emas, uni iloji boricha keng yoymoq va hayotga tatbiq etmoq zarur. (Rubakin) Ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarni
qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Jamiyatdagi ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlar, insoniyat hayotiga turli yangiliklarning kirib kelishi ta’lim va tarbiya sohasida
ham bir qator o’zgarishlar qilinishini taqozo etdi. Hozirgi kunda ta’lim va tarbiya sohasida
erishilgan yutuqlarni saqlagan holda, bir xillikdan, bir qolipga tushib qolishdan saqlanmoq zarur.
Ta’limning kishi xotirasini rivojlantirishga asoslangan turidan inson tafakkurini har tomonlama
rivojlantirish, o’quvchilar egallagan bilimlarni amaliyotda qo’llash, ularda amaliy ko’nikma va
malakalar hosil etishga qaratilgan turiga o’tish, harakat qilish shu kunning talabidir. Shunga
erishilsagina vatanimiz kelajagi bo’lgan yosh avlod tarbiyasi oldiga qo’yilgan vazifa oqilona
hal etilishi mumkin.
Hozirgi kunda pedagogik texnolgiyalar asosida ta’lim va tarbiyani tashkil etishga katta e’tibor
qaratilmoqda. Pedagogik texnologiya bu – o’quvchilar qobiliyati, imkoniyati va extiyojlarini
hisobga olgan holda, ta’lim shakllarini amalga oshirish uchun ko’zlangan natijaga erishishda eng
qulay yo’l va ularni tanlash va ishlab chiqish mahoratidir.
pedagogik texnologiyada ta’lim va tarbiya jarayonining maqsadini belgilash muhim bo’lib, u
rejalashtirilgan natijalarni kafolatlashi lozim. Shuning uchun ham o’qituvchilar maqsadni aniq
belgilashga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Har bir o’qituvchi avvalo o’zi o’qitadigan o’quv
predmeti, har bir o’tiladigan dars va darsdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning maqsad-
vazifalarini aniq belgilashi kerak. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ―Ta’lim berishning ilg’or
pedagogik texnologiyalarining zamonaviy o’quv-uslubiy majmualarini yaratish va o’quv-tarbiya
jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash umumiy o’rta ta’limning asosiy shartlaridan biri‖ sifatida
belgilangan. Ilg’or pedagogik texnologiyalar ta’lim-tarbiya jarayonining ta’sirchanligini oshiradi,
o’quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o’quvchilarda bilimga ishtiyoq va
qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o’zlashtirish ulardan amaliyotda erkin foydalanish
ko’nikma va malakalarni rivojlantiradi. Pedagogik texnologiyalarni boshlang’ich sinfdan
boshlaboq qo’llash ancha yaxshi samara beradi. Boshlang’ich sinf bola hayotida muhim o’rin
tutadi. Bu davrda ta’lim-tarbiyaning pedagogik texnologiyalar asosida qiziqarli tashkil etilishi
bolani ta’lim jarayonida faollashtiradi va ta’lim samaradorligini oshiradi.
Shuni aytish mumkinki, bugungi kunda o’quv-tarbiya jarayoni va uning natijalari yangi
pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llashdan iboratdir. Mamlakatning ertangi kuni
dunyoqarashi o’zgargan maktab o’quvchilari va o’qituvchilariga ko’p jixatdan bog’liqdir. Shu bois
yuqoridagi yangicha fikrlash tushunchasiga ega yoshlarni tarbiyalash davr talabidir. Ayni paytda
ta’lim muassasalarini kompyuterlashtirish, yangi zamonaviy darsliklarni yaratish, ta’lim-tarbiya
jarayoniga mos ravishda axborot texnologiyalarini qo’llash dolzarb vazifadir.