Hasratidan chang chiqmo - ortiq darajada norozilik bildirib gapirmoq.
Foydalanish uchun ko’rgazmali vositalar
V .Darsni yakunlash. Bildirilgan fikrlar tinglanadi, to`ldiriladi va qo`shimchalar kiritiladi.
VI. Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi
VI. Uyga vazifa. Darslikdagi 105-, 108-mashq va savol-topshiriqlar bilan ishlash.
A. Avloniyning taʼlimdagi faoliyati
Zulunova Gulnoraxon, Andijon viloyati Oltinko’l tumani
10-maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Tarbiya “yo hayot- yo mamot, yo najot-yo halokat, yo sadoqat yo falokat masalasidir”
(A,Avloniy)
Bugungi kunda har bir pedagog, har bir ilm yo’li zahmatkashlariga yod bo’lib ketgan ushbu misralar sevimli maьrifatparvar adib A.Avloniyning 1913 yilda nashr etilgan “Turkiy guliston yoxud axloq” asaridan keltirilgan. Kitob maktablarning yuqori sinf o’quvchilari uchun darslik sifatida yozilgan. Lekin asrimiz boshlaridagi o’zbek jadid maьrifatchiligining noyob hodisalaridan bo’lgan bu asarning ahamiyati faqat maktab doirasi bilan cheklanmadi. U adabiyot va axloq havaskorlari uchun ham qo’llanma bo’lib xizmat qildi.
Abdulla Avloniy taьlim tarbiyaga oid ilg’or qarashlarni ilgari surgan. Uning ilmiy merosi boy bo’lib, “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud ahloq”, “ Maktab gulistoni” kabi asarlarida taьlim tarbiya borasida o’z fikrlarini bayon etadi. Ular orasida “Turkiy guliston yoxud axloq” asari alohida o’rin egallaydi. Muallif bu asrida axloq haqida fikr yuritib, aqillining bolasi aqilli, ahmoqning bolasi ahmoq kabi aqidalarga qarshi chiqadi va tarbiyaning hal qiluvchi ahamiyatini alohida taьkidlaydi. Avloniy tarbiyani shunday tushintiradi.
“......Tarbiya, “ pedago’iya”, yani bola tarbiyasining fani demakdir... bolani salomatligi va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmak, tanini pok tutmoq, yosh vaqtidan maslakni tuzatmoq, yomon xulqlardan asrab o’stirmoqdir....” uning fikricha tarbiya bola tug’ilgan kundan boshlanadi. Va umrining oxirigacha davom etadi. Avloniy taьbiricha tarbiya ikki bosqichdan- oila va maktab tarbiyasidan iborat. Oilada to’g’ri yo’lga qo’yilgan tarbiya maktab uchun katta madaddir. Aksincha oilada yetarli tarbiya ishlari olib borilmasa, bu hol maktab taьlim ishini murakkablashtirib boradi.
Abdulla Avloniyning muallimlik faoliyati taьlim-tarbiya fikrlari jadidchilikning muhim bir qanoti va amaliy maьrifatchilikning yo’nalishi va hususiyatlarini belgilashga yordam berib kelmoqda.
Avloniy o’z asarini(Turkiy guliston yoxud ahloq) yaratishda SHayx Saьdiy izidan bordi. A.Avloniy o’z asarini1917 yil ikkinchi marta nashrga tayyorlaganida o’z fikrlarin keltirib o’tgan. Unda aytilishicha Turkiston maktablarida o’z shevada yozilgan darsliklar bo’lmaganligi sababli “Turkiy guliston yoxud axloq” asarini yozishga kirishganligi aytib o’tiladi. Ushbu asar asrimiz boshlaridagi pedagogik fikr taraqqiyotinigina emas, balki umuman bu davr ijtimoiy-estetik tafakkur rivojida sezilarli iz qoldirdi.
A.Avloniyning ushbu asarida o’z davridagi bolalar tarbiyasiga bo’lgan eьtiborsizlikni qattiq tanqid ostiga oladi.
“...Emdi ochuq maьlum bo’ldiki, tarbiyani tug’ilgan kundan boshlamak, vujudimizni quvvatlantirmak, fikrimizni nurlantirmak, ahloqimizn go’zallantirmak. Zehnimizni ravshanlantirmak lozim ekan. Tarbiyani kimlar qilur? Qayda qilinur? Degan savol keladi. Bu ona vazifasidur. Ikkinchi maktab va madrasa tarbiyasi. Bu ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidir......”
Avloniy tarbiyaga oid qarashlarida tarbiyani uch asosiy ko’rinishga badan tarbiyasi, ahloq tarbiyasi va fikr tarbiyasiga bo’ladi. Va ular o’rtasida uzviy hamjixatlik bo’lishi haqida fikr bildiradi.
Necha vaqt va fursat o’tsada A.Avloniyning ushbu asari o’z metodlari bilan hozirgi zamonaviy maktab va boshqa taьlim jarayonlarida ham keng qo’llanilib kelinmoqda. Birgina oila va maktab taьlimining hamkorlikdagi faoliyati bola taьlim tarbiyasida ustivor ahamiyatga ega. Farzandlarimiz kelajakda vatan koriga yaraydigan insonlar bo’lishida milliy qadriyatlar asosida hamkorlikdagi taьlim o’z mevasin bermay qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |