Август 2020 10-қисм
Тошкент
BO‘LAJAK MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASASI TARBIYACHISINING KASBIY
KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA TA’LIMNI MODERNIZATSIYALASH
MASALASI
Бухоро давлат университети таянч
докторанти (PhD) Ганжиев Феруз Фурқатович
Телефон:+998(93)7040405
f.ganjiyev@.mail ru
Rezume.
ushbu maqolada bo‘lajak maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyachisining kasbiy
kompetentligini shakllantirishda ta’limni modernizatsiyalashning mazmuni va ahamiyati haqida
so‘z yuritilgan.
Tayanch so‘zlar:
kasbiy kompetentlik, oliy ta’lim, modernizatsiyalash, intellektual salohiyat,
bilim, aql-idrok, innovatsiya, axborot texnologiyalari,bo‘lajak tarbiyachi, ta’lim tizimining turli
bosqichlari, zamonaviy o‘qitish texnologiyalari.
Резюме.
В данной статье рассматривается содержание и значение модернизации об
-
разования в формировании профессиональной компетентности воспитателя будущего до
-
школьного учреждения.
Ключевые слова:
Профессиональная компетентность, высшее образование, модер
-
низация, интеллектуальный потенциал, знания, интеллект, инновации, информационные
технологии, будущий педагог, различные ступени системы образования, современные тех
-
нологии обучения.
Abstract.
This article discusses the content and importance of modernization of education in
the formation of professional skills of the educator of the future preschool institution.
Key words:
professional competence, higher education, modernization, intellectual potential,
knowledge, intelligence, innovation, information technology, future educator, various stages of
the education system, modern teaching technologies.
Mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan qator ijobiy o‘zgarishlarga hamohang
tarzda ta’limning sifat va samaradorligini yanada oshirish zarur. Bunda yaratilgan shart-sharoitlar
va imkoniyatlardan unumli foydalanish muhim hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya sohasini isloh
qilishning asosiy omillaridan biri ta’lim-tarbiya jarayonini ilm-fanning zamonaviy yutuqlariga
tayangan holda tashkil etish, zamonaviy o‘qitish texnologiyalaridan samarali foydalanishdir.
Maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyachisi faqat ma’lum bir sohada chegaralangan bilimlar
egasi bo‘lgan tor ixtisosli mutaxassis emas, balki chuqur intellektual qobiliyatga ega bo‘lgan,
keng dunyoqarashli, yuksak madaniyatli va ma’naviyatli shaxs ham bo‘lishi talab qilinadi. Ular
o‘z bilimi va shaxsiy namuna asosida kasbiy xizmat burchini o‘tayotganlarga tarbiya va ta’lim
bera oladigan darajada tayyorgarlikka ega bo‘lishi lozim. Shu bois bo‘lajak tarbiyachilarning
kasbiy kompetentligini shakllantirishga qo‘yiladigan talablar kuchaymoqda.
Kasbiy kompetentlikni rivojlantirish о‘qitish jarayonida samarali hisoblanib, buning mohi
-
yati kasbiy faoliyatni yaxlit tizim sifatida kо‘rish, unda tizimli faoliyat kо‘rsata bilish, yangi
muammo va masalalarni hal eta bilish tajribalarini shakllantirish uchun zamin yaratishga xizmat
qiladigan kasbiy faoliyat elementlarini ta’lim jarayoniga kiritishdan iborat.
Modernizatsiyalashgan mazmun asosidagi professional ta’lim tizimida ta’limning yangi
zamonaviy hamda an’anaviy shakllari uyg‘unlashtirilgan holda mavjud bo‘lib, ta`lim tarbiya
faoliyatida kasbiy faoliyatning real vaziyatlarini modellashtirish imkonini beradi, bunda ta’lim
va tarbiya jarayonlari orasidagi uzilish barham topadi, ta’lim oluvchi ham o‘quv faoliyatida,
ham bo‘lajak kasbiy faoliyatida o‘zini namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi, zamonaviy
mutaxassis modeliga mos keladigan kasbiy kompetentligi shakllanib boradi.
Demak, modernizatsiyalashgan ta’lim tizimining turli bosqichlarida shaxsni to‘laqonli
rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydigan, bo‘lajak kadrning kasbiy kompetentligini
shakllantirish imkoniyatlarini yaratadigan oliy ta’limning mexanizmlarini ishlab chiqishga oliy
ta’lim muassasalari ta’limi mazmunini tubdan yangilash orqaligina erishish mumkin.
Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisining o‘z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy
munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, duch keladigan muammolarni hal
etishi, eng muhimi, o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlashda, asosan,
pedagog kadrlarning salohiyati hal qiluvchi omil hisoblanadi.Shunday ekan, oliy ta’lim muassasasi
o‘qituvchisi o‘zining bilim, ko‘nikma va malakalarini amaliyotda, ya’ni ta’lim-tarbiya jarayonini
239
Do'stlaringiz bilan baham: |