Август 2020 10-қисм
Тошкент
DARSLARDA DIDAKTIK O’YINLARDAN FOYDALANISH:QIYOSIY TAHLIL
Ro’ziyeva Dilfuza Hasanovna
Navoiy viloyati Navoiy shahar
12-AFCHO‘IM boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Telefon: +998(94) 220 44 47
Annotatsiya:
ushbu maqolada pedagogik mahorat, o’quvchini fanga qiziqtirish, qiyin mavzuni
oson o’zlashtirilishi haqida ffikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
didaktik o’yinlar va uning ahamiyati, o’yinlarni o’zgartirish, yangiliklar kiritish,
o’quvchi shaxsini rivojlantirish.
Ozod va obod diyorimizda yuz berayotgan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy
o‘zgarishlar Xalq ta’limi tizimida ham o‘z aksini topmoqda. O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim-tarbiya
tizimini takomillashtirish, shu asosda ta’lim sifatini jahon andozalari darajasiga yetkazish ta’lim
sistemasining eng dolzarb vazifasiga aylandi.
Ta’lim tizimining barcha yo’nalishlarida amalga
oshirilayotgan o’zgarishlar o’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash,unga ta’lim berish jarayonini
sifat jihatdan takomillashtirishni taqozo etmoqda.Fan,texnika va texnologiyalarning tez sur’atlarda
rivojlanib borishi insonni yangi vazifalarni hal etishga undamoqda.
Hozirgi kunda “Ta’lim to’g’risida “ gi qonun va “kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy
oldiga qo’ygan ustivor vazifalar –jahon talablari asosida yetuk har tomonlama raqobatbardosh,o’z
bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan ,masalaga ijobiy yondashadigan mutaxassis
kadrlarni tayyorlash ,yosh avlodga chuqur bilim va tarbiya berish asosida barkamol insonlarni
voyaga yetkazishdan iborat.Bu uchun o’qituvchi albatta yetarlicha pedagogik mahoratga ega
bo’lishi kerak.Pedagogik mahorat tug’ma talant yoki nasldan-naslga o’tuvchi xususiyat bo’lmay
,balki uning negizida izlanish,ijodiy mehnat zamiridagi murakkab faoliyat bo’lib ,u o’qituvchilar
uchun bir qolipda ish usuli emas,balki har bir o’qituvchining o’z ustida izlanishi ,ijodiy mehnati
davomida tashkil topadi va rivojlanadi.Maktablarda fanlarni o’qitish o’quvchilarning hayotiy
tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirish, shuningdek aqliy salohiyatini shakllantirish
va rivojlantirishdan iborat. O’zlashtirilishi qiyin bo’lgan murakkab mavzularni oson va tushunarli
yetkazishga oid qulay usullar pedagoglarga qulaylik yaratish barobarida bolalarda fanga qiziqishni
oshirishga xizmat qiladi.
Bugungi tezkor rivojlanib borayotgan zamondan orqada qolmasdan, izlanishni davom ettirgan
holda har bir pedagog o’tadigan bir soatlik darsida bor mahoratini namoyon etgan holda o’quvchini
aslo zeriktirmasdan yangidan yangi o’yinlar orqali o’tishi lozim. Biz juda ham ko’p didaktik
o’yinlarni bilamiz. Lekin bola oldin o’ynagan o’yinini yana o’ynashni xohlamaydi ko’pincha.
pedagogning vazifasi mavzuni oson o’zlashtirilishi va xotirada chuqurroq singishi uchun darsni
albatta o’yinlar orqali va noodatiy ya’ni, o’quvchi bilgan o’yinlarga biroz sayqal berib yoki
kundalik turmushdan kelib chiqqan holda yangilik kiritib olib borishi maqsadga muvofiq.
Oddiygina “Zakovat” o’yinini olaylik. Bu mashg’ulotni bob yakunida takrorlash darsi sifatida
tahlil qilish mumkin. Sinf 6 ta guruhga bo’linadi va oldindan tayyorlab qo’ygan topshiriqli
konvertlarni (yoki turli rasmli kartochkalarni) guruh a’zolari navbat bilan olishadi. Shundan so’ng
guruhlar 10 minut davomida o’zlariga tushgan topshiriqlarni bajarishadi va guruh javoblarini e’lon
qilish uchun bir o’quvchini tanlashadi (yoki guruh sardori javob beradi). Har bir guruhda bir
nechta savoldan iborat topshiriq bariladi.O’qituvchi har bir to’g’ri javob uchun ball qo’yadi. Agar
biror savol-topshiriqqa noto’g’ri javob bo’lsa, boshqa guruhlar to’g’ri javobni berishlari mumkin,
bu holda, javob bergan guruhga ball qo’yiladi. Shu tariqa har bir guruh o’ziga berilgan topshiriq
bo’yicha taqdimotini o’tkazadi, boshqa guruhlar esa ularni to’ldirishlari va noto’g’r javoblarni
to’g’rilab ball olishlari mumkin. Natijada 1 soatlik darsda katta bir bo’lim, bob bo’yicha o’tilgan
o’quv materialini takrorlab, o’rgangan bilimlarini mustahkamlab olish va hamma o’quvchilarni
mashg’ulotga jalb qilib ularning darsda faol bo’lishlariga erishish mumkin. Bu mashg’ulotni
boshqa fanlarga ham moslashtirib o’tkazish mumkin.
Shu o’yinga biroz sayqal beramiz ya’ni o’yinni nomini o’zgartirishdan boshlaylik, o’yin nomi:
“Zakovat” emas “Bilimdonlar bahsi”. :Biz uchun o’yin o’sha-o’sha bolalar uchun yangilik bo’ladi.
Guruhlarni esa bolalarga ma’qul bo’ladigan nomlar bilan nomlash, ularni oldindan ogohlantirish va
ular o’zgacha tayyorgarlik bilan kelishi o’yinning shukuhini orttirib, sog’lom raqobat muhitini yaratib
61
Do'stlaringiz bilan baham: |