Bitiruv amaliyoti nazariy tadqiqotlarni bevosita amaliy tadqiqotlar bilan bog‘laydi. Aytib o‘tilgandek, u bitiruv ishini bajarish uchun materiallarni olishda, korxona faoliyatini yaxshilash bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqishda asosiy manba hisoblanadi.
Talablar: Talabalarni ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha talablari mavjud. Talabalar ushbu talablarga hamda amaliyot dasturiga qat’iy amal qilishlari shart. Talabalarning amaliyoti mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashda uchun o‘quv jarayoning asosiy qismi hisoblanadi.
Talabalar amaliyotini o‘tkazish maqsadi:
Talabalarni nazariy hamda amaliy bilimlarini kengaytirish va mustaxkamlash.
Tanlagan mutaxassisligi kelajakdagi ish o‘rni uchun korxonada amaliy ma’lumotlarni chuqurroq o‘rganish.
Bitiruv ishi uchun tahlil materiallarini yig‘ish va talqin qilish. Amaliyotga rahbarlik qilish kafedraning malakali professor-o‘qituvchilari hamda korxonalarning malakali mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish va bitiruv oldi amaliyotini tashkil etishda va ularni bajarishda talabalar doimiy nazoratda bo‘ladilar.
Tavsiyalar: 1. Amaliyot davrida talaba yillik hamda boshqa hisobotlar, amaldagi metodik xujjatlar bilan tanishishi va korxona faoliyatini yaxshishlash bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishi kerak.
Talaba amaliyot kundaligini yuritishi zarur. Kundalikka bitiruv ishini bajarish uchun ishlab chiqarish jarayonini kuzatish natijalarini, sxemalar, jadvallar, iqtisodiy va boshqa materiallarni qayd etib borilishi kerak. Yig‘ilgan materiallarni tahlil qilish bitiruv malakaviy ishida korxona faoliyatiga baho berish, uni yaxshilash bo‘yicha amaliy xulosa va takliflarni keltirishda qo‘l keladi.
2. Amaliyot jarayonida bir qator savollarga javob topishda korxonadagi amaliyot rahbari bilan maslaxatlashish maqsadga muvoffiq.
4. BMI GA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR
Bitiruv malakaviy ishini bajarish xar bir bo‘lim paragraflarini ishlab chiqishdan boshlanadi. Xar bir savollarni ochib berishda aniq xamda statistik ma’lumotlar tahliliga asoslanish zarur. BMI materiallar aniq va mantiqiy talqin etilishi kerak.
Tanlangan mavzuni to‘g‘ri va to‘liq ochib berishda talabaga quyidagilarga e’tibor berishi lozim:
ilmiy adabiyotlar va boshqa manbalar bo‘limlarni, boblarni, paragraflarni o‘rganish orqali masalaning mohiyatini anglab yetish;
o‘rganilayotgan muammo bo‘yicha mamlakatimiz va xorijiy olimlarning ilmiy asarlarini o‘rganish;
texnik hamda iqtisodiy masalalar borasida qabul qilingan Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘rganib chiqish;
statistik to‘plamlarda va davriy nashrlarda chop etiladigan statistik ma’lumotlar bilan tanishish;
tanlangan mavzu bo‘ycha davriy jurnallarda chop etilgan maqolalarni o‘rganish;
a) ilmiy jurnallarda; v) ijtimoiy – iqtisodiy gazetalarida; s) maxsus internet portallarida:
http://prezident.uz/ - O‘zbekiston Respublikasi prezidentining matbuot xizmati;
http://gov.uz/ru/ - O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali;
http://new.edu.uz – Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining rasmiy veb sayti;
http://ziyonet.uz – Ta’lim portal;
http://www.pedagog.uz O‘zbekiston pedagogik ta’lim muassasalari portali;
http://txt.uz – elektron kitoblarkutubxonalar;
http://norma.uz – Axborot huquqiy portal
http://uzreport.com – iqtisodiy axborotlar portali;
...
d) O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi tavsiya qilgan xorijiy nashrlari. BMIni bajarish jarayonida talaba iqtisodiy adabiyotlarda qo‘yilgan masalaga tanqidiy yondashib, muammolarni xal qilishda o‘z fikrini to‘g‘ri bayon qila olishi kerak.
Berilgan ma’lumotlar to‘g‘ri ketma-ketlikda va mantiqiy bayon etilishi kerak. Talaba mavzuni yoritish jarayonida qo‘yilgan savollarga ijodiy yondashib ularni nafaqat adabiyotlarda keltirilgan sitatalardangina emas balki shaxsiy fikrlari bilan boyitishi shart.
BMI talaba tomonida aniq va ravon adabiy tilda yozilishi kerak.
Terminglar, so‘zlarni qisqartmalari va belgilar butun ish davomida bir xilda bo‘lishi shart.