So’zning eski ma’nosi
|
So’zning yangi ma’nosi
|
1
|
Kisa — xaltacha, bugungi tilda “sumka"
|
Kisa — kiyimga tikiladigan kisa nomini olgan
|
2
|
Saroy — xon, podsho qarorgohi
|
Saroy — madaniy tadbirlar joyi — Turkiston saroyi
|
3
|
Qulluq— ta’zim ma’nosida
|
Qulluq— muborakbod qilmoq, fikr bildirmoq
|
Xamida bonuning qo’lida ko’zmunchoqlar va kashtalar bilan bezatilgan chiroyli atlas kisa bor.
Xamida hayajon ichida, qo’lini ko’ksiga qo’yib, Xonzoda begimga qulluq qildi. (P.Qodirov “Avlodlar dovoni”).
Arxaizmlar:
Eskirib, iste’moldan chiqqan, ammo hozirgi tilda mavjud bo’lgan leksimaning eskirgan ma’nosi (sememasi) asarda Arxaizmlarni shartli ravishda 3 katta guruhga bo’ldik.
Leksik arxaizmlar;
Grammatik arxaizmlar;
Fraziologik arxaizmlar.
Leksik arxaizmlar: narsa-hodisaning nomlaridan biri eskiradi;
Begim bilan birga bu yerga kelgan el-ulusning qizlari esa qadimdan otliq, yurib o’rganganlar.
Ulus — xalq.
Qizlar qamchi o’rniga navgon cho’pi bilan otlar sovrisiga urib, muxolif tomonga hamla qilishardi.
Muxolif — qarshi. raqib tomon.
Xonzoda begim:
Yo’q, sherqiz siz hali o’zingizni bilmaysiz. Men sizda tovonolik kurtaklarini ko’rib turibmen.
Tovono — qobiliyat. qodirlik, notavon so’ziga antonim.
Muraqqas (albom), chashna (avans, maoshning bir qismi), tarx (loyiha), o’tlig` (utyuk, dazmol), musohib (yaqin suhbatdosh, sirdosh), vodarig` (ajablanmoq), tasvirxona (musavvirlar dargohi)
Tasvirxona — rasmlar joyi. (P.Qodirovning “Avlodlar dovoni” 458-6).
Ba’zan, semantik arxaizmlar so’z va uning leksik ma’nosi bilan bog`liq bo’lganligi uchun uni leksik-sematik arxaizmlar deb ham yuritiladi:
Tortilmoq — dorga tortilmoq iborasi ham bor:
Bu to’y shunchalik katta bo’ldiki, unga borgan begimlarga obu-oshdan tashqari kumush barkashlarda bir siqimdan oltin tangalar tortildi.
Tortiq — bu yerda berish, ulashish ma’nosida qo’llanilgan.
Mana shu gulmohurlar yonidagi tillakori tolorda yoshi oltmishlardan oshgan Xonzoda begim o’ltiribdi.
Tolor — ko’tarma tok (hozirda), asarda yozgi dam oladigan shiypon nazarda tutilgan.
Akbar ultirgan taxt qarshisida egilib, o’ng qo’lining orqasini avval yerga tekkizib, so’ng boshi ustiga baland ko’tardi-da, taslim bajo keltirdi.
Taslim: hozirda (o’z ixtiyorini bermoq), asarda (ta’zim, salomning bir turi) ifodalangan.
Grammatik arxaizmlar.
O’z ekvavalenti sinonimiga ega bo’lgan morfologik shakllarga grammatik arxaizmlar deyiladi.
P.Qodirovning “Avlodlar dovoni” romanida ham anchagina grammatik arxaizmlarga ko’zimiz tushadi:
g`a (ga): murodig`a etsin;
g`ay, gay (di): oson bo’lgay;
men (man): borurmen;
ur (ar): sayrga borursiz;
mish (gan): ish bilan kelmishmen,
qon, g`on, din (gan, dan): tutqon, olg`on, ko’z yoshlaridin.
Ertaga siz ham biz bilan kema sayriga borursiz; - ur (-ar). Bunday qo’shimchali variantlar arxaizmlar deb ham yuritiladi6.
Romanda froziologik iboralardan salmoqli va samarali foydalanilganki, bu ham kitobxonni yanada o`ziga qiziqtirib qo’yadi.
Masalan: Xazratim, xotiringizga malol yetgan bo’lsa uzr! Men faqat qavmlarimning kayfiyatidin sizni ogoh qildim. (P.Qodirov “Avlodlar dovoni”).
“Xotiriga malol yetmoq” (huzr-osoyishtaligi buzilmoq) tarzida ifodalangan.
Biz shunday qilaylik-ki, Akbar bani-bashar farzandi bo’lsin.
“Bani-bashar” (butun olam) ma’nosida qo’llanilgan.
Balki men... Hazratimning inoyatiga sazovor bo’lsam “Nizomning begunoh otasini hibsdan chiqaring” — deb iltimos qilarmidim.
“Inoyatiga sazovor bo’lmoq” (ishonchini qozonmoq, oqlanmoq...) kabi ekvavalentlari hozirgi o’zbek tilida qo’llanib kelinmoqda.
Xullas, Pirimqul Qodirovning “Avlodlar dovoni” yoki “Xumoyun va Akbar” deb nomlanuvchi asarida ijtimoiy-siyosiy holatni qamrab olganligi va o’sha davr ruhini aniq ifodalash uchun xizmat qilgan.
Adib “Turfa ma’noli taqdir” maqolasida — “Holbuki o’zbek xalqichalik boy va yorqin tarixga ega bo’lgan xalq dunyoda ko’p emas” — deydi.
Yozuvchi qahramonlar xarakterini o’zbekona ruhdan hech qachon ayirmaydi, leksikamiz tarixini qanchalar boyligini ko’rsatib beradi. Tarixiylik bo’yog`iga ega bo’lgan so’z va atama yoki qo’shimchalarning keng qo’llanilganligi bizga tarixiy haroratni his qilish uchun yordam beradi.
O’zbek tili izohli lug`ati II tomlik: 674-bet.
Arabskogo-russkiy slovar Toshkent: “Kamalak” 94-bet.
Ingliz tilini o'rganishda
boshlang'ich ta'lim
Do'stlaringiz bilan baham: |