ettiradigan, 
“O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” deb nomlangan kitobi tayyorlanib, 
2011  yilda  nashrdan  chiqdi.  Unda  davlatimiz  rahbarining  ayni  shu  murakkab 
tarixiy davrda so‘zlagan ma’ruza va nutqlari, suhbat, maqola va intervyulari o‘rin 
olgan /1/. 
Ushbu  kitobdan  o‘rin  olgan  chiqishlarning  ahamiyatga  loyiq  g‘oyat  muhim 
jihati shundaki, ularda muallif doimo o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘yib, marrani 
baland  olib  faoliyat  yuritgani  alohida  ko‘zga  tashlanadi.  Yurtimizdagi  mavjud 
holatini  shunchaki  nomiga  emas,  aksincha,  tubdan  o‘zgartirish,  O‘zbekistonni 
nafaqat  iqtisodiy,  balki  tom  ma’nodagi  suveren  va  mustaqil,  kelajagi  buyuk 
davlatga  aylantirish,  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotiga  to‘laqonli  a’zo  bo‘lib, 
dunyo  hamjamiyatidan  mustahkam  o‘rin  egallash,  xalqimiz  uchun  dunyoda  hech 
kimdan kam bo‘lmagan hayot sharoitlari yaratishdek bugungi kunda real voqelikka 
aylangan ulug‘ maqsadlarni bu mard va jasur inson o‘sha yillardayoq ko‘ngliga jo 
etib, shu yo‘lda butun borlig‘i bilan intilib yashaganini ana shu chiqishlar isbotlab 
turibdi. 
Yuqoridagilarni  amaldagi  isboti  sifatida  Muhtaram  Prezidentimiz  Islom 
Karimovning 
mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari 
va  2014  yilga  mo‘ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor 
yo‘nalishlariga  bag‘ishlangan  Vazirlar  Mahkamasining  majlisidagi  ma’ruzasida 
quyidagilar ta’kidlab o‘tildi.  


 

Mamlakatimiz  yalpi  ichki  mahsuloti  8  foizga  o‘sdi,  sanoat  mahsulotlari 
ishlab  chiqarish  hajmi  8,8  foizga,  qishloq  xo‘jaligi  –  6,8  foizga,  chakana  savdo 
aylanmasi  –  14,8  foizga  oshdi.  Inflyatsiya  darajasi  prognoz  ko‘rsatgichidan  past 
bo‘ldi va 6,8 foizni tashkil etdi.  
Yurtimizda  qabul  qilingan  2011-2015  yillarda  sanoatni  ustuvor  darajada 
rivojlantirish  dasturi  va  ishlab  chiqarishni  modernizatsiya  qilish,  texnik  va 
texnologik  yangilashga  doir  tarmoq  dasturlarining  izchil  amalga  oshirilishi 
natijasida  sanoat  tarkibida  yuqori  qo‘shimcha  qiymatga  ega  bo‘lgan,  raqobatdosh 
mahsulotlar  tayyorlayotgan  qayta  ishlash  tarmoqlarining  o‘rni  tobora  ortib 
bormoqda.  Bugungi  kunda  mamlakatimizda  ishlab  chiqarilayotgan  sanoat 
mahsulotlarining  78  foizdan  ortig‘i  aynan  ana  shu  tarmoqlar  hissasiga  to‘g‘ri 
kelmoqda.  
2013  yilda  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  hajmi  2000  yilga 
nisbatan  2,3  barobar  ko‘paydi.  Faqat  o‘tgan  yilning  o‘zida  qishloq  xo‘jaligi 
mahsulotlari  ishlab  chiqarish  6,8  foizga,  jumladan,  dehqonchilik  –  6,4  foizga, 
chorvachilik – 7,4 foizga o‘sdi.  
Qishloq  xo‘jaligining  o‘zida  keng  ko‘lamli  o‘zgarishlar  va  sifat  jihatdan 
yangilanishlar  yuz  bermoqda.  Yurtimizda  ekin  maydonlarini  optimallashtirish  va 
qishloq  xo‘jaligi  ekinlarini  rayonlashtirish  borasida  har  tomonlama  puxta 
o‘ylangan siyosat olib borilayotgani eng muhim xomashyo va eksportbop mahsulot 
bo‘lmish paxta yetishtirishning nisbatan barqaror hajmini saqlagan holda, boshqa 
qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlari  yetishtirishni  bir  necha  barobar  ko‘paytirish 
imkonini  berdi.  Eng  muhimi,  xalqimizni  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan  to‘liq 
ta’minlashga  zamin  tug‘dirdi,  kerak  bo‘lsa,  ularni  chet  mamlakatlarga  eksport 
qilishga  imkon  bermoqda.  Xususan,  g‘alla  yetishtirish  2000  yilga  nisbatan  2 
barobar, kartoshka – 3,1 marta, sabzavot – 3,2 barobar, uzum – 2 marta, go‘sht va 
sut – 2,1 karra, tuxum – 3,4 barobar oshdi.  
O‘tgan  2013  yilda  mirishkor  dehqon  va  fermerlarimizning  fidokorona 
mehnati  bilan  misli  ko‘rilmagan  natijalarga  erishildi  –  7  million  800  ming  tonna 
g‘alla,  8  million  400  ming  tonna  sabzavot  yetishtirildi.  Mamlakatimizning  ulkan 


 

xirmoniga 3 million 360 ming tonnadan ortiq paxta xomashyosi yetkazib berildi 
/ 2 
/. 
Agrar sohada ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, uning moddiy - texnik 
bazasini  rivojlantirish  ilmiy-texnik  taraqqiyotning  asosiy  omillaridan  biri 
hisoblandi.  Qishloq  va  suv  xo‘jaligi  tizimini  boshqarishning  texnik  jixatlarini, 
bugungi  kunda,  energiyaning  eng    qulay,  shu  bilan  birga  noyob  turi  hisoblangan 
elektr 
energiyasisiz, 
va 
o‘z  navbatida  ishlab  chikarish  jarayonlarini 
avtomatlashtirishsiz tasavvur etish qiyin.  
 Qishloq  va  suv  xo‘jaligidagi  ko‘plab  tarmoqlarda  qo‘llanilayotgan  ilg‘or 
texnologiyalar  ishlab  chiqarishning  avtomatlashtirilgan  boshqaruv  tizimlaridan 
foydalanishni  talab  qiladi.  Shuning  uchun  soha  bo‘yicha  tayyorlanayotgan 
mutaxassislar  avtomatika  asoslari,  texnik  vositalari,  funktsional  elementlari, 
avtomatik  nazorat,  avtomatik  rostlash,  avtomatik  boshqaruv  tizimlari,  operativ 
xizmat  tarmog‘i  xamda  kishlok  xujaligi  ishlab  chikarish  jarayonlarini 
avtomatlashtirish haqida maxsus bilimga ega bo‘lishlari zarur. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 8,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish