Imo- ishoralar va L2dagi erishilgan natijalar
Ikkinchi til(L2) ni o’rganuvchilar so’zlarni bayon qilishda boshqa ifoda va iboralarni topa olmagan taqdirdagina imo-ishoralarga murojaat qiladilar.(Gulberg, 1998,2008).Imo-ishoralar L2ni o’rganayotgan o’quvchilarning cheklangan so’zlashuvini to’ldirishda muhim yordamchi hisoblanadi.Nutq mavjud bo’lmaganda, masalan,yangi tilni o’rganish jarayonida “imo-ishoralar tilning shakliga aylanishi mumkin” deb ta’kidlanadi Kendon jurnalida.Imo-ishoralar o’zaro tushunish jarayonini osonlashtiradi va ko’pincha aloqa qiyin bo’lgan hollarda ,ehtiyoj bo’lgandagina qo’llaniladi.L2 o’rganuvchilarining imo-ishoralardan foydalanishi ularning darsni qay darajada o’zlashtirganliklarida namoyin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |