Bitiruv malakavii ishining (BMI, diplom loyihalari) maqsad va vazifalari
Bitiruv malakaviy ishi (bundan keyin BMI) - bitiruvchilarning yakuniy attestasiya sinovlaridan biri bo‘lib, oliy ta’lim dasturi bo‘yicha ta’lim olishni tamomlash hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishini bajarish davlat ta’lim standartida nazarda tutilgan talabalarni oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishlarining yakuniy bosqichi hisoblanadi.
Diplom loyihasi texnik masallar yechimi, matn (izohlovchi qism) va grafik bo‘limlaridan iborat bo‘lgan mustaqil muxandislik ishlanmasidir.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi - tizimlashtirish, biriktirish, nazariy bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish va mustaqil ravishda amaliy tahlil qilish maxorati va mustaqil fan sohalarida to‘plangan ko‘nikmalarni umumlashtirish, kasbiy
Mutaxasislik bo‘yicha olingan nazariy bilimlarni
Diplom loyihasining maqsadi – ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha olingan nazariy va amaliy bilimlarni bir tizimga keltirish, mustaxkamlash, kengaytirish va ularni maayyan ilmiy, texnik, konstruktorlik, iqtisodiy va ishlab chiqarish masalalarini hal etishda qo‘llashdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsadi:
Ta’lim bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustaxkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy ijtimoiy, madaniy vazifalarini xal etishda qo‘llash;
Ijodiy ishlash, ishlab chiqilayotgan masalaning (muammoning) qo‘yilishi jarayonidan boshlab, uni to‘la nihoyasiga yetkazish bo‘yicha qaror qabul qilishda bo‘lgan ma’suliyatni his etishga o‘rganish;
Zamonaviy ishlab chiqarishda, iqtisodiyot, texnika va madaniyatning rivojlanishi sharoitida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorligini ta’minlash hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
Mavzuga oid yechilishi zarur bo‘lgan texnik, texnologik, ilmiy va tashkiliy masalalarni aniqlash;
Mavzu bo‘yicha loyihalash ishlarini normativ – xuquqiy xujjatlarni, texnologik reglamentlar, ma’lumotnomalar, texnik hisobotlar, o‘quv va ilmiy adabiyotlarni izlab topish va ulardan foydalanish;
mutaxassislik bo‘yicha nazariy hamda amaliy ko‘nikmalarni umumlashtirish va kengaytirsh, shuningdek, kasbiy faoliyat davomida qo‘yilgan muammolarni yechishda ularni qo‘llash;
bir nechta o‘zaro bog‘liq bo‘lgan maxsus fanlar bo‘yicha bilimlarni tizimlashtirish;
loyihaning chizma – grafik va xisob ishlarini zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida bajarish;
tanlangan mavzu bo‘yicha o‘z fikr va muloxazalarini yozma ravishda aniq, ravon va mantiqan bayon etish;
muammoni xal etish bo‘yicha amaliy yechimlarni loyiha shaklida rasmiylashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |