17.10-rasm. 5LP rusumli linter mashinasi elektr yuritmasining printsipial-
elektr sxemasi.
186
18- BOB. QISНLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINI SAQLASН
VA DASTLABKI QAYTA ISНLASH JARAYОNLARINI
AVTOMATLASНTIRISН
18.1. Umumiy tushunchalar
Ma’lumki fan–texnikaning O‘zbekiston Respublikasida jadal sur’atlar bilan
rivojlanib borishi xalq xo‘jaligini barcha sohalarida sezilarli ravishda ilgarilashiga
olib kelmoqda. Jumladan qishloq xo‘jaligini isloh qilingani chuqurlashtirishning
ustuvor vazifalari mamlakat hayoti va iqtisodiyotida agrar
sohaning tutgan o‘rni
Respublikaning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash shu bilan birga xalq xo‘jaligini
barcha tarmoqlarida isloxat bosqichma bosqich amalga oshirib borishi va
rivojlantirishining muxim axamiyatga ega ekanligidan kelib chiqmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010–2015 yillardagi davrda
qishloq xo‘jaligini iqtisodiy isloxatlari chuqurlashtirishi Dasturi to‘g‘risidagi
farmonida qishloq xo‘jaligini iqtisodiy – islohotlarni chuqurlashtirishni naqadar
muximligini agrar soha bo‘yicha quyidagilar bilan belgilanadi. Agrar sohada
mamlakat yalpi ichki mahsulotining chorak qismi yaratiladi. Agrar soha bilan
ishlab chiqarish va intellektual salohiyatning yarmidan ortig‘iga bevosita aloqador
va shu qatori qishloq ho‘jaligi mahsuloti mamlakat eksporti saloxiyatida asosiy
o‘rinni egallaydi.
Mevalarni saqlash moslamasiga ilmiy yondoshish, yangi turdagi meva–
sabzavot saqlash vositalarini barpo etish va uni amaliyotda qo‘llashdan iborat.
Buning uchun kerakli haroratda namlik rejimini qabul qilishi, qayta ishlash,
yuklash va tushirish ishlarini yuksak unumdorlikka ega bo‘lgan elektrlashtirilgan
va avtomatlashtirilgan tarmoq yaratishdan iboratdir. Meva va sabzavotni uzoq vaqt
saqlashda saqlash xonasi holati uning sifatiga va saqlash davomiyligiga ta’sir
qiladi. Saqlash faktorlari bu tashqi muhit ko‘rstgichlarining rostlash va saqlash
muddatini uzaytirishdan iboratdir.
Bu faktlarga quyidagilar kiradi:
187
- harorat;
- havo namligi;
- saqlash xonasidagi xavo tarkibi;
- havoning harakat tezligi.
Bu faktorlarni amalga oshirishda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sovutish
qurilmalari katta o‘rinni egallaydi. Sovuq – bu tez buziladigan meva va
sabzavotlarining har xil mikrohujayralarini keng rivojlanishiga to‘siq bo‘ladigan
konservatsiyalaydigan muhit hisoblanadi. Sovutilgan mahsulotlarning sifati o‘z
holicha qoladi va ular o‘zining qurishini va hazm qilish mazasini yo‘qotmaydi.
Yuqori sifatli sun’iy sovuq hosil qilish mashinalari yordamida sovutish jarayoni
bajariladi. Bunda sovutiladigan ob’ekt uchun kerakli bo‘lgan sovutish rejimlari
avtomatik ravishda boshqariladi.
Meva -sabzavot saqlash omborida uni saqlash uchun mo‘ljallangan olma,
uzum, kartoshka va boshqa kech yetishtiriladigan mahsulotlarni sun’iy sovutilgan
holda saqlash qo‘llaniladi.
Omborxonaga saqlash uchun mahsulotlar tayyor holda yashiklarga va
yashikga o‘xshash qutilarga joylashtirib olib kelinadi. Olib kelingan mahsulotlarni
avtotarozilarda o‘lchab elektr tushirgichlar yordamida tushiriladi, ya’ni saqlash
kameralariga olib borib joylanadi. Uzumlar tekis yashiklarga, olma va kartoshka
yashikga o‘xshash qutida saqlanadi. Saqlash xonalarida ajratilgan holda sun’iy
sovutilib va umumiy holda shamollatiladi. Yashik va qutilar shtabellardan 4–5
metr balandlikga ko‘tarib joylashtiriladi. Saqlash xonalariga joylashtirilgan
kartoshkalar 15 kun ichida davolanish davrida 12
0
S haroratda saqlanadi va keyin
15 –20 kun ichida saqlash haroratigacha sovutiladi. Uzum joylashtirilgandan keyin
bir sutka davomida saqlash haroratigacha sovutiladi. Olmalar esa 20 soat
mobaynida sovutiladi.
188
Do'stlaringiz bilan baham: |