Август 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG’ICH TA’LIM DARSLARINI INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR
ASOSIDA TASHKIL ETISH.
Kuandikova Shakaroy Asilovna
Kuandikova Jauxar Asilovna
Jizzax viloyati Mirzacho’l tuman Gagarin shaxri
18-maktab boshlang’ich sinf o’qituvchilari.
Annotatsiya:
ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta’lim berishda foydalaniladigan
yangi pedagogik texnologiyalar haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so’zlar:
ta’lim, boshlang’ich ta’lim, innovatsion texnologiya, baliq skeleti, kompyuter
darsi.
Ta`lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash, ta`lim samaradorligini
oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
O‘quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashlarini o‘stirish, ularni erkin tinglovchidan erkin
ishtirokchiga aylantirmoq nihoyatda muhimdir. O‘qituvchi darsda boshqaruvchi o‘quvchilar esa,
ishtirokchiga aylanmog‘i lozim. Ana shu vazifani uddalashda innovatsion faoliyat ustunligi ko‘p
qirrali samara keltiradi.
Boshlang‘ich sinfda ta`lim jarayonida o‘quvchilarning o‘qish motivini rivojlantirish katta
ahamiyatga ega. Chunki motiv o‘quvchilarni ta`lim jarayoniga qiziqtiradi, darsga faol qatnashishga,
bilimlarni egallashga undaydi. Interfaol metodlar o‘qish motivini rivojlantirishga katta yordam
beradi.
Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o‘ziga xosligi shundaki, ular
o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. O‘qitish jarayoni
o‘qituvchi hamda o‘quvchilar faoliyatini o‘z ichiga oladi. O‘qituvchining faoliyati o‘quv
materialini bayon qilish, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini orttirish, fikrini teranlashtirish
va e`tiqodini shakllantirish, o‘quvchilarning mustaqil mashg‘ulotlariga rahbarlik qilish, ularning
bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat. O‘z ishiga ixlos bilan
qaragan o‘qituvchida chinakkam ehtiros bo‘ladi.
Dars jarayonida “Aqliy hujum”, “kichik guruhlarda ishlash”, “Charxpalak”, “Insert”, “Venn
diagrammasi” kabi interfaol metodlardan o’rinli foydalanish, dars samaradorligini oshiradi.
“Venn diagrammasi” metodi.
ushbu texnologiya o’qish darslarida o’tilayotgan mavzu haqida o’z fikriga ega bo’lish, matn
bilan ishlash, o’rganilgan materialni yodda saqlash, so’zlab berish, fikrini erkin bayon etish,
hamda dars mobaynida o’qituvchi tomonidan barcha o’quvchilarni baholay olishga qaratilgan
metodlardan biridir.
“Baliq skeleti “ metodi:
Bu usul orqali o’quvchilar mustaqil , keng, ijodiy, tanqidiy fikrlashga o’rganadilar.bu texnologiya
baliq model chizmasi orqali namoyish etilib, bunda o’quvchilar o’rtaga tashlangan muammonihar
tomonlama ochib berishga harakat qiladilar
Kompyuter darsi – tegishli o’quv fani bo’yicha dars mavzusiga doir kompyuter materiallari (
multimedia, virtual o’quv kursi va shu kabilar) asosida o’tiladigan dars.
Yoshlarni barkamol qilib yetishtirish jarayonida shaxsning tarbiyasi va har tomonlama
rivojlanishini ta’minlashga e’tiborni kuchaytirish va ta’lim sohasida shaxsning tarbiyasi va har
tomonlam a rivojlanishida ustunlikka erishishni ta’minlashdan iborat. Ta’lim-tarbiya jarayonining
uch tarkibiy birligi - tarbiya, ta’lim, shaxsni rivojlantirish to’liq darajada amalga oshirilishiga
erishish lozim. Ta’lim-tarbiya ishida rasmiyatchilik va beparvolik kabi illatlardan voz kechish
kerak. Bu maqsadda mustaqil fikrlaydigan shaxsni tarbiyalashga yo’naltirilgan yangi uslub
va vositalar ishlab chiqilishi va joriy etilishi zarur. Bugungi kunda pedagogikada o’quvchi-
yoshlarning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirishga qaratilgan bir nechta o’qitish uslublari ishlab
chiqilgan: muammoli o’qitish, ish faoliyatini ifodalovchi o’yinlar, rolli o’yinlar, mavzuli o’qitish
va boshqalar. Buning uchun har bir mashg’ulotga tayyorgarlik pedagogik izlanishni ko’zda tutishi,
yuksak kasbiy bilim va mahoratni, ishda ijodiy yondashuv va ko’p vaqtni sarflashni talab qiladi.
Chunki har bir o’tiladigan mashg’ulot ishlanmasi o’ziga xos xususiyatga ega va takrorlanmasdir.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, boshlang’ich sinf o’quvchilariga tarbiya va ta’lim berishda
252
Do'stlaringiz bilan baham: |