Talaba BMI mavzusini tanlaganda quyidagi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yishi kerak. Tahlil qilinayotgan mavzusini katta qiziqish bilan o‘rganishi, o‘zining bilim darajasini kengaytirishi va uni kelajakda mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishini taominlashi uchun amaliyotga tadbiq qila olish imkoniga ega bo‘lishi muhim hisoblanadi. Ayniqsa, talaba mavzusini o‘z mutaxassisiligi yo`nalishiga qarab tanlasa, bu ishning muvaffaqiyatli bajarilishi va ijobiy baholanishida alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.
Talabalar BMI mavzusini tanlagandan so‘ng, mavzuga tegishli bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxatini tuzib chiqishi, ilmiy maqolalarni va turli xil manbalarni qidirib topib o‘rganishlari kerak.
BMI ni bajarishda kafedra tomonidan tavsiya etilayotgan adabiyotlar bilan cheklanmasdan, ayrim masalalarni batafsil bayon qilish imkonini beradigan qo‘shimcha adabiyotlardan ham faydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Talaba BMI uchun qo‘shimcha adabiyotlarni internet saytlaridan topishi va olishi mumkin.
Shuningdek, talaba BMI mavzusiga tegishli bo‘lgan rus tili va boshqa xorijiy tillardagi adabiyot hamda materiallardan mustaqil ravishda keng foydalanishi lozim.
To‘plangan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda talabalar BMI mavzusini to‘liq yoritib berishga qaratilgan BMI rejasini tuzishlari kerak va shu reja asosida ishining mohiyatini yoritishlari zarur.
BMI rejasini o‘qituvchidan maslahat olgan holda tuzish maqsadga muvofiq. Reja – bu ishning asosi hisoblanadi. Uni to‘g‘ri tuzilishi ishning saviyasi qay darajada ekanligini bildiradi. Ishning rejasi uni strukturasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib reja kirish qismidan, mavzuning mazmuni va mohiyatini ochib beruvchi 2-3 ta savollardan va xulosa va takliflar qismidan iborat bo‘ladi. BMI rejasi tuzilgandan so‘ng uni bajarish muddatini aniq belgilash kerak.
Ma’lumotlardan foydalanishda quyidagilarga asosiy qoidalarga e’tibor berish zarur:
ma’lumotlar absolyut ko‘rsatkichlarga keltirishi kerak. Ular taqqoslanayotganda bir xil o‘lchamlarda bo‘lishi shart;
texnik jarayonning mohiyatini ochib berish hamda aniqlangan tendensiyani isbotlashda bitta raqam emas, balki bir nechta raqamlarni keltirish kerak;
ko‘rgazma uchun raqam ma’lumotlarini jadval, diagramma hamda grafik ko‘rinishida bo‘lishi kerak.
BMI da ishlatilagan aniq materiallardagi raqamlar xajmi xaddan ziyod qo‘payib ketishiga yo‘l qo‘yilmasligini talaba yodda tutmog‘i darkor.