Август 2020 10-қисм
Тошкент
SAVOD O`RGATISHDA DAVRIDA O`QUVCHILARNI NUTQINI O`STIRISH
Bobohadjayeva Feruza
Namangan viloyati Pop tumaniXonabod qishlog`i
19-maktabningboshlang`ich sinf o`qituvchisi
Telefon:+998930528816
Annotatsiya:
ushbu maqolada boshlang`ich sinfda savod o`rgatish davrida o`quvchilarning
nutqini o`stirishdagi asosiy vazifalar va nutq o`stirishda nimalarga ahamiyat berish haqida to`xtalib
o`tilgan.
Kalit so`zlar:
metodik, bog`lanishli nutq, so`z birikmasi, tafakkur, tasavvur, logoped, savod
o`rgatish, predmet, guruhlash.
Bizga ma’lumki, savod o`rgatish ,o`qish darslarining asosiy vazifalari tovush va harfni
tushuntirish , ularni to`g`ri talaffuzga o`rgatish orqali nutqini ham o`stirib borish kerak.
Boshlang`ich ta’limning asosiy vazifalaridan biri o`quvchilar nutqini o`stirishdir. Nutq o`stirish
uch yo`nalishda: so`z ustida ishlash , so`z birikma va gap ustida ishlash , bog`lanishli nutq ustida
ishlash orqali amalga oshirilishi metodik adabiyotlarda ko`rsatib o`tilgan.
Savod o`rgatish darslarida ham yuqorida aytib o`tilgan uch yo`nalishda ish olib boriladi. Ona
tilidan olib boriladigan ishlarning hammasi,shu jumladan savod o`rgatish ham o`quvchilar nutqi
va tafakkurini o`stirish bilan bog`liq holda olib boriladi. Savod o`rgatish davridagi ishlarning
qamrovi keng bo`lib ekskursiya, bolalarning kuzatishlari predmet yoki sujet rasm yuzasidan suhbat
va shu kabilar bilan bog`lanadi. Aynan shu davrda o`quvchilar nutqini o`stirishning vazifalari
quyidagilardan iborat:
1) O`quvchilar nutqidagi kamchiliklarni to`g`rilash;
2) o`quvchilarning tasavvur va tushuncha doirasini kengaytirish bilan bog`liq holda lug`atini
biyitish;
3) O`quvchilar nutqidagi ayrim so`zlarning ma’nosiga aniqlik kiritish;
4) Uch –to`rt gapli kichik hikoyani og`zaki to`g`ri tuzish ko`nikmasini o`stirish.
Bu davrda o`quvchilar , birinchidan, kiyim- kechak, ish qurollari, mevalar kabi predmetlar
bilan tanishish yordamida so`zlarni ongli ishlatishga o`rgatiladi. Ikkinchidan turli sodda yig`iq gap
( Bolalar o`ynayaptilar) , sodda yoyiq gap (Anvar maktabga keldi) tuzadilar. Ular ko`nikmalarning
amaliy mashqlar yordamida egallaydilar.
O`quvchilarning hayotiy tajribalari , kishilar hayoti va tabiatni kuzatishlari nutq o`stirish uchun
asosiy manba hisoblanadi. Narsalar , uy – ro`zg`or buyumlari , o`simliklar , hayvonlar qiziqzrli
suhbat uchun mavzu bo`lib xizmat qiladi. Suhbat jarayonida o`quvchilar hosil qilgan tasavvurlar
asosida aniq tushunchalar shakllanadi.
Birinchi sinf o`quvchilari nitqini o`stirishda bolalarning o`yin va qiziqishlari , rasm ko`rish va
“Bu nima?, Bu kim?, U nima qilyapti?” kabi savollar asosida suhbatdan ham foydalaniladi. Savod
o`rgatish davrida nutq o`stirishga oid ish turlariga atrofdagi jonli predmetlarning nimini, ularning
belgilarini aytish , predmetning ma’lum belgilari bo`yicha guruhlash kabi mashqlar o`tkaziladi.
O`qish darslarida o`quvchilar rasmga qarab kichik hikoya tuzadilar. O`quvchilar savollarga to`liq
javob berishni o`rganadilar. Alifbedagi rangli, chiroyli rasmlar atrofdagi predmet va hodisalar,
hayvonlar va o`simliklarning nomini idrok etishga , bilib olishga yordam beradi.
Savod o`rgatish davrida o`quvchilarning takaffuzi ustida ishlash ham alohida e’tibor talab
qilinadi., chunki ko`pgina bolalar talaffuzida kamchiliklar bo`ladi: bir tovush o`rniga boshqa
tovushni talaffuz qiladilar, ( sh o`rniga s , r o`rniga l). Bunday o`quvchilarni o`qitishda logopedlar
bilan hamkorlikda ishlash muhum kasb etadi. Bu jarayonda o`qituvchi darsda va darsdan tashqari
paytda o`quvchilarni kuzatib borishi, kamchiliklarini aytib to`g`ri talaffuz namunasini ko`rsatilishi
lozim. Savod o`rgatish davrida har bir dars jarayonida nutq o`stirish ishiga alohida e’tibor qaratib
borish kerak.
Xulosa qilib aytganda boshlang`ich sinf o`quvchilariga nutq o`stirishda alohida e`tabor berish
kerak. Bu ular uchun katta ahamiyatga ega.Nutqi ustida ko`proq ishlash kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. Qosimova K. va boshqalar Ona tili o`qitish metodikasi. Toshkent 2009
2. Boshlang`ich ta’lim jurnali
3. Xalilov M. Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi. Qo`qon 2007
58
Do'stlaringiz bilan baham: |