1.1- rasm. O‘lchash o‘zgartirgichlarining strukturaviy
bog‘lanish sxemasi.
1.2. Avtomatika elementlari va ularning asosiy ko‘rsatgichlari
Mexanik
ko‘rsatgichlar
Kimyoviy
ko‘rsatgichlar
Fizik ko‘rsatgichlar
Teploenergetik
ko‘rsatgichlar
Elektroenergetik
ko‘rsatgichlar
Bi
rl
amc
h
i
o‘z
gar
ti
rg
ich
-
lar
O
ra
li
q
o‘
zg
ar
-
tir
g
ich
lar
Takomillashgan
chiqish signali
Pn
ev
ma
ti
k
E
lek
tr
ik
Diskretli
chiqish signali
7
Avtomatika elementi deb o‘lchanayotgan fizik kattalikni birlamchi
o‘zgartiruvchi moslamaga aytiladi. Avtomatika elementlari to‘rt xil strukturaviy
belgilanish sxemalaridan iborat bo‘ladi (1.1- jadval):
a) oddiy bir martali (birlamchi) to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zgartirish;
b) ketma-ketli to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zgartirish;
v) differentsial sxemali;
g) kompensatsion sxemali.
Oddiy o‘lchash o‘zgartirgichlari bir dona elementdan tashkil topgan bo‘ladi.
Ketma-ketli o‘zgartgichlarda esa oldindagi o‘zgartirgichning kirish ko‘rsatgichi
keyindagi o‘zgartgichning chiqishi hisoblanadi. Odatda birlamchi o‘zgartirgich
sezgirlik elementi (SE), oxirgi (keyingi) o‘zgartirgich esa chiqish elementi deb
yuritiladi. O‘zgartirgichlarning ketma-ketli ulanish usuli bir martali o‘zgartirishda
chiqish signalidan foydalanish qulay bo‘lgan sharoitda qo‘llaniladi.
Differentsial sxemali o‘lchash o‘zgartirgichlari nazorat qilinayotgan
kattalikni uning etalon qiymatlari bilan solishtirish zarurati bo‘lganda qo‘llaniladi.
Kompensatsion sxemali o‘zgartirgichlar usuli esa yuqori aniqlik bilan
ishlashi, universalligi hamda o‘zgartirish koeffitsientining tashqi ta’sirlarga deyarli
bog‘lik emasligi bilan ajralib turadi.
Avtomatika elementlari tizimning eng asosiy qismi bo‘lib, quyidagi
funktsiyalardan birini bajaradi:
- nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni qulay ko‘rinishdagi signalga
o‘zgartirish (birlamchi o‘zgartgich - datchiklar);
- bir energiya ko‘rinishidagi signalni boshqa energiya ko‘rinishdagi signalga
o‘zgartirish (elektromexanik, termoelektr, pnevmoelektr, fotoelektr va h.k.);
- signal tabiatini o‘zgartirmasdan uning kattaliklarini o‘zgartirish
(kuchaytirgichlar);
- signalning ko‘rinishini o‘zgartirish (analog-raqamli, raqam-analogli
o‘zgartirgichlari);
- signalning formasini o‘zgartirish (taqqoslash vositalari),
8
- mantiqiy operatsiyalarni bajarish (mantiqiy elementlar),
- signallarni taqsimlash (taqsimlagich va kommutatorlar),
- signallarni saqlash (xotira va eslab qolish elementlari),
- programmali signallarni hosil qilish (programmali elementlar),
- bevosita jarayonga ta’sir qiluvchi vositalar (ijrochi elementlar).
Avtomatika elementlarining funktsiyalari har xil bo‘lganiga qaramay,
ularning parametrlari umumiy hisoblanadi va ularga quyidagilar kiradi:
- statik va dinamik rejimlardagi tavsifnomalari;
- uzatish koeffitsienti (sezgirlik, kuchaytirish va stabilizatsiya
koeffitsientlari);
- xatolik (nostabillik);
- sezgirlik chegarasi.
Har bir avtomatika elementi uchun turg‘unlashgan rejimda kirish X va
chiqish signallari U orasida u=f(x) bog‘liqlik mavjud. Ushbu bog‘liqlik
elementning statik tavsifnomasi deyiladi.
Ko‘rinish bo‘yicha (1.2.-rasm) avtomatika elementlarining statik
tavsifnomalari uch guruhga ajratiladi: a) chiziqli, b) uzluksiz nochiziqli, v)
nochiziq uzlukli.
Avtomatika elementining ishlash sharoitlari turg‘unlashmagan, ya’ni X va U
qiymatlari vaqt davomida o‘zgarilayotgan payti dinamik rejim deyiladi. Chiqish
qiymatining vaqt davomida o‘zgarishi esa dinamik tavsifnomasi deyiladi.
Avtomatika elementlari ma’lum inertsionlikka ega, ya’ni chiqish signali kirish
signaliga nisbatan kechikishi bilan o‘zgariladi. Elementlarning bu xususiyatlari
avtomatika tizimining dinamik rejimidagi ishini aniqlaydi.
Har bir elementning umumiy va asosiy tavsifnomasi uning o‘zgartirish
koeffitsienti, ya’ni element chiqish kattaligining kirish kattaligiga bo‘lgan nisbatiga
teng. Avtomatik tizimlarning elementlari miqdor va sifat o‘zgartirishlarni bajaradi.
Miqdor o‘zgartirishlar kuchaytirish, stabillash va boshqa koeffitsientlarni nazarda
tutadi. Sifat o‘zgartirishda bir fizikaviy kattalik ikkinchisiga o‘tadi. Bu holda
o‘zgartirish koeffitsienti element sezgirligi deyiladi.
9
Do'stlaringiz bilan baham: |